1-Metod Arra metodi Metod bayoni
-Metod «Insert» strategiyasi metodi
Download 16.58 Kb.
|
1-Metod Arra metodi Metod bayoni-fayllar.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- «Nuqtai nazaring bo’lsin» metodi
2-Metod «Insert» strategiyasi metodi
Metod bayoni: Sinf o’quvchilari guruhlarga bo’linadilar, guruhlar nomlanadi. O’qituvchi har bir guruh o’quvchilaridan mavzuga oid ikkitadan fikr bildirishlarini so’raydi. Guruhlar navbati bilan (ushbu jarayonda guruhning barcha a’zolari faol ishtirok etishlarini ta’minlash maqsadga muvofiq) fikr bildiradilar. Bayon etilgan fikrlar yozuv taxtasiga yozib boriladi. Faoliyat yakunlangach, o’qituvchi mavzular mazmunini yoritishga xizmat qiluvchi matnni o’quvchilarga tarqatadi. So’ngra shunday topshiriq beriladi: a) matn bilan tanishib chiqing; b) matnning har bir qatoriga quyidagi belgilarni qo’yib chiqing: Z-matnda guruhda tomonidan bildirilgan fikr o’z aksini topgan bo’lsa; S-matnda guruxlar tomonidan bildirilmagan fikr yuritilgan bo’lsa; D-matnda bir biriga zid fikrlar mavjud bo’lsa; ?-matn bilan tanishish jarayonida tushunmovchiliklar yuzaga kelsa. So’ngra guruh a’zolari shaxsiy qarashlarini o’zaro o’rtoqlashadilar, guruh bo’yicha belgilar soni umumlashtiriladi. Liderlar vositasida har bir belgining miqdori bayon etiladi va izohlanadi. O’qituvchi guruhlar tomonidan qayd etilgan sonlarni ularning nomlari yozilgan ustunga yozib boradi. O’qituvchi har bir guruh lideri fikrini tugatgach, yuzaga kelgan qarama qarshilik va tushunmovchiliklarni o’quvchilar to’g`ri xal etishlariga va tushunib olishlariga yordam beradi. Shundan so’ng guruhlar darslikda berilgan matn bilan tanishib chiqib, asosiy tushunchalarni ajratidalar ular o’rtasidagi mantiqiy munosabatlarni ochib berishga harakat qiladilar (modellashtiradilar). Guruhlar tomonidan ilgari surilgan fikrlar umumlashtirilib, liderlar tomonidan sinf jamoasida yetkaziladi. Mavzu: Model va uning turlari. Sinf o`quvchilarini 3 guruhga bo`lamiz va har bir guruhga matn beramiz. 1-guruh Foydalanish sohasi bo`yicha quyidagi model turlari mavjud: o`quv, tajriba, o`yin, imitatsion, ilmiy-tadqiqot modellari. O`quv modellari - o`qitish jarayonida ishlatiladi. Bularga ko`rgazmali qo`llanmalar, trenajyorlar, o`qitish dasturlari kiradi. Tajriba modellari – obyektni tadqiq qilish hamda uning bo`lajak tavsiflarini prognozlashtirish uchun qo`llaniladi. Ilmiy-texnik modellar – jarayon va hodisalarni tadqiq qilish uchun yaratiladi. O`yin modellari – bu har xil o`yinlar: rivojlantiruvchi, iqtisodiy, harbiy. Imitatsion modellar – nafaqat turli darajadagi aniqlikda voqelikni aks ettiradi, balki uni imitatsiya(taqlid) qiladi. 2-guruh Vaqt omili bo`yicha: statik va dinamik modellar. Statik modellar – obyektni ma’lum vaqt ichida u bilan sodir bo`layotgan o`zgarishlarni hisobga olmasdan aks ettiradi. Bu modellarda vaqt omili yo`q. Dinamik modellar – obyektning vaqt mobaynida o`zgarish jarayonini aks ettiradi. 3-guruh Taqdim etish usuli bo`yicha: axborot va moddiy modellar. Moddiy modellar – modellashtirish obyektlarining moddiy nusxalaridir. Axborot modeli – bu obyekt,jarayon yoki hodisa xususiyatlari va holatini tavsiflovchi ma’lumotlar yig`indisi. Guruhlar matnlarga izohlarini qoldirishadi va muhokama qilinadi. 3-Metod «Nuqtai nazaring bo’lsin» metodi Metod bayoni o’quvchilar muayyan muammoga o’z nuqtai nazarini asosli dalillab, ximoya qilishga o’rganadilar; o’quvchiga muammo muhokamasi jarayonida o’z fikrini o’zgartirish imkonini berish; o’qituvchi barcha o’quvchilarni munozaraga jalb etish va sinfdagi hamma o’quvchilar o’rtasida munozara jonlanishini yuzaga keltirishi mumkin. «Nuqtai nazaring bo’lsin» uslubi o’quvchilar o’rtasida munozara yuzaga kelishi va ular munozara jarayonida o’z fikrlarini o’z sinfdoshlaridan ularning nuqtai nazarini o’zgartirishga ishontiradigan g`oyalarni eshitib o’zgartirish yoki avvalgisini mustahkamlash imkonni berish maqsadida qo’llanadi. O’quvchilar shuningdek, maktab, mintaqa, respublika va jumla insoniyat uchun xarakterli bo’lgan eng dolzarb muammolar o’z nuqtai nazarlarini asosli dalillash va himoya qilishga o’rganadilar. O’quvchi ochiqdan-ochiq savollar uslubi bilan odatda dars jarayonida faol bo’lmagan o’quvchilarni munozarada ishtirok etishga majbur qiladi. Download 16.58 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling