1. Maydalash jarayonlari haqida umumiy ma`lumotlar Maydalash darajasi va bosqichlari. Maydalash usullari va qonunlari


Maydalash darajasi va bosqichlari


Download 1.18 Mb.
bet6/20
Sana09.11.2023
Hajmi1.18 Mb.
#1759980
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20
Bog'liq
5-Ma’ruza.

Maydalash darajasi va bosqichlari

Maydalash jarayonining jadalligi maydalanish darajasiga bog’liq.


Maydalanish darajasi ko`rsatkich bo`lib, foydali qazilmaning eng katta bo`lagining o`lchami maydalash natijasida necha marta qisqartirilganligini ko`rsatadi. Maydalash darajasi i dastlabki mahsulotda joylashgan eng katta ruda bo`lagi diametrini (Dmax) maydalashdan keyingi maydalangan mahsulot tarkibidagi eng katta ruda bo`lagi o`lchamiga (dmax) nisbati bilan aniqlanadi.


(3.3)

Ba`zan maydalanish darajasi dastlabki mahsulot va maydalangin mahsulot zarralarining o`rtacha diametri nisbati bilan aniqlanadi.




(3.4)

Amaliyotda donador mahsulot bo`laklarining diametri sifatida g’alvirlashda mahsulot o`tayotgan eng kichik elak ko`zining o`lchami qabul qilingan. Donador mahsulot bo`laklarining o`rtacha diametri, mm, quyidagi formula orqali aniqlanadi




(3.5)

bu yerda γ1...γn -sinflarning chiqishi,%; d1...dn - tegishli sinflarning o`rtacha arifmetik diametri, mm.


Maydalash bosqichi bitta maydalash mashinasida amalga oshiriladigan umumiy maydalash jarayonining bir qismini anglatadi.
Maydalangan mahsulot yirikligining yuqori chegarasiga qarab, uch bosqichda maydalanishi farqlanadi:
yirik - 1200 dan 300 mm gacha;
o`rtacha - 300 dan 75 mm gacha;
mayda - 75 dan 10-15 mm gacha.
U holda, yirik maydalash uchun, maydalanish darajasi i1 = 1200/300 = 4; o`rtacha maydalash uchun i2 = 300/75 = 4; mayda maydalash uchun i3 = 75/15 = 5.
Bir necha ketma-ket bosqichda umumiy maydalanish darajasi alohida bosqichlarning maydalanish darajalari ko`paytmasiga tengdir:
i = i1 i2 i3 = 4 • 4 • 5 = 80.
Boyitilgunga qadar foydali qazilmalarni maydalash (yanchish) ning yakuniy yirikligi foydali minerallarning donadorlik o`lchamiga va qo`llaniladigan boyitish usuli bilan aniqlanadi.

Download 1.18 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling