1. Menejment fanining mohiyati, obyekti va subyekti. Menejment fanining umum falsafiy usullari. Menelment fanining usullari


Download 69.91 Kb.
bet8/10
Sana16.03.2023
Hajmi69.91 Kb.
#1273015
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
1-MAVZU. MENEJMENT

3. Menejment fanining usullari
Menejment fani voqelikni bilishga bag’ishlangan umumfalsafiy usullarni qo’llaydi. Eng avvalo, boshqaruvchi ob’ektni aks ettiruvchi, uni talqin etishga yordam beruvchi ma’lumot (fakt)lar jamlab baholanadi. Bu ma’lumotlar mikro, mego va makro darajadagi voqelikka oid bo’lishi mumkin. Bu boshqaruvni idrok etishdagi empirik bosqich hisoblanadi.
Boshqaruvchining sir-asrorlarini ilmiy asosda o’rganish, tahlil qilish maqsadida, bu fan quyidagi uslublardan foydalaniladi (2-jadval).
2-jadval
Menejment fanining tahlil usullari



Tahlil usullari

Mazmuni

1.

Tizimli
yondashuv

- Boshqariluvchi ob’ekt yaxlit tizim tarzida olib qaraladi. Bu yondashuv turlicha bo’lishi mumkin:
- tizimli-kompleks yondashuv;
- tizimli-funktsional yondashuv;
- tizimli-tarkibiy yondashuv;
- tizimli-kommunikatsion yondashuv.

2.

Kompleks yondashuv

- Boshqariluvchi ob’ekt boshqa ob’ektlar bilan o’zaro bog’lanishda va aloqadorlikda qaraladi.

3.

Tarkibiy yondashuv

- Boshqariluvchi ob’ekt tarkibiy qismlarga bo’lib o’rganiladi.

4.

Vaziyat (situatsiya)li yondashuv

- Boshqariluvchi ob’ektning muayyan sharoitidagi ichki va tashqi vaziyatiga qarab boshqarishining ma’qul usuli qo’llaniladi.

5.

Integratsion yondashuv

- Boshqariluvchi ob’ekt yuqoridagi uslublar (vaziyatli, kompleks, tarkibiy yondashuvlar)ni birgalikda qo’llash yordamida boshqariladi.

6.

Modellashtirish usuli

- Boshqariluvchi ob’ektni boshqarish bo’yicha turli sxema, grafik va chizmalar, xomaki materiallar tayyorlanadi.

7.

Iqtisodiy-matematik yondashuv

- Maqbul qaror qabul qilish maqsadida matematik uslublar va hisoblash mashinalarini keng miqyosda qo’llash.

8.

Kuzatish
usuli

- Boshqariluvchi ob’ekt to’g’risidagi ma’lumotlarni rejali, ilmiy, uyushtirilgan asosda to’plash usuli.

9.

Eksperiment (tajriba) usuli

- Boshqarish jarayonida boshqariluvchi ob’ektga nisbatan namunaviy tajribadan o’tgan usullarni qo’llash.

10

Sotsiologik kuzatuv usuli

- Boshqaruv maqsadida turli anketali so’rovlar, suhbatlar, testlar, infratuzumli tahlillarni o’tkazish.

Ilmiy jihatdan asoslangan boshqaruv qayd qilingan usullarning hammasidan uzviy bog’liqlikda foydalanishni taqozo etadi.





Download 69.91 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling