1. Maydalash jarayonlari haqida umumiy ma`lumotlar Maydalash darajasi va bosqichlari. Maydalash usullari va qonunlari
Maydalash jarayonlarining tasniflanishi
Download 1.18 Mb.
|
5-Ma’ruza.
Maydalash jarayonlarining tasniflanishi
Maydalash - bu foydali qazilma bo`laklari o`lchamini qattiq modda zarrachalarini o`zaro bog’lovchi ichki ushlashish kuchini yengadigan miqdordagi tashqi kuch ta`sirida kichraytirish jarayonidir. Texnologik maqsadlarga ko`ra uch turdagi maydalash jarayonlari mavjud: mustaqil – maydalash mahsuloti yakuniy (tijorat) hisoblanib, undan keyin qayta ishlashga tobe emas. Misol uchun, ko`mirni maydalash, sheben olish uchun tog’ jinslarini maydalash va boshqalar; tayyorlovchi – maydalangan mahsulot belgilangan o`lchamni oladi va navbatdagi qayta ishlashga yuboriladi. Masalan, boyitish uchun rudalarni maydalash; tanlovchi – mahsulot qomponentlaridan biri ahamiyatsiz mustahkamlik bilan ajralib turadi va boshqasidan ko`ra samaraliroq maydalanadi, keyinchalik ularni o`lchami bo`yicha ajratiladi. Foydali qazilmalarni boyitishda maydalash va yanchish jarayonlari qimmatbaho komponent va bo`sh tog’ jinslarini yuzalarini ochish orqali ajratish va dastlabki mahsulotning o`lchamini kerakli yiriklikkacha yoki qumoqlilik tarkibigacha etkazishdan iborat. Maydalash va yanchish o`lchamlarining chegarasi ajratib olinadigan qimmatbaho komponentlarning donadorlik o`lchamiga bog’liq bo`ladi. Bu o`lcham har bir foydali qazilma uchun boyitishga tadqiq qilish jarayonida tajriba yo`li bilan aniqlanadi. Jarayonning va maydalash-yanchish uskunalarining tasniflanishi mahsulotni parchalash usuli bo`yicha amalga oshiriladi. Quyidagi usullar farqlanadi: mexanik, mexanik kuchlardan foydalanish yo`li bilan amalga oshiriladi; pnevmatik (portlovchi) - bug’ yoki siqilgan havo energiyasidan foydalanish; elektrogidravlik, elektrimpulsli, elektrotermik - elektr energiyasidan foydalanish; aerodinamik (oqimli) - to`qnashuv oldidan material bo`laklarini tezlashtirish usun gaz oqimi energiyasidan foydalanish; ultratovushli, ultratovush energiyasidan foydalangan holda, material bo`laklarida rezonans tebranishni chaqirish orqali parchalash. Qayta ishlash va boyitish korxonalarida maydalash va yanchish jarayonlarida asosan mexanik usullar qo`llaniladi. Download 1.18 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling