1. Maydalash haqida umumiy ma’lumotlar


Download 3.73 Mb.
bet4/6
Sana31.10.2023
Hajmi3.73 Mb.
#1736068
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
1. Maydalash haqida umumiy ma’lumotlar

Jag ‘li maydalagichlar.

Jag ‘li maydalagichlar ruda va qurilish mahsulotlarini yirik va o‘rta maydalash uchun ishlatiladi. Jag ‘li maydalagichlarda rudani maydalash qo‘zg‘oluvchi va qo‘zg‘almas yuzalar (plitalar) orasidagi bo‘shliqda ezilish, qisman parchalanish va sinish natijasida sodir bo‘ladi.






Jag ‘li maydalagichlarning kinematik sxemasi.


à) yuqorida osilgan sodda harakatlanuvci yuzali maydalagichlar; b)pastga tayangan sodda harakatlanuvci yuzali maydalagichlar; d) yuqoridaosilgan
murakkab harakatlanuvci yuzali maydalagichlar. 1-qo‘zg‘almas yuza; 2- qo‘zg‘aluvchan yuza; 3- tirgakli plita.

Konusli maydalagich.

Konusli maydalagichning maydalovchi organi qo‘zg‘almas konus ichiga joylashtirilgan qo‘zg‘aluvchi konus hisoblanadi. Mahsulotni maydalash ikkita ekstsentrik joylashgan kesik konus qo‘zg‘aluvchi 1 va qo‘zg‘almas 2 konus orasidagi halqasimon ishchi maydonda sodir bo‘ladi. Qo‘zg‘aluvchi konus pastki uchi ekstsentrik val 7 ga erkin kira oluvchi2 valga zich o‘rnatilgan. Ekstsentrik val vertikal podshipnikda 6da aylanadi.


Ekstsentrik val maydalagichning OO΄ o‘qi bo‘ylab harakatlanganda konus valining uchi ekstsentrik – val teshigi chizuvchi aylana bo‘ylab harakatlanadi, OO΄ valning o‘qi esa konusli yuza chizadi. Valning bunday harakatlanishi natijasida valga zich o‘rnatilgan qo‘zg‘aluvchi konus qo‘zg‘almas konus ichida tebranadi va qo‘z‘almas konus ung devoriga maksimal yaqinlashadi, hamda qarama-qarshi devordan uzoqlashadi. Yarim aylanishdan so‘ng maydalovchi konusning holati qarama-qarshi tomonga o‘zgaradi: chap devorga maksimal yaqinlashadi va o‘ng devordan o‘zoqlashadi. Qo‘zg‘aluvchi konusning qo‘zg‘almas konusga yaqinlashuvida mahsulot maydalaniladi.


Yirik maydalovchi konusli maydalagich.


B – qabul qilish tuynugining kengligi; b – bo‘shatish tuynugining kengligi;
c – maydalagich tuynugining eng kichik o‘lchami.
Jag‘li maydalagichdan farqli o‘laroq konusli maydalagichlar uzluksiz ishlaydi, chunki konus yuzasining qaysidir qismi hohlagan vaqtda yaqinlashib mahsulotni maydalaydi. Uzluksiz ishlash maydalagich mexanizmlarini va elektrodvigatel uzatmalarini zo‘riqtirmaydi.
Jag‘li maydalagichlarga nisbatan konusli maydalagichlar yuqori mehnat unumdorligi, tinch ishlashi, maxovikning yo ‘qligi, ancha yuqori maydalanish darajasi, maydalangan mahsulot yirikligining bir tekisligi kabi bir qator afzalliklarga ega.

Download 3.73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling