5. Asqad Muxtorning “Chinor” romani
qahramonlari haqidagi to‘g‘ri hukm(lar)ni
aniqlang.
1. Akbarali− tasodifiy falokat tufayli o‘zini
aybdor sanab, vijdon azobida qolgan, o‘z
xatosini to‘g‘rilash uchun esa irodasizlik qilgan
yigit obrazi.
2. Bektemir − uzoq yillar urushga bormay
qochib yurgan bo‘lsa-da, o‘zining bu
qilmishidan vijdon azobida qolgan inson obrazi.
3. Sharofat xol−a farzandining qilmishidan
orlansa-da, mehri tufayli uni odamlar ko‘zidan
yashirishga uringan va uni o‘z qishlog‘iga
qaytib bormaslikka ko‘ndirgan ona obrazi.
A)1 B)1,2 C)2,3 D)3
6. Odil Yoqubov qalamiga mansub “Ulug‘bek
xazinasi” romanida shahzoda Abdulatifning
farmoniga muvofiq Ali Qushchining zindonga
tashlanganligi bayon qilingan.
Mavlono Ali Qushchining zindonga tashlanishi
sababi to‘g‘ri ko‘rsatilgan javobni aniqlang.
A) Mavlono Ali Qushchi ustozi Ulug‘bek singari
yulduzlarga qarab rom ochish gunohida
ayblanib zindonga tashlanadi.
B) Ali Qushchi Nizomiddin Xomush bilan
bo‘lgan suhbatda qilgan odobsizligi sabab
zindonga tashlanadi.
C) Ali Qushchi Mirzo Ulug‘bek unga ishonib
qoldirgan nodir kitoblar, oltin-u javohirlarni
topib berish talabi bilan zindonga tashlanadi.
D) Ali Qushchi amaldorlar bilan til biriktirib,
fitna uyushtirganlikda ayblanib zindonga
tashlanadi.
7. Qaysi gapda qo‘llangan chiqish kelishigi qo‘shimchasini unga ma’nodosh bo‘lgan qaratqich kelishigi qo‘shimchasi bilan almashtirib qo‘llash mumkin?
A) Biz ushbu voqea haqidagi yangiliklarni matbuotdan o‘qib boryapmiz.
B) Ko‘rgazmada Kamoliddin Behzod qalamiga mansub asarlardan ham namoyish etishdi.
C) Siz nomlarini aytayotgan insonlardan hech biri bizning tashkilotga aloqador emas.
D) Sizga ko‘p narsalar haqida aytib bermoqchi edim, ammo hozir hayajonlanayotganimdan biror kalima tilimga kelmayapti
8. Quyidagi chizmaga mos keluvchi ergash gapli qo‘shma gapni aniqlang
Maqsad
Voqea-hodisa
A) Maqsadimiz bolalarimiz jahon san’at olamiga chuqurroq kirib borishi, uning sir-asrorini, buyuk musiqa ijodkorlarining o‘lmas merosini har tomonlama anglab yetishidir.
B) Yosh avlod yuksak madaniyatli insonlar bo‘lib kamol topsin deb, san’atning bir
qancha turlarini, xususan, musiqa san’atini dars sifatida ta’limga kiritdik.
C) Yosh avlod musiqa va san’atgamehr-muhabbat bilan ulg‘aysin, toki ularning qalbida yovuzlikka, yomon o‘y-fikrlarga joy qolmasin.
D)Musiqa maktabining vazifasi, deylik, faqat bir asbob chalishni yoki nota savodini o‘rgatish degani emas, balki yuksak didli avlodni tarbiyalashdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |