1. Mehnat muhofazasini


Download 90.12 Kb.
bet7/8
Sana01.05.2023
Hajmi90.12 Kb.
#1419575
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Ishlab chiqarishda texnologik jarayonlarni yong\'in xavfsizligini ta;munlash

Paxta dastlabki ishlash jarayoni, paxtani yetishtirishdan boshlab, terish, tashish, kuritish protsessida katta miqdorda chang ajralib chiqadi. Changlardan tashqari zaharli gazlar aralashmasi ajraladi, bular: paxtani dastlabki ishlash korxonalarida - chigitni dorilashda, paxtani defoliatsiya kilganda, guzaga zaharlik kimyoviy moddalar bilan ishlov berishda, ipak sanoati, noto’qima materiallar korxonalarda, shuningdek turli kimyoviy va boshqa korxonalarda. Zaharli moddalarga vodorod sulfidi, dixlorad, ammiak, azot brikmalari, butifos, antio, ftorli vodorodlar kiradi.
Bu gazlarning juda kam miqdori xam odamlarni, mollar va daraxtlarni zaharlash uchun yetarlidir.
Tabiiy ipak ishlab chiqarish texnologik jarayoni pillani qayta ishlashdagi qator murakkab ishlarni uz ichiga oladi. Bu ishlar jumlasiga pillarni saralashdan tortib to tayyor ipak ishlab chiqarishni pillarni saralash bo’limlari yoki sexlarini, pilla tortish hamda pilla chigitlarini qayta ishlash sexini uz ichiga oladi.
Pilla tortish va ipak yigirishdagi ishlab chiqarishning asosiy zararli omillari noqulay mikroiqlim, ishlab chiqarish xonalari havosining changligi, havoning zararli ta’sir kursatuvchi gaz va bug’lar bilan ifloslanishi, ishlab chiqarish shovqini, ishlayotgandagi kuchli zurikish, kul panjalari terisiga uzoq vaqt mobaynida zararli moddalarning tegib turishidan iboratdir.
Pillalarni saralash sexidagi ishlab chiqarishning zararli omillariga havo zarrachalarining o’lchami 5- 250 mkm bo’lgan organiq chang bilan ifloslanishini kursatish mumkin. Asosan fibroin va seritsindan shuningdek oz miqdordagi kaliy kushoksidli (1,7%) mineral aralashmalaridan tashkil topgan organiq changdan nafas olish kasbiy kassaliklarga olib kelishi mumkin.
Pillarni saralash sexidagi yo’lish-yo’lish mashinalaridan chikayotgan changli havoni surish va changli yertulalardagi yoki siklonli qurilmalardagi havoni tozalash sistemasi yomon ishlaganda bu yerdagi havoda chang miqdori ruxsat etilganidan oshib ketadi.
Saralash sexlaridan keltirilgan pillalar chikindilarini birlamchi qayta ishlash chogida havoda chang miqdori bir muncha kupayadi ayrim uzellari va pillalarini sikilgan havo yordamida eltadigan sistemaning zichligi buzilishi oqibatida mashinalar, dastgoxlar va boshqa uskunalardan chang chiqadi. Ishlab chiqarish xonalarida havoning katta tezlikda harakatlanishi tufayli chang o’tirmaydi va uning havodagi miqdori ortadi.
Pillalarni bug’lash jarayoni 90-970S haroratda olib boriladi. Bunda bug’lash qozonlarda pillalardan suvda eriydigan azotli birikmalarning parchalanish maxsulotlari ajralib chiqadi, natijada suvda ammiak va vodorod sulfid hosil bo’lib, keyin ular sex havosiga kushilib ketadi. Ammiak va vodorod sulfid miqdori havoda quyidagi miqdorda o’zgarib turadi: ammiak - meyor 20 mg/m3 bo’lgan xolda 9,0-31,0 mg/m3 atrofida, vodorod sulfid - meyor 10,0 mg/m3 bo’lgani xolda 4,0-43,0 mg/m3 atrofida.
Yilning issiq paytida yengil sanoat korxonalarida havoning harorati 29,5-320C bo’ladi, ba’zan xatto 34-380S gacha kutariladi, nisbiy namligi 20-80% bo’ladi, sovuq kunlarda esa uning harorati 21-220S va nisbiy namligi 75-96% bo’ladi. Havoning harakatlanish tezligi 0,2-0,5 m/s ni tashkil etadi. Pilla tortish sexlarida havoning harorati va nisbiy namligi yuqori bo’lishiga pilla tortish toslari, bug’lash qozonlari, magistral buk quvurlarining ochiq sirtidan kup miqdorda issiqlik hamda namlik ajralib chiqishi, shuningdek mavjud havoni almashtirish va mo’tadillash sistemalari hozircha ish mintaqasida kerakli issiqlik hamda namlik ajralish sharoitini yarata olmasligi sabab bo’ladi.
Ishchilar foydalanadigan texnik suv tarkibida, yuqorida aytilgan zararli kimyoviy moddalardan tashqari, mikroblar ham bo’lib, ular pilla tortish sexining boshqa sexlariga xam utib, yukumli kasalliklar - angina va oshqozon-ichak kasalliklarini bilan bir qatorda yiringli kasalliklarni keltirib chiqaradi.
Pilla tortish ishlab chiqarishida bug’lovchi va tortuvchi ishchilarni mehnat sharoiti eng og’irdir. Pillalarni bug’lovchi ishchi butun smena mobaynida tik turib ishlab, tanasini gox ungga, gox chapga engashtirishga, qo’llari bilan turli xil harakatlar qilishga majbur bo’ladi, bunda uning qo’llari bug’lash qozonidagi kaynok (35-1000C), ovalsimon tosdagi issiq (700C) suvga, shuningdek, seritsin ta’sirida yopishkok bo’lib kolgan issiq (60-850C) pilla sarnogiga tegib turadi. Bug’lovchi ishchi barmoklarini vaqtincha sovitish uchun ish kuni davomida qo’llarini sovuq suvga 1100-4000 marta, har 2-3 sekundda bir marta sovuq suvga tushiradi. Qo’llarning gox issiq suvga, gox sovuq suvga tegishi natijasida teri to’qimasi shikastlanib, uning himoyalovchi qatlamlari yuqoladi, bu esa uz navbatida, terining yorilishi va shilinishiga olib keladi, oqibatda kul terisiga hamda teri ostidagi xujayralarga suv kirishi natijasida terining yallig’lanishi (dermatit) fasod boglashi (abssess), biriktiruvchi to’qimalarning yiringlab yallig’lanishi (flegmona) kabi kasalliklar paydo bo’ladi.
Pillalarni chuvatishdek murakkab ishni pilla tortuvchi ishchi bajaradi. U bug’langan va silkitish vaqtida yaxshilab tozalangan pillalarni bug’lovchi ishchidan olgach, pilla yo’luklarini uzib tashlaydi, pillalarni suv tuldirgan tortish tosiga soladi va ularni chuvatishga kirishadi. Pilla tortuvchi ishchi tortish tosining tutkichlariga pillalarni kul bilan tushiradi, bunda u qo’llarini issiq suvga ish kuni davomida 5500-12000 marta botirishga majbur bo’ladi.
Pilla tortish sexlariga mamlakatimizda va chet elda ishlab chiqarilgan pilla tortish agregatlari o’rnatilishi bilan mehnatning sanitariya-gigiyena sharoitlari yaxshilandi, pilla tortuvchi va pillalarni bug’lovchi ishchilarning kasbiy kasallanishlari keskin kamaydi. Pilla urash jarayonlari avtomatlashtirilsa, pillani bug’lash jarayonlari markazlashtiriladi, pillalarni silkitish va chuvatish jarayonlari esa mexanizatsiyalashtirildi va avtomatlashtirildi. Buning natijasida pilla tortish sexlari ishchilarning mehnati ancha yengillashadi va kasbiy kasallanishlarning asosiy sabablaridan biri yo’qotiladi.
Ipak yigirish korxonalari uchun yuqori harorat (ayniqsa yozda) xosdir. Yilning issiq paytida havoning harorati 22-300S atrofida, nisbiy namligi 54-75 va harakatlanish tezligi 0,4-0,5 m/s bo’ladi. Mazkur ko’rsatkichlar tabiiy ipak ishlab chiqaruvchi sanitariya meyorlari talablariga to’g’ri kelmaydi. Bu talablarga kura issiq kunlarda havoning harorati 24-260S, nisbiy 60-55%, sovuq paytda esa mos ravishda 18-22oS va 60-55% bo’lishi kerak.
Turli markalardagi (SHK-145, TKM va xokazo) pishitish mashinalari ishlatilayotganda chiqadigan shovqinning darajasi o’rnatilgan pishitish mashinalari soniga qarab ish urinlarida va mashinalar oraligidagi yo’laklarda 96-105 dVA atrofida o’zgarib turadi. Pishitish sexlaridagi shovqin uzining spektral tarkibiga kura chastotali shovqinga kiradi.
Mavjud ishlab chiqarish sharoiti, odatda, unda xavfli va zararli omillar bo’lishi bilan ajralib turadi. Ishlab chiqarishning xavfli omillariga misol qilib uskunalarning ochiq aylanadigan qismlarini, tok o’tkazuvchi qismlarni, harakatlantiruvchi detallar, uzellar, ayrim mexanizmlar va boshqalarni kursatish mumkin.
Bundan tashqari, korxonalarda odamga ishlab chiqarishning zararli omillari ta’sir qilish natijasida kasbiy kasallanishlar va zaharlanishlar kelib chiqishi mumkin. Ishlab chiqarishning zararli omillari ish o’rnidagi sanitariya-gigiyena sharoiti yomon ahvolda bo’lganda yuzaga keladi. Ishlab chiqarish muhitida mavjud bo’ladigan zararli omillarga noqulay mikroiqlim, havoning ifloslanishi, turli xil nurlanishlar, yuqori darajadagi shovqin, titrash va shu kabilar kiradi.
Kasbiy kasallik inson organizmiga mehnat jarayoni bilan bevosita bog’liq bo’lgan zararli omillar ta’sir qilish natijasida paydo bo’ladi. Ishlovchilarning organizmiga ishlab chiqarishdagi zaharlarning ta’sir kursatishi oqibatida ruy beradigan kasbiy zaharlanishlarni kasbiy kasallanishlarning bir turi deb hisoblash mumkin. Kasbiy zaharlanishlar surunkali va og’ir bo’ladi. Surunkali zaharlanishlar asta-sekin rivojlanib boradi va organizmga uzoq vaqt mobaynida oz-oz miqdorda zahar kirishi tufayli ruy beradi.

Download 90.12 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling