Mavzu: Tizimli yondashuv asosida qarorlar qabul qilish Reja
Download 22.73 Kb.
|
1 2
Bog'liqMuhandislik ijodkorligi MI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tizimli yondashuv
- Oddiy tizimlar
Mavzu: Tizimli yondashuv asosida qarorlar qabul qilish Reja: Tizimli yondashuvning falsafiy mohiyati Obyektda tizimli xossalari boʻlishi alohida xususiyatlari Tizimli yondashuvning shakillanishi Tizimli yondashuv — obyektni oʻzaro bogʻliq elementlardan tashkil topgan tizim sifatida koʻrib chiqish orqali murakkab muammolar va vazifalarni tahlil qilish va hal qilish uchun ishlatiladigan metodologiyadir. Ushbu yondashuv tizimni yaxlit oʻrganishga qaratilgan va uning tarkibiy qismlarining oʻzaro taʼsirini hisobga oladi. Obyektni ilmiy jihatdan oʻrganishda, uning xossalarini biror bir tizimga yondashgan xolda qaraladi. Obyektda tizimli xossalari boʻlishi uchun uning kamida toʻrtta alohida xususiyatlari jam boʻlishi kerak: Yaxlit va boʻlina olishi yaʼni yaxlitligi bilan, qismlarga ajratilishi (elementlari bilan). Elementlarning bir biri bilan bogʻliqligi, atrof –muhitda elementning quvvatini yuqoriligi bilan. Tashkil etilishi-obyektni noaniqligini pasaytiruvchi darajasi, xossasi bilan. Butunlik-obyektni alohida element xossasiga xos boʻlmagan xususiyati bilan. Tabiiy, namunaviy tizimlar, (modellar, nazariyalar, tizimlar va boshqalar), shu qatori sunʼiy tizimlar, inson tomonidan yaratilgan (texnologiya) tizimlar ajralib turadi: jamiyat, mashinalar, qurilmalar, qismlar, jihozlar, shunday ijtimoiy (jamoaviy) tizimlar. Tizimlar oʻzining murakkabligiga qarab oddiy va murakkab boʻladi. Oddiy tizimlar - aniq elementlar soniga va bogʻlikka ega boʻlgan tizim. Koʻpgina oddiy tizimlar inson tomonidan yaratilgan boʻlib namunaviy va sunʼiy koʻrinishda boʻladi. Murakkab tizim - bu qonun asosida tirik tabiiy va jamoaviy tabiat, oʻzining qaytarilmas xususiyatlari, oldindan aytib berish qiyin boʻlgan maqsadga muvofiqlikdan tashkil topgan. Bunday tizimda yoʻnalishlar olib borishning oʻziga xos murakkabliklari boʻlib oʻzining noaniqliklari bilan uslubiyotlarni tanlash qiyin kechadi. Tizimda elementlarni oʻzaro taʼsiri va oʻzaro bogʻlanishi natijasida butunlik, yaxlitlik paydo boʻladi. Tizim, tizimli yondashuv L.fon Bertalanfi tomonidan biologik jarayonlarni tadqiq qilish natijasida shakllantirilgan. «Tizimni tafakkurga, birinchilardan boʻlib biologlar kiritgan, ular tirik organizmni bir butun, yaxlit degan nuqtai-nazarga rioya qilishgan». Darhaqiqat, tizimli yondashuv asosida olib borilgan tadqiqotlar murakkab jarayonlarni yaxlitligida, butunligida koʻrish imkoniyatini beradi. Darhaqiqat, tizim tushunchasini ilmiy muomalaga avstraliyalik biolog L.fon Bertalanfi, tizimli yondashuvni esa A.A.Bogdanov birinchi boʻlib kiritganlar. Mazkur yondashuvning yanada rivojlanishi natijasida falsafa va fandagi murakkab tizimlarning mazmun-mohiyati, namoyon boʻlish xususiyatlari, tabiati va keyinchalik sinergetik asoslarini oʻrganish imkoniyati paydo boʻldi. L. Fon. Bertalanfining umumiy tizimlar nazariyasi hozirgi zamon murakkab va ochiq tizimlarni oʻrganuvchi sohalarni shakllanishida katta ahamiyat kasb etdi. Bu esa turli murakkab tizimlar mohiyatini chuqurroq tushunishga asos boʻldi, yaʼni «hatto yuqori tizim xam oʻzining qismlarisiz hech qanday ahamiyatga ega emas». XX asrning 50-yillardan boshlab tizim metodologiyasining keng tarqalishi natijasida tizimli yondashuv bilan bogʻliq boʻlgan nashr ishlari koʻpaydi. Shu sababli ham XX asr 70-80 yillari tizimli yondashuvning rivojlanish bosqichi hisoblanadi. Chunki ushbu bosqichda tizimli yondashuv — umum ilmiy metodologik yoʻnalish boʻlib, uni quyidagi xorijiy mualliflar tadqiqotlarida koʻrish mumkin: L. Fon Bertalanfi, E.Laslo, N.Viner, U.Eshbi, Dj. fon Neyman, Gregori Beytson, St. Bir, O. Lang, U.Maturana, F.Varela, I.Prigojin, G. Xaken, A.N.Averyanova, V.G. Afanasyeva, I.V.Blauberg, L.B.Bajanova, D.M. Gvishian, Yu.L. Yegorov, V.P. Kuzʼmin, I.B. Novik, L.A.Petrushenko, V.S. Tyuxtin, V.N. Sadovskiy, A.I. Uyemova, A.D. Ursul, E.G.Yudin va boshqalar. Darxaqiqat, ushbu davrda tizimli yondashuv doirasida kibernetika va boshqa fanlar yutuqlaridan foydalanib tizim sifatida obyektlarni oʻrganish vositasining metodologik, gnoseologik va ijtimoiy-ilmiy tadqiqotlar ishlab chiqildi. Albatta yuqoridagi olimlar turli sohalarda tizimli yondashuvni ishlab chiqish va tarqatishga hissa qoʻshganlar. Masalan, rejalashtirish, bashorat qilish va boshqarish bilan bogʻliq boʻlgan fan va amaliy faoliyat kabilar. Ushbu davrning oʻziga xos xususiyati nafaqat maxsus ilmiy, ishlab chiqarish yoki amaliy tadqiqotlar doirasida, balki umumiy ilmiy, nazariy, uslubiy va falsafiy muammo sifatida ham tizimli yondashuvni rivojlantirish boʻlgan. Tadqiqotning turli yoʻnalishlarini umumiy fanlararo tizimli harakatga birlashtirish rejalashtirilgan. V. Sadovskiy fikricha, "tizimli yondashuv — obyektlarni tizim va uni ishlab chiqish imkoniyati (qobiliyati) sifatida ifodalash" dir. Shunday qilib, tizimli yondashuv — ijtimoiy amaliyot va ilmiy bilish metodologiyasidagi yoʻnalish boʻlib, uning asosida obyektlarni tizim sifatida qarash yotadi xamda manzaraning yagona nazariyasi haqida maʼlumot va unda aloqaning koʻplab turlari taʼsiri haqida, narsalar butunligini oshkor qilishi kabi tadqiqotlarga asoslanadi. Download 22.73 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling