ortishi tufayli siljishi.
Basharti, kapital narxi o’zgarishi ro’y bersa, ikkita qarama-qarshi samara yuzaga keladi. Bir tomondan, ko’lam samarasi (kapital narxi va tannarx pasayadi, ishlab chiqarish yuksalishi rag’batlantiriladi va ish bilan bandlik darajasi oshadi) mehnatga talab egri chizig’ini o’ngga siljitadi. Boshqa tomondan, siljish samarasi (kapital sig’imi ko’proq texnologiyalardan foydalaniladi, ishchi kuchiga ehtiyoj kamayadi) talab egri chizig’ini chapga siljitadi. Kapital narxi oshishi mehnatga talab borasida ham xuddi shunday nomuayyanlikka olib keladi, lekin mazkur holda ko’lam samarasi mehnatga talab egri chizig’ini chapga, o’rnini bosish samarasini esa o’ngga siljitadi. Shunday qilib, iqtisodiy nazariya kapital narxining modifikasiyasi mehnatga talabni qanday o’zgartiradi, degan savolga mutlaqo aniq javob bermaydi.
chizma. Mehnat taklifi egri chizig’i.
Quyidagicha xulosa chiqarish mumkin: agar ish haqi o’zgarsa, mehnatga talab egri chiziq bo’ylab yuqoriga yoki pastga qarab yurishi, mahsulotga talab, ishlab chiqarish hajmlari o’zgarishi, kapital narxi kabi boshqa omillar amal qilsa, mehnatga talab egri chizig’ining o’zi siljiydi.
chizma. Ish haqi o’zgarishi tufayli taklif egri chizig’ining siljishi.
Mehnat bozoridagi taklif mexanizmini oson tushunish uchun uni alohida lavozim misolida ko’rib chiqamiz. Birorta lavozim bo’yicha ish haqi oshgan (bunda boshqa lavozimlar bo’yicha ish haqi o’zgarmagan) taqdirda bunday lavozimda ishlashni xohlaydigan odamlar ko’payishi va aksincha, ish haqi pastroq bo’lgan taqdirda hyech kimda bunday xohish paydo bo’lmasligini kutsa bo’ladi. Shunday qilib, lavozimlar biron-bir muayyan bozorda mehnat taklifi ushbu bozorda ustunlik qilayotgan ish haqi stavkalari bilan bog’liq. Mehnat taklifi mehnat narxiga bog’liqligi 3.3.-chizmada ko’rsatilgan. Mehnat taklifi egri chizig’i kabi taklif egri chizig’i ham bunda boshqa omillarni e’tiborga olmay tuzilgan.
Faraz qilaylik, boshqa bir lavozim bo’yicha ish haqi oshadiyu, boshqa omillar o’zgarmay qoladi. Bunday taqdirda xodimlar avvalgi lavozimlarida ishlash mo’ljallarini o’zgartirib, ish haqi oshgan yangi lavozimlarini o’zlari uchun tanlaydilar. Bu esa taklif egri chizig’ining chapga siljishiga olib keladi, bu 3.4-chizmada ko’rsatilgan.
chizma. Mehnat bozorida talab va taklif.
Oraliq yakun yasar ekanmiz, shuni ta’kidlamoqchimizki, mehnat bozoridagi talab egri chizig’i ish beruvchilar har bir muayyan ish haqi stavkasi bo’yicha (boshqa omillar o’zgarmagan taqdirda) qancha miqdorda xodim olmoqchi ekanliklarini ko’rsatadi. Taklif egri chizig’i esa har bir ish xaqi stavkasi darajasiga muvofiq qancha xodim mehnat bozoriga chiqishi mumkinligini ko’rsatadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |