1. Maydalash jarayonlari haqida umumiy ma`lumotlar Maydalash darajasi va bosqichlari. Maydalash usullari va qonunlari


-rasm. Jag’li maydalagichlarning maydalangan mahsulotining namunaviy yiriklik xarakteristikasi Misol


Download 1.18 Mb.
bet12/20
Sana09.11.2023
Hajmi1.18 Mb.
#1759980
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   20
Bog'liq
5-Ma’ruza.

26-rasm. Jag’li maydalagichlarning maydalangan mahsulotining namunaviy yiriklik xarakteristikasi


Misol
SHDP-15x21 (B = 1,5 m, L = 2,1 m) jag’li maydalagichining umumiy ish unumdorligini aniqlash talab qilinadi. Bunda maydalanayotgan mahsulot gabbrodiabazali mis-nikel rudasi bo`lib, mustahkamligi yuqori (M.M.Protodyakonov shkalasi bo`yicha f = 15 ÷ 20) va sochma zichligi δ = 1,8 t/m3, yirikligi -1200 + 0 mm (+800 mm sinfning miqdori 20%), namlik w = 5%. Maydalagichning bo`shatish tuynugining kengligi b = 180 mm.
3-jadval bo`yicha tuzatish koeffitsientlarina aniqlaymiz: Kf = 0.93 (o`rtacha hisobda f = 18 bo`lganda); Kw = 1 (w = 5%); Kk = 1.04 (αkr = 25%). (3.25) formula yordamida Q = 465 m3/soat va (3.24) formula yordamida Q = 835 m3/soat ekanligini hisoblab chiqamiz.
3-jadval. Maydalash sharoitiga tuzatish koeffitsienti

Koeffitsient

Ruda

Yumshoq (mustahkam emas)

O`rtacha qattiqlik (o`rtacha mustahkam)

Qattiq (mustahkam)

O`ta qattiq (o`ta mustahkam)

M.M.Protodyakonov shkalasi bo`yicha mustahkamlik

5─10

10─15

15─18

18─20

Rudaning mustahkamligiga tuzatish Kf

1,2

1,0

0,95

0,90

Rudaning namligiga tuzatish Kw

Rudaning namligi, w, %

4

5

6

7

8

9

10

11

1

1

0,95

0,9

0,85

0,8

0,75

0,65

Rudaning yirikligiga tuzatish Kk

Yirik sinfning miqdori (0,5 B dan yirik) αk , %

5

10

20

25

30

40

50

60

70

80

1,1

1,08

1,05

1,04

1,03

1,0

0,97

0,95

0,92

0,89



Jag’li maydalagichlarning ishlatilishi
Jag’li maydalagichlarni tuzilishining soddaligi, ishlatish va ta`mirlashning osonligi ularni boyitish fabrikalarida keng qo`llanilishiga olib keladi. Biroq, bu maydalagichlar sezilarli kamchiliklarga ega: ular ishlayotgan paytda kuchli tebranadi (maydalagichni o`ta mustahkam poydevorga o`rnatish talab etiladi va faqat binoning quyi qavatlariga), mahsulot bir tekis yuklanmaganda ruda tiqilib qoladi, yirikligi bo`yicha bir tekis bo`lmagan mahsulot olinadi.
Boyitish fabrikalarida jag’li maydalagichlar birinchi bosqich maydalash jarayonida qo`llaniladi. Bu maydalagichlar tiqilib qolish (zaval) ostida ishlamaydi, shuning uchun fabrikaga keladigan ruda maydalagichga to`g’ridan to`g’ri tushmasdan, kichikroq oraliq bunker yoki qabul qiluvchi varonkaga tushadi (27-rasm). Ruda qabul qiluvchi qurilmalardan maydalagichga plastinkali ta`minlagich yordamida bir tekis maromda beriladi. Ko`pincha maydalagichdan avval panjarali g’alvir o`rnatiladi. Plastinkali ta`minlagich rudani panjarali g’alvirga yuboradi va maydalagichga faqat panjara usti mahsuloti tushadi. Maydalangan mahsulot odatda tasmali konveyerga to`kiladi va navbatdagi bosqichda maydalashga jo`natiladi.
Jag’li maydalagich poydevorda o`rnatilib, bu poydevor binoning poydevoriga bog’liq bo`lmasligi zarur (titrash natijasida binoga zarar etmasligi uchun).
Jag’li maydalagichlarning ishqalanishi natijasida yemiriladigan va davriy ravishda almashtirilib turiladigan qismlari quyidagilardan iborat: qoplama plitalari, raspor plitalari, raspor plita uchun uyadagi vkladishlar, ekssentrik val podshipnikining va qo`zg’aluvchi jag’ o`qining vkladishlari, shatun boshchasining vkladishi.
Ushbu detallarning o`rtacha xizmat qilish muddatlari (oylarda):
- qoplama plitalar - 6;
- raspor plitasining yechiluvchi uchi - 5;





27-rasm. Jag’li maydalagichni o`rnatish sxemasi:
1 – qabul qilish varonkasi; 2 – plastinkali ta`minlagich; 3 – panjara osti mahsuloti uchun tasmali konveyer; 4 - jag’li maydalagich; 5 – maydalangan mahsulot uchun tasmali konveyer.

- raspor plitalarning uyalaridagi suxarilar - 12;


- qo`zg’aluvchan jag’ning o`qi va tirsakli val podshipniklarining vkladishlari - 12;
- shatun boshchasining vkladishi - 12.
Jag’li maydalagichlarda maydalashda po`latning miqdori qoplama plitalarning ishqalanish ta`sirida yemirilishi orqali aniqlanib, u plita materialining bardoshliligiga va maydalanayotgan mahsulotning mustahkamligiga bog’liq. Marganetsli po`lat qoplama qo`llanilganda uning sarfi 1 tonna maydalangan mahsulotga 0,02 dan 0,08 kg gacha, toblangan cho`yan ishlatilganda esa uning sarfi 0,3 dan 0,1 kg gacha yetadi.
Maydalagichni avtomatik boshqarish tizimi maydalanish ta`sir doirasida (zonasida) mahsulotning sathini nazorat qilishga asoslanadi.
Jag’li maydalagichni ishga tushirish faqat bo`sh (ma`dansiz) holda amalga oshiriladi. Agar, salt ishlaganda noodatiy shovqin (taqqillash, dirillash, g’ichirlash va h.k.) mavjud bo`lmasa, maydalagichga ruda yuklanadi. Jag’li maydalagichni ish zonasidagi barcha mahsulotlar tushirib bo`lingandan so`ng to`xtatish mumkin.



Download 1.18 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling