1. Maydalash jarayonlari haqida umumiy ma`lumotlar Maydalash darajasi va bosqichlari. Maydalash usullari va qonunlari
Download 1.18 Mb.
|
5-Ma’ruza.
- Bu sahifa navigatsiya:
- maksimal maydalanish darajasi
25- rasm. Maydalashda ta`sir qiluvchi kuchlar sxemasi
Jag’lar orasida ezilib bosim ostida maydalanayotgan mahsulot bo`lagiga harakatlanuvchi jag’ning ta`sir qiluvchi maydalash kuchi R va unga teng qo`zg’almas jag’ reaksiyasi R1, F va F1 ishqalanish kuchlari ta`sir qiladi: (3.12) bu yerda f –maydalanuvchi mahsulotning metal jag’ bo`ylab sirg’anishidagi ishqalanish koeffitsienti. Maydalovchi yuklama P ga teng ta`sir qiluvchi N va Oy o`q bo`ylab yuqoriga yo`nalgan P1 reaksiya teng ta`sir qiluvchi ishqalanish kuchlari F va F1 (qarama-qarshi tomonga yo`nalgan) ga teng yoki kichik bo`lganda mahsulot bo`lagi yuqoriga surilib chiqib ketmaydi. (3.13) R1 = R bo`lganligi uchun, (3.13) ifoda quyidagicha tus oladi va (3.14) Sirpanishda ishqalanish koeffitsienti f ishqalanish burchagi tangensi ga teng bo`lganligi uchun bo`ladi, bundan (3.15) Quruq maydalanuvchi mahsulotni po`lat bo`ylab ishqalanish koeffitsientining o`rtacha qiymati f ≈ 0.3 ga teng (bu taxminan 16° bo`lgan ishqalanish burchagiga mos keladi), qamrash burchagi α 32° ni tashkil qiladi. Amaliyotda qamrash burchagi 15-25° oralig’ida qabul qilinadi. Jag’li maydalagichning ish unumdorligi ishchi valning aylanish chastotasiga yoki qo`zg’aluvchan jag’ning harakatlanish soniga bog’liq. AB jag’ (25-rasm) tebranma harakat qilmasdan ilgarilanma qaytma (A’B’ dan AB gacha) harakat qiladi deb olsak, valning har bir aylanishida (qo`zg’aluvchan jag’ning salt qadamida) maydalagichdan o`zining og’irligi bilan tushayotgan mahsulotning hajmidan (25 rasmda shtrixlangan) valning maqbul aylanish sonini aniqlash mumkin. A prizmaning balandligi AB jag’ning qadami S va qamrash burchagi α orqali ifodalanishi mumkin (3.16) 1 daqiqada n marta aylanayotgan valda mahsulotning tushish vaqti (salt qadam vaqtida) quyidagicha, s: (3.17) Materialning erkin tushishi yo`li (τ vaqtda) trapetsiyaning balandligiga teng: (3.18) yoki (3.19) Bundan n, 1/min aniqlanadi: (3.20) bu yerda g – erkin tushish tezlanishi (9,81 m/s2); S – jag’ qadami, m. Ushbu tenglama bilan hisoblangan valning aylanish soni (jag’ning ikkilangan tebranishi) maksimal darajada ruxsat etilgan hisoblanadi. Amalda aylanishlar soni n, 1/min, quyidagi nisbatdan aniqlanadi (3.21) Maydalagichning nazariy ish unumdorligi jag’ning bir qadamida tushgan maydalangan mahsulot hajmi prizma hajmiga teng bo`lgan sharoitda quyidagicha aniqlanadi, m3: (3.22) bu yerda B - maydalagichni mahsulot yuklash tuynugining uzunligi, m; F - trapetsiya maydoni, m2. e ni maydalagich bo`shatuvchi tuynugining minimal eni deb qabul qilsak, m, quyidagiga ega bo`lamiz (3.23) Bir daqiqada jag’ning n qadamida (valning aylanishida) maydalagichning ish unumdorligi quyidagicha bo`ladi, m3/soat, (3.24) bu yerda μ – maydalagichdan chiqishdagi mahsulotning yumshatilganlik koeffitsienti bo`lib, amaliyotda 0,3 ÷ 0,65 ga teng qabul qilinadi. (3.24) tenglama faqatgina geometrik tushunchalar asosida olingan bo`lib, maydalanayotgan mahsulotning fizik xususiyatlarini maydalagichning ish unumdorligiga ta`sirini hisobga olmaydi. Jag’li maydalagichlarning ish unumdoligini aniqlash uchun odatda unumdorlik, t/soat, maydalagichning bo`shatish tuynugining maydoniga mutanosibdir degan jumla asosida tuzilgan empirik tenglamadan foydalaniladi: (3.25) bu yerda e, S, B - yuqorida ko`rsatilgan qiymatlar va metrda ifodalanadi. Maydalagichning massa Q, t/soat, bo`yicha unumdorligi quyidagi empirik formula orqali aniqlanadi: (3.26) bu yerda K – maydalagichdan chiqishidagi mahsulotning yumshatilish koeffitsienti; δ – mahsulotning zichligi, t/m3; B - qabul qilish tuynugining eni, m; L - qabul qilish tuynugining uzunligi, m. Maydalagichning hajmiy, m3/soat, unumdorligi quyidagi empirik formula orqali aniqlanadi (3.27) bu yerda Kf – rudaning mustahkamligiga bog’liq tuzatish koeffitsienti; Kw - rudaning namligiga bog’liq tuzatish koeffitsienti; Kk – dastlabki mahsulot tarkibidagi yirik sinflar miqdoriga bog’liq tuzatish koeffitsienti (0,5B dan ortiq). Xususiy tuzatish koeffitsientlarining qiymatlari 3-jadvalda keltirilgan. Maydalagich iste`mol qiladigan quvvat N0, kV/soat, V.A.Olevskiy formulasi orqali aniqlanishi mumkin: (3.28) bu yerda L - qabul qilish tuynugining uzunligi, m; H – qo`zg’almas jag’ning balandligi, m; S – jag’ning qadami (pastki), m; n – yurituvchi valning aylanish chastotasi (jag’ning tebranish soni), min -1. Jag’li maydalagichda erishish mumkin bo`lgan maksimal maydalanish darajasi 8 ni tashkil qiladi. Odatda maydalagichlar 3 dan 4 gacha oraliqdagi maydalanish darajasida ishlaydi. Maydalangin mahsulotning yiriklik xarakteristikasi maydalanayotgan mahsulotning xossalari va birinchi navbatda uning mustahkamligi bilan aniqlanadi. K.A.Razumovning ta`kidlashicha, jag’li maydalagichlarning maydalangin mahsulotining namunaviy xarakteristikasi 26-rasmda ko`rsatilgan. Abssissa o`qi bo`ylab bo`laklar o`lchami (maydalagichning bo`shatish tuytugining maksimal eni ulushi bo`yicha) joylashtirilgan, ordinata o`qi bo`ylab esa "+" sinfning umumlashtirilgan chiqishi joylashtirilgan. Xususiyatlar yumshoq 3, o`rta qattiqlikdagi 2 va qattiq 1 rudalar uchun berilgan. Download 1.18 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling