1. Menejer mexnati va uning xususiyatlari. Bozorning menejerlarga bo’lgan talabi


Attestasiya menejerlarning shaxsiy va ishbilarmonlik sifatini baxolash usuli sifatida


Download 46.94 Kb.
bet3/5
Sana20.06.2023
Hajmi46.94 Kb.
#1628766
1   2   3   4   5
Bog'liq
1403165064 43625

3. Attestasiya menejerlarning shaxsiy va ishbilarmonlik sifatini baxolash usuli sifatida.
Boshqaruv mansabiga tavsiya qilinayotgan kishining ishbilarmonlik va kishilik xususiyatlarini baxolash, avvalambor shartnoma tuzilishi kerak. Bugungi kunda qadrlar faoliyatchanligini baxolashda attestasiya usuli keng tarqalgan. Ushbu attestasiyani utkazish uchun raxbar buyrugi bilan rais, sekretar (kotib) va boshqalardan tarkib topgan attestasiya komissiyasi to’ziladi. Ushbu komissiya tarkibini yuqori malakali mutaxassislardan, imtixon bulayotganlarning bevosita raxbarlaridan, yuqori malakali ishchilardan va jamoa tashkilotlari vakillari tashkil etadi. Atetstasiya bulayotgan xar bir kishiga o’zining raxbari xaraqteristika to’zadi, bu tavsifnomada usha kishinnig ijtimoiy va ish faoliyati o’z aksini topadi.
Atetstasiya bulayotgan ishchi avvaldan, (bir xafta oldindan) tavsifnoma bilan tanishishi shart. Komissiya ushbu materiallarni ko’rib chiqadi, attestasiya bulayotgan kishini tinglaydi va qaror beradi:
a) O’zining mansabi talablariga javob beradi;
b) O’zining mansabi talablariga javob beradi ish sharoiti yaxshilaganida va komissiyaning tavsiyalarini bajo keltirganida, 1 yildan sung qayta atetstasiya qilinadi;
v) O’z mansabi talabiga javob bermaydi.
Komissiya ba’zi ishchilarni martabasini yuqsaltirishga va ba’zi xizmatlari uchun takdirlashga va boshqa ishga utkazishga tavsiya qilish mumkin.
Menejerlarning ishbilarmonlik va shaxsiy xususiyatlarini yana xam obyeqitiv baxolash uchun attestasiyadan tashqari boshqaruv amaliyotida uch guruxga bo’linadigan turli xil usullar qo’llaniladi:
1 gurux. Xodimning ishbilarmonlik va shaxsiy xususiyatlarini baxolaydigan, sbyeqtiv xaraqterga ega bo’lgan ta’rif beruvchi yoki sifat usullarini o’z ichiga oladi. Ularga «qadrlar xisob varagi» va «Avtobiografiyadagi» boshqaruvchi talabiga da’vogarlik qiluvchi kondidatning biografik ma’lumotlarini urganish, raxbarlardan usha odam xaqida ma’lumot yigish kiradi.
2 gurux. Xodimning ishbilarmonlik va shaxsiy xususiyatlarini yetarli darajadagi obyektivlikdan miqdoriy baxosini aniqlash ta’minlaydi. Eng ko’p tarqalgan usul ball bo’yicha baxolash usulidir. Bu usul bo’yicha xodimning xar bir bajargan vazifasi va erishgan yutuklariga karab ballar qo’yilib boriladi va uning urtacha balli chiqarilib aniqlanadi.
3 gurux. Yuqoridagi 2ta guruxni ya’ni ta’rif beruvchi va miqdoriy usullarni o’z ichiga oladi. Ulardan eng ko’p tarqalgani test usuli bo’lib, oldindan tayyorlab qo’yilgan masalalar natijalariga karab baxo beriladi. Ishbilarmonlik uyinlari usuli - qo’yilgan ishlab chiqarish masalasi yoki nizoli vaziyatga berilgan to’g’ri javobga karab baxo qo’yilad. Raxbarlar va mutaxassislarning ishbilarmonlik va va shaxsiy xususiyatlarini ball bo’yicha baxolash uchun xodim xususiyatlarini ball bo’yicha baxolash yoki attestasiya utkazish bilan aniqlash mumkin. Buning uchun xodimning ishbilarmonlik va shaxsiy xususiyatlarini baxolash uchun eng kamida 2 ta kul ostidagi ishchisi, 2 ta raxbari va 2 ta xamkasbini baxolashlarini xisobga olishadi. Oxirgi natijaviy baxoni komisiya beradi. Qadrlarni baxolash kriteriyasi bitta bo’lishi kerak, ya’ni konkret ishlar.
Attestasiya menejerlarning ishbilarmonlik va shaxsiy xususiyatlarini baxlash usuli bo’lishi bilan birga ularni qayta tayyorlash bilan chambarchas bog’liqdir. Menejerni tayyorlash va qayta tayyorlash - bu ta’limning ilmi asoslangan sistemasi bulbi ma’lum soxada faoliyat ko’rsatish uchun bilim, tajriba va yo’l yurik urgatadi.
Menejerlarni qayta tayyorlash va tayyorlashdan asosiy maksad ularning nazariy bilimlarini oshirish, fan va texnika soxasida erishilgan yutuklarini tula-tukis kamrab olish, boshqarish va ishlab chiqarishni tashkil etishdan iborat.
Bozor iqtisodiyoti qadrlar tayyorlash tizimiga yangi talablar kuyadi, bu tizimda universitet va institutlar aloxida o’rin egallashi lozim, oliy va urta maxsus ukuv yurtlarida yangi tipdagi, iqtisodiyotni yaxshi biluvchi, boshqaruvning iqtisodiy, ijtimoiy-psixologik usullari va texnika vositalarini qo’llay oluvchi menejerlar tayyorlanishi lozim.
Boshqaruvni isloxat qilish sharoitida ukuv jarayoni mazmuni va uni tashkil etishga ishlab chiqarish darajasi usishi va xo’jalik yuritishning bozor utilishini xisobga olgan xolda yangiga yondashuv qo’llaniladi. «Korxonalar to’g’risida» qonunda ta’kidlab utilganidek: «Korxona qadrlar kasbiy maxorati va madaniy darajasi o’zluqsiz usib borishi xaqida doimo gamxurlik kiladi, xodimlar malakasi va ishlab chiqarish manfaatlarini xisobga olgan xolda ular lavozimini o’zgartirib boradi. Bu maksadda korxona qadrlar tayyorlashni amalga oshiradi va bevosita ishlab chiqarishda ukuv yurtlarida xodimlar malakasini oshirishga imkon yaratadi, ukuv-uslubiy bazani kengaytiradi, biznes maqtablari, kurslar, markazlar tashkil etadi. Korxona ukuv jarayonini ish bilan kushib olib borish uchun zarur sharoit yaratadi va qonunda ko’zda tutilgan imtiyozlar beradi. Ishchilar o’z xoxishlariga kura urta maxsus va oliy ukuv yurtlariga, shuningdek stipendiya tulash sharti bilan aspiranturaga yuborishlari mumkin. Korxona yoshlarni mexnatga tayyorlash, kasbga kizikishlarini shakllantirishda ukuv yurtlariga yordam kurstadi».
Mutaxassis egallagan bilimlar tez eskirgani sababli, uni doimo takomillashtirib berish lozim. Agar raxbar o’z bilimini takomillashtirib bormasa, eski bilimlariga tayanib kolishi, ishlab chiqarish bundan zarar qurishi mumkinligini tajribada qurish mumkin. Olingan maxsus bilimga doimo tuldirilib borilishi lozim bo’lgan asos sifatida karash kerak. Bozor munosabatlari sharoitida texnik ma’lumotga ega bo’lgan ishlab chiqarish raxbarlari ayniqsa iqtisodiyot, marketing, ishlab chiqarishni tashkil etish va boshqarish masalalarini chukur urganishlari kerak.
O’z dunyokarashini kengaytirish bo’yicha mustaqil ishlash xam katta ahamiyatiiyatga egadir.



Download 46.94 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling