1-mavzuga doir topshiriqlar


"Ta’limda axborot texnologiyalari" axborotlarni kompyuter yordamida tasvirlash, saqlab turish, uzatish va ishlov berish usullarini o’rganadigan fandir


Download 28.65 Kb.
bet2/9
Sana26.10.2023
Hajmi28.65 Kb.
#1723295
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
1-mavzuga doir topshiriqlar-fayllar.org

"Ta’limda axborot texnologiyalari" axborotlarni kompyuter yordamida tasvirlash, saqlab turish, uzatish va ishlov berish usullarini o’rganadigan fandir.

3. Kompyuterning paydo bo’lishi jamiyat rivojlanishida inqilobiy o’zgarishlarga sabab bo’ldiki, insonga axborotni yig’ish, saqlash va ishlov berish bilan bog’liq bo’lgan akliy mexnatni avtomatlashtirish imkonini berdi. Bu xildagi jarayonlarni avtomatlashtirish iqtisodiy-tashqiliy tizimlarga, texnologik jarayonlarni boshqarishga, loyixalar tuzish, ilmiy izlanishlar, o’qish-o’rganish va boshqa sohalarga kirib bordi.Shunday qilib ilmiy-texnik rivojlanishning asosiy yunalishi paydo bo’ldi.

Kiritish-chiqarish qurilmalari bilan ta‘minlangan kompyuterlar katta hajmdagi axborotlarni yig’ib, xotirada saqlab turish va kerak bo’lganda katta tezlikda kerakli axborotni berish mumkin.



4. Axborot texnologiyasi deganda, hajmi oshib borayotgan axbor oqimini yig’ish, saqlab turish, ishlov berish va o’zatishni kompyuterlar yordamida amalga oshiradigan usullar majmuasi tushuniladi.Ushbu usullarni turli ko’rinishda ishlatilishi insonga zarur axborotlarni olish uchun kompyuter bilan mulokatda bo’lishni takozo etadi.

Kompyuter deganda, axborotlar va hisoblashlarni algoritm asosida ishlov berishni tezlashtiradigan yoki avtomatik tarzda amalga oshiradigan qurilma tushuniladi.

Axborot texnologiyasi - bu aniq texnik va dasturiy vositalarining majmui bo`lib, ular yordamida ma`lumotlarni qayta ishlash bilan bog`liq bo`lgan turli xildagi masalalarni hal etamiz. Informatika keng ma`noda fan, texnika va ishlab chiqarish, ya`ni inson faoliyatining barcha soxalarida axborotni kompyuter va telekommunikatsiya yordamida qayta ishlash, saqlash, uzatish va boshqarish bilan bog`lik bo`lgan yagona sohadir.

Axborot texnologiyasining vujudga kelishi va rivojlanishini belgilovchi ichki va tashqi omillar mavjud.



Ichki omillar – bu axborotning paydo bo`lishi (yaratilishi), turlari, xossalari, axborotlar bilan turli amallarni bajarish, ularni jamlash, uzatish, saqlash va boshqalar.


Download 28.65 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling