Ma'lumotlar bazasini boshqarish tizimi bu kompyuterda turli xil ilovalar uchun umumiy ma'lumotlar bazasini yaratish, uni dolzarbligini saqlash va foydalanuvchilarning o'z vakolatlari doirasida undagi ma'lumotlarga samarali murojaatini ta'minlashga mo'ljallangan dasturiy tizimdir.
MBBT iga qo’yiladigan talablar
MBBTning muhim xossasi shundaki, u ma'lumotlar bazasining ikkita mustaqil ko'rinishini ajratish va qo‘llab-quvvatlashga imkon beradi:
- ma'lumotlarning foydalanuvchi "nuqtai nazaridagi ko'rinishi" "mantiqiy" ko'rinishda va
- tizimning " nuqtai nazaridagi ko'rinishi" - "jismoniy" (saqlanadigan ma'lumotlarni tashkil etish) ko'rinishda.
MBBT iga qo’yiladigan talablar
Ishlab chiquvchi ma'lum bir MBBT vositasi bilan ma'lumotlar bazasini yaratish uchun ma'lumotlar bazasining mantiqiy tuzilishini, uni saqlash muhitida tashkil etilishini va ma'lumotlarining foydalanuvchi tomonidan ko‘rinishini tavsiflaydi (mos ravishda ma'lumotlar bazasining kontseptual sxemasi, saqlash sxemasi va tashqi sxemalari). Ushbu sxemalarni qayta ishlash orqali MBBT talab etilgan strukturali bo'sh ma'lumotlar bazasini yaratadi va uni predmet soha ma'lumotlari bilan to'ldirish va undan keyingi ishlashlar uchun vositalar taqdim etadi.
MBBT iga qo’yiladigan talablar
MBBT turkumlanishi
UM MBBT biron bir predmet sohasiga yoki foydalanuvchilarning konkret axborot ehtiyojlariga yo'naltirilmagan. Ushbu turdagi har bir tizim universal bo'lib, ma'lumotlar ustida amallarning funksional ortiqcha to'plamini amalga oshiradi. UM MBBT ma'lum predmet sohasi, faoliyat yuritish shartlari va foydalanuvchi talablariga sozlash vositalarini o'z ichiga oladi. Umumiy maqsadli MBBT - bu axborot tizimi ma'lumotlar bazasini yaratish va ishlatish bilan bog'liq barcha funksiyalar majmuini bajarishga mo'ljallangan murakkab dasturiy majmualar.
MBBTlar universallilik darajasiga ko'ra, ikki sinfga bo'linadi: umumiy maqsadli MBBT (UM MBBT) va ixtisoslashtirilgan MBBT (Ix MBBT).
Do'stlaringiz bilan baham: |