1. Mehnat shartnomasini bekor qilish asoslari tushunchasi va klassifikatsiyasi


Download 59.38 Kb.
bet2/13
Sana22.06.2023
Hajmi59.38 Kb.
#1646493
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
Shartnoma.Mehnat shartnomasi.Nizom. Yóriqnoma

Birinchidan, taraflarning mehnat shartnomsini bekor qilish to`g’risidagi kelishuvi (MKning 97-moddasi 1-bandi). Ushbu asosga binoan mehnat shartnomasining barcha turlari, ya`ni nomuayyan muddatga, shuningdek muayyan ishni bajarish vaqtiga mo`ljallab tuzilgan shartnomalar istalgan vaqtda bekor qilinishi mumkin.
Ikkinchidan, muayyan muddatga yoki muayyan ishni bajarish vaqtiga tuzilgan shartnoma muddatning tugashi bilan bekor bo`ladi (MKning 97-moddasi 3-bandi). Agar muddat tugagandan keyin ham mehnatga oid munosabatlar davom etaversa va taraflar birortasi bir hafta davomida uning bekor qilinishini talab qilmagan bo`lsa, shartnoma nomuayyan muddatga uzaytirilgan hisoblanadi.
Ish joyi (lavozimi) saqlanishi lozim bo`lgan xodimning ishda bo`lmagan vaqtiga mo`ljallab tuzilgan mehnat shartnomasi shu xodim ishga qaytgan kundan e`tiboran bekor qilinadi (MKning 105-moddasi).


Mehnat shartnomasini xodim tashabbusi bilan bekor qilish.
Xodim MKning 99-moddasiga muvofiq, nomuayyan muddatga tuzilgan mehnat shartnomasini ham, muddati tugaguncha qadar muddatli mehnat shartnomasini ham, ikki hafta oldin bu haqda ish beruvchini yozma ravishda ogohlantirib, bekor qilishga haqlidir. Xodim har qanday holatda, ya`ni ish davrida, ta`til vaqtida, xizmat safarida bo`lgan yoki kasallik davrida, shuningdek, davlat va jamoat vazifalarini bajarayotgan paytda ish beruvchini ogohlantirishi mumkin.
Qonunda belgilanganidek, xodim o`z arizasida mehnat shartnomasini bekor qilish sabablarini ko`rsatishi talab qilinmaydi. Lekin shunisi ham borki, bunday sabab ko`rsatilgan taqdirda, xodim qonunda belgilangan imtiyoz va afzalliklarga ega bo`lishi mumkin.
Qonunga binoan, ogohlantirish muddati tugagandan keyin xodim ishni to`xtatishga haqli bo`ladi, ish beruvchi esa buyruq chiqarishi, unga mehnat daftarchasini berib, u bilan hisob-kitob qilishi kerak, aks holda, xodim mehnat daftarchasini berish kechiktirilgani uchun o`rtacha ish haqi talab qilishga haqlidir(MKning 188-moddasi).
Yuqorida aytilganidek, qonunga binoan uzrli sabablar mavjud bo`lgan taqdirda, mehnat shartnomasi xodim iltimos qilgan muddatda bekor qilinishi kerak. Jumladan, quyidagi holatlar uzrli sabablar hisoblanadi:
-belgilangan tartibda meditsina xulosasiga muvofiq aniqlab berilgan kasallik, oilaning bemor bo`lgan a`zolari (meditsina xulosasi mavjud bo`lganda) yoki 1-guruh nogironlarini parvarish qilib turish zarurati;
-o`quv yurtiga qabul qilingani, pentsiyaga chiqqani, lavozimga saylanishi, oliy, o`rta maxsus yoki boshqa turdagi o`quv yurtiga, aspirantura yohud klinik orlinaturaga qabul qilingani.
Ilgari ta`kidlanganidek, xodim o`z tashabbusi bilan nomuayyan muddatga tuzilgan mehnat shartnomasini hamda muddatli mehnat shartnomasini ikki hafta oldin ish beruvchini yozma ravishda ogohlantirib bekor qilishga haqli (MKning 99-moddasi).
Mehnat shartnomasini bekor qilishga xodimning korxonadagi ishni haqiqatdan ham tashlab ketish istagi bildirilgan arizasiga binoan yo`l qo`yiladi. SHu bilan bir qatorda, mazkur plenum qarorida sudlar tomonidan da`vogarning mehnat shartnomasini bekor qilish haqidagi arizasini ish beruvchining qistovi ta`sirida yozgani to`g’risidagi vajlarini sinchkovlik bilan tekshirilishi alohida ta`kidlangan.
Mehnat shartnomasi xodimning tashabbusi bo`yicha ikki haftalik ogohlantirish muddati tugagunga qadar ham ish beruvchi bilan xodimning kelishuviga ko`ra, bekor qilinishi mumkin. Qonunda belgilangan yoki taraflar kelishuviga ko`ra qisqartirilgan ogohlantirish muddati o`tmasidan xodimning roziligisiz mehnat munosabatlari bekor qilinishi oqibatida ushbu mehnat shartnomasining bekor qilingani g’ayriqonuniy deb topishga va xodimni avvalgi ishiga tiklash haqidagi talabini qanoatlantirishga asos bo`ladi. Xodimni ogohlantirish muddati o`tmasidan o`zboshimchalik bilan ishni tashlab ketishi u tomonidan mehnat majburiyatini buzish deya baholanadi.
Arizani berish sanasi uni ish beruvchiga (korxona boshlig’iga, uning movuniga, qabulxona kotibiga, kadrlar bo`limiga, devonxonaga va boshqalarga) topshirgan kun hisoblanadi, ogohlantirish muddati esa keyingi kundan boshlanadi. Ogohlantirish muddatiga kalendar’ hisob bo`yicha barcha kunlar kiradi. Ogohlantirish muddatining tugashi dam olish yoki bayram (ish kuni bo`lmagan kunga) kuniga to`g’ri kelgan taqdirda, shartnomaning bekor bo`lish kuni dam olish yoki bayram kunidan keyingi birinchi kun hisoblanadi (plenum qarorining 15-bandi).
Qonunda belgilangan yoki taraflar kelishuviga ko`ra qisartirilgan ogohlantirish muddati tugagach, xodim ishni tugatishga haqli, ish beruvchi esa xodimga mehnat daftarchasi va mehnat shartnomasi bekor qilingani haqidagi buyruqlardan nusxa berib, u bilan hisob-kitob qilishga majbur. Binobarin, qonunchilikda ish beruvchi tomonidan xodimning tashabbusiga ko`ra mehnat shartnomasini bekor qilishni kechiktirishga, shuningdek, boshlangan ishini tugatmagani, qarzi yo`qligi to`g’risidagi varaqasining imzolanmagani, unga topshirilgan moddiy qiymatliklarni qaytarmagani vajidan ham keltirishga yo`l qo`yilmaydi.
Qonunda belgilangan yoki xodim va ish beruvchi kelishuviga ko`ra qisqartirilgan ogohlantirish muddati davomida xodim mehnat shartnomasi tugatilgani haqidagi buyruq chiqarilganidan qat`iy nazar, arizasini qaytarib olishga haqli. Xodimning o`rniga boshqasi taklif etilgani, unga arizasini qaytarib olishni rad qilishga asos bo`lmaydi, chunki ish beruvchi, birinchi navbatda, avvalgi xodim bilan mehnat shartnomasini bekor qilganidan keyingina, bu ishga (lavozimga) boshqa xodimni taklif qilishga haqlidir.
Ogohlantirish muddati o`tib bo`lgan vaziyatda, mehnat shartnomasi bekor qilinmagan va mehnat munosabatlari davom etayotgan bo`lsa, xodimning mehnat shartnomasini bekor qilish haqidagi arizasi o`z kuchini yo`qotadi va bu arizaga ko`ra mehnat shartnomasini bekor qilishga yo`l qo`yilmaydi.



Download 59.38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling