1. Menejment fanining mohiyati, obyekti va subyekti. Menejment fanining umum falsafiy usullari. Menelment fanining usullari
Download 69.91 Kb.
|
1-MAVZU. MENEJMENT
- Bu sahifa navigatsiya:
- boshqaruv
1-MAVZU. “MENEJMENT. MARKETING”NING PREDMETI, OBYEKTI VA METODI. Reja: 1. Menejment fanining mohiyati, obyekti va subyekti. 1. Menejment fanining umum falsafiy usullari. 1. Menelment fanining usullari. 1. Menejment fanining ijtimoiy- iqtisodiy, huquqiy, kibernetika va boshqa fanlar bilan o’zaro aloqalari. 1.1. Menejment fanining mohiyati, obyekti va subyekti. Menejment – bu inglizcha so’z bo’lib, ingliz tilining Oksford lug’atida berilgan ta’rifga binoan u: boshqaruv hokimiyati va san’ati; resurslarni boshqarish bo’yicha alohida mohirlik va ma’muriy ko’nikmalar tushuniladi. Sodda qilib ifodalaganda, menejment ‑ bu menejerlar amalga oshiradigan boshqaruv faoliyatidir. Lekin, bu ifoda bizga menejment haqida to’liq tushuncha bermaydi. Xarajat – bu mahsulotni ishlab chiqarish (xizmat ko’rsatish) va uni sotish hamda ish haqi to’lashga sarflanadigan mablag’lar yig’indisi. Xarajat tarkibiga: - mahsulot (xizmat) tannarxi; - ma’muriy xarajatlar; - ijara va foiz to’lovlari; - ish haqi; - soliqlar kiradi. Bozor iqtisodiyotida tanlash qoidasi yanada jiddiylashadi. Zero, ishlab chiqarish (xizmat) uchun resurslar to’g’ri tanlangandagina va ulardan samarali foydalanilgandagina xarajatlar yuqori foyda keltirishi mumkin. Naf – bu mahsulot (xizmat)ning iste’molchilarga qanchalik ijobiy natija keltirishi. Xaridor xarid qobiliyati doirasida eng nafli molni tanlashga intiladi. Shundagina u qoniqadi. Ammo tovarning nafliligi qancha yuqori bo’lsa, uning narxi ham shuncha baland bo’ladi. Bu esa o’z navbatida, xaridorning sotib olish qobiliyatini pasaytiradi. Baho – bu tovar va xizmatlarning pulda ifodalangan qiymati. Baho ikkita asosiy vazifani bajaradi: resurslar iste’molini cheklash imkonini beradi; ishlab chiqarish uchun turtki bo’lib xizmat qiladi. Ma’lumki, biror ashyo (resurs yoki tovar) qancha kamyob bo’lsa, uning narxi shuncha baland bo’ladi va binobarin, uni sotib olmoqchi bo’lganlar shuncha kam bo’ladi. Iqtisodchilar buni narxning cheklovchilik samarasi deb ataydilar. Narxning oshishi ishlab chiqaruvchilar safining kengayishiga, narxning tushishi esa ishlab chiqaruvchilarning kamayishiga, ularning bir qismini bozordan bezdirishga olib keladi. Iqtisodchilar bunday ta’sirni narxning ishlab chiqarishga turtki vazifasini bajaruvchi deb ataydilar. Foydaga ta’sir etuvchi bu uch unsurning mohiyatini anglagan boshqaruvchigina tanlovni to’g’ri amalga oshirishi va oqil qarorni qabul qila olishi mumkin. Boshqarish san’ati va mahorati, ya’ni menejment shundagina namoyon bo’lishi, pirovardida esa yuqori foyda olishga erishilishi mumkin. Sodda qilib aytganda, boshqaruv – bu tanlov, qaror qabul qilish va uning bajarilishini nazorat qilish jarayoni. Menejment ob’ekti haqida so’z yuritganda, eng avvalo, ob’ekt so’zining lug’aviy ma’nosiga e’tibor berish kerak bo’ladi. Shu ma’noda ob’ekt – bu: - bizdan tashqarida va bizning ongimizga bog’liq bo’lmagan holda mavjud bo’lgan borliq, voqelik, moddiy dunyo, mavjudot; - kishi faoliyati, diqqat-e’tibori qaratilgan hodisa, narsa, shaxs; - xo’jalik yoki mudofaa ahamiyatiga ega bo’lgan korxona, qurilish, ayrim uchastka va h.k. Demak, ob’ekt tushunchasi mikro voqelikdan (kishi va uning faoliyatidan) tortib to makro voqelik (moddiy dunyo, jamiyat) darajasigacha bo’lgan ma’noni o’z ichiga oladi. Masalan, “Haydovchi o’z mashinasini boshqara ololmaganligi sababli, u yo’ldan chiqib ketgan”. Bu yerda boshqaruv ob’ekti bo’lib mashina hisoblanadi. Yoki “U kishi o’zini juda yaxshi boshqara oladi”. Bu yerda boshqaruv ob’ekti bo’lib kishi, shaxs hisoblanadi. Futbol komandasi yoki shahar transporti harakatini boshqarish, tuman, viloyat, mamlakatni boshqarish va h.k.lar menejmentning yoki boshqarishning ob’ektlaridir. Boshqarish ishini bajaruvchi idoralar va ularning rahbarlari menejmentning sub’ekti, ya’ni boshqaruv organlarni yoki menejerlar - boshqaruvchilar bo’lib hisoblanadi. Shu nuqtai nazardan, ob’ekt va sub’ektlarni quyidagicha tavsiflash mumkin (1-jadval)1. 1-jadval Download 69.91 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling