1. Maydalash jarayonlari haqida umumiy ma`lumotlar Maydalash darajasi va bosqichlari. Maydalash usullari va qonunlari


Download 1.18 Mb.
bet8/20
Sana09.11.2023
Hajmi1.18 Mb.
#1759980
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   20
Bog'liq
5-Ma’ruza.

23-rasm. Foydali qazilmalarni maydalash usullari


zarba (23, f-rasm) — ruda bo`lagiga qisqa vaqtli dinamik yuklama ta`sir ettirish natijasida maydalash. Zarba ta`sirida maydalashda avvalam bor darzliklar va alohida komponentlar zarralari tutashgan joylardan parchalanish boshlanadi.
Tog’ jinslarining xususiyatlariga (mustahkamlik, mo`rtlik, qovushqoqlik va h.k.) bog’liq holda ruda bo`laklarini maydalash maqsadida unga tashqi ta`sir ko`rsatadigan eng samarali usul tanlanadi. Misol uchun, mustahkam va mo`rt bo`lmagan jins uchun eng yaxshi maydalash usuli bosim va zarba orqali maydalashdir. Mo`rt tog’ jinslari uchraganda zarba ta`sirida maydalash samarali bo`lib, ammo, qovushqoqlik oshgan sari zarbaning samarasi pasayadi.
Maydalash usulini tanlash foydali qazilmaning qiymati va maydalangan mahsulotning sifatiga qo`yilgan talabga ham bog’liq. Agar, misol uchun, ruda tarkibida mo`rt foydali minerallar mavjud bo`lsa, u holda uni maydalashda ishqalanish hodisasini maksimal darajada kamaytirish zarur. Chunki ishqalanish natijasida qiyin boyitiluvchi shlamlar paydo bo`ladi.
Maydalash (yanchish) ga ketadigan energiya maydalanuvchi zarralarning deformatsiyalanishiga va yangi yuzalar hosil bo`lishiga sarf bo`ladi va maydalangan mahsulot zarralarining erkin sirt energiyalariga aylanadi.
Umumiy holda mahsulot bo`lagini parchalashga sarflangan elementar ish A, zarraning deformatsiyalanishi va yangi yuzalar paydo bo`lishiga sarflangan ishlar yig’indisiga teng bo`lib, u P.A.Rebinder tenglamasi orqali aniqlanadi:
(3.7)

bu yerda ADtaranglik deformatsiya ishi; AS — yangi yuzalar paydo bo`lishiga sarflangan ish; k — zarrachaning deformatsiyalanuvchi hajm birligidagi deformatsiya ishini ko`zda tutuvchi mutanosiblik koeffitsienti; ∆V — deformatsiyalanuvchi zarraning hajmini o`zgarishi; A0 — yangi yuza birligi hosil bo`lishiga sarflangan ishni ko`zda tutuvchi mutanosiblik koeffitsienti; ∆S — yanchishda yangidan hosil bo`lgan yuza.


Maydalanish darajasi kichik bo`lgan yirik maydalashda yangidan hosil bo`lgan yuza nisbatan kam va ana shu yuzani hosil bo`lishiga sarflangan ishni ahamiyatsiz hisoblash mumkin. Bunday holda maydalashning umumiy ishi deformatsiyalangan bo`laklar hajmiga mutanosib bo`ladi (Kirpichev — Kik farazi):


(3.8)

bu yerda k1 — empirik koeffitsient.


Mayin maydalash va yanchishda zarraning deformatsiyalanishiga sarflangan ish yangi yuzalarni hosil bo`lishiga sarflangan ishdan sezilarli darajada kam va uni ham ahamiyatsiz hisoblash mumkin
U holda, zarraning parchalanishiga sarflanadigan ish faqat yangidan hosil bo`lgan yuzalar maydoniga mutanosib bo`ladi (Rittinger farazi):


(3.9)

bu yerda k2 — empirik koeffitsient.


Bond faraziga ko`ra maydalashga sarflangan ish maydalanayotgan zarra yuzasi va hajmining o`rtacha geometrigiga mutanosib bo`lib, u quyidagi ko`rinishga ega


(3.10)

bu yerda k0 — empirik koeffitsient.


Ko`rib chiqilgan maydalash qonunlari maydalash (yanchish)ga sarflangan ishni maydalash (yanchish) natijalariga (ya`ni, oxirga mahsulot yirikligiga) bog’liqligini tavsiflaydi:


(3.11)

bu yerda K — mutanosiblik koeffitsienti, N·m/m2; D — ruda bo`lagi o`lchami, m.


Kirpichev — Kik qonuniga ko`ra A ni aniqlashda daraja ko`rsatkichi t — 3 ga, Rittinger qonuniga ko`ra — 2, Bond qonuniga ko`ra esa — 2,5 ga teng.
Umuman, taklif qilingan maydalash qonunlari maydalash va yanchishga sarflangan solishtirma energiya egri chizig’ining har xil maydonlarini tavsiflaydi va bu yerda S qaytadan hosil bo`lgan yuza maydoni.



Download 1.18 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling