1. Maydalash jarayonlari haqida umumiy ma`lumotlar Maydalash darajasi va bosqichlari. Maydalash usullari va qonunlari


Download 1.18 Mb.
bet15/20
Sana09.11.2023
Hajmi1.18 Mb.
#1759980
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20
Bog'liq
5-Ma’ruza.

Maydalanish darajasi 8 ga etishi mumkin, ammo, odatda maydalagichlar 3 dan 4 gacha oraliqdagi maydalanish darajasida ishlaydi, maydalashga sarflanadigan energiya bir tonna maydalangan mahsulot uchun 0,1 dan 0,8 kVt soatni tashkil qiladi.
Konusli maydalagichda maydalangan mahsulotning na`munaviy xarakteristikasi K.A. Razumovga ko`ra 30-rasmda ko`rsatilgan.
Konusli maydalagichlarning ishlatilishi
Yirik maydalovchi konusli maydalagichga (B > 900 mm) ruda vagon (avtosamosval) orqali beriladigan holatda maydalagich tiqilish (zaval) ostida ishlashi mumkin, bu esa maydalanuvchi mahsulotni ag’dariluvchi vagondan bevosita yuklanishini ta`minlaydi (31-rasm, a.). Kichikroq o`lchamdagi maydalagichlar tiqilish ostida ishlay olmaydi, shu sababli ularda dastlabki mahsulot uchun qabul qiluvchi moslama o`rnatish ko`zda tutiladi. Bunday holda, qabul qiluvchi qurilmadan mahsulot maydalagichga plastinkali ta`minlagich orqali yuboriladi.
Maydalangan mahsulot lentali konveyerga tushiriladi va keyingi maydalash bosqichiga yuboriladi. Odatda, mahsulot o`rta maydalashga lentali konveyer yordamida yetkazib beriladi, maydalagichdan avval esa maydalash jarayoniga tushishi kerak bo`lmagan mayin mahsulotni elash uchun g’alvir o`rnatiladi. G’alvirdan elak usti mahsuloti maydalagichga tushadi, elak osti mahsuloti esa maydalagichga tushmasdan maydalangan mahsulot konveyeriga yuboriladi (31-rasm, b.).
Katta unumdorlikka ega boyitish fabrikalarida yirik maydalash bo`linmasining ishlash tartibi odatda o`rta va mayin maydalash bo`limlarining ishlash tartibiga to`g’ri kelmaydi. Shu sababli, ushbu bo`linmalar o`rtasida yirik maydalangan ruda ombori






30-rasm. Yirik (a), o`rta va mayin (b) maydalovchi konusli maydalagichlarning maydalangan mahsulotining namunaviy xususiyatlari:


1 - qattiq rudalar; 2 - o`rta qattiqlikdagi rudalar; 3 - yumshoq rudalar; 4 - KSD-Gr (dag’al maydalash); 5 - KSD-T (mayin maydalash); 6 - KMD-Gr; 7 - KMD-T.
quriladi, bu ayni paytda bir vaqtning o`zida o`rta maydalash maydalagichlariga rudani taqsimlab berish uchun ishlatiladi, chunki, unumdorlik jihatidan bir nechta parallel ishlaydigan maydalagichlarni o`rnatishga to`g’ri kelib qolish mumkin. Ombordan ruda bitta har bir maydalagichga alohida konveyerlar bilan yuboriladi (31-rasm, b.). Zamonaviy boyitish fabrikalarida o`rta va mayin maydalovchi maydalagichlar bir xil darajada va bitta binoda joylashadi. Rudani maydalagichlarga tarqatish uchun kichik sig’imga ega bo`lgan bunkerlar qurilgan bo`lib, ularning ostida elaklar o`rnatiladi. Yirik sinfdagi mahsulot maydalagichga kalta konveyer yordamida yetkaziladi.
Bunday joylashtirish tartibida barcha maydalagichlar bitta yig’ma konveyerining ustiga joylashtiriladi. Bu konveyer orqali maydalangan mahsulotlar maydalagichdan chiqarib yuboriladi.








31-rasm. Yirik (a) va o`rta (b) maydalovchi konusli maydalagichlarni o`rnatish sxemasi:
1 – konusli maydalagich; 2 – ag’dariladigan temir yo`l vagoni; 3 – maydalangan mahsulot uchun lentali konveyer; 4 – o`rta maydalagichga rudani yetkazib beruvchi konveyer; 5 - g’alvir; 6 – ko`prikli kran.

Yirik maydalovchi konusli maydalagichlarda maydalanish darajasi 6 ga teng bo`lganda maydalashga sarflanadigan energiya bir tonna maydalangan mahsulot uchun 0,1 dan 0,8 kVt soatni tashkil qiladi.


Muntazam ravishda ishqalanib yemirilish natijasida almashtiriladigan yoki ta`mirlanadigan qismlari: qo`zg’aluvchi konusning yoki traversaning tashqi qo`zg’almas qoplamasi, maydalovchi konusni osib qo`yilgan val bilan aloqadagi yuzasi va ekssentrik stakanning yuzasi; ekssentrik stakanning tirgakli halqasi va yurituvchi valning vtulkasi hamda konussimon tishli g’ildirak. Tashqi qo`zg’almas qoplamalarning ishga yaroqlilik muddati 6 oydan 2 yilgacha (odatda taxminan 1 yil).
Konusli maydalagichlarda maydalash vaqtida po`latning sarfi qoplamalarning ishqalanish natijasida emirilishiga bog’liq. Marganetsli po`lat qoplamalaridan foydalanilganda uning sarfi 0,005 dan 0,03 kg/tonnagacha yetadi.
Konusli maydalagichlari maydalash maydonida maydalanuvchi mahsulot bo`lganda ishga tushiriladi. Ishga tushirishdan oldin moy rezervuaridagi moy miqdori tekshiriladi. Avval moylash tizimi nasosi va moyni sovutish tizimi ishga tushiriladi.
O`rta va mayin maydalovchi maydalagichlarga ruda bilan birga metall bo`yumlar tushib qolishi oqibatida maydalagich sinishi va ishdan chiqishi mumkin. Maydalagichga rudani yetkazib beriladigan konveyer bo`ylab ikkita metall aniqlovchi qurilma o`rnatiladi va ularning o`rtasiga osilib turuvchi kuchli maydonga ega bo`lgan elektromagnit o`rnatiladi.
Konusli maydalagichlar yuqori unumdorligi, nisbatan kam solishtirma energiya sarfiga egaligi va yirikligi jihatidan bir xil bo`lgan maydalangan mahsulot berish qobiliyati tufayli tog’-kon sanoatida keng qo`llaniladi. Konusli maydalagichlarning kamchiligi (jag’li maydalagich bilan taqqoslaganda) quyidagilardir: murakkab tuzilishga egaligi va qimmatligi, o`lchamlarining (balandligi) kattaligi, xizmat ko`rsatish va tuzatishning murakkabligi.



Download 1.18 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling