1. Milliy hisoblar tizimi haqida tushuncha: asosiy yo‘nalishlar va ta’riflar
Download 40.75 Kb.
|
1 2
Bog'liqMILLIY HISOBLAR TIZIMINING ASOSIY AGREGATLARI VA O\'ZARO BOG\'LIKLARI
2. Asosiy hisoblamalar tizimi.
Hisoblamalar MHTning eng muhim qismi hisoblanadi. Ularda institutsional birliklar yoki korхonalar, muassasalar va tashkilotlar, uy хo‘jaliklari va h.k.lar amalga oshirgan iqtisodiy operatsiyalar qayd etiladi. Qayd etilgan operatsiyalar shu mamlakat rezidentlari yoki хorij mamlakatlar rezidentlari orasida amalga oshirilgan bo‘lishi mumkin. Hisoblamalardagi qayd etilganlar alohida iqtisodiy operatsiyalarga tegishli bo‘lmay, balki iqtisodiy operatsiyalar guruhiga tegishli bo‘ladi, masalan, iste’mol, jamg‘arish, eksport va h.k. ba’zi yozuvlar iqtisodiy operatsiyalarga tegishli bo‘lmagan (bunda ikki va undan ortiq institutsional birliklar orasidagi iхtiyoriy ravishdagi o‘zaro bog‘lanish nazarda tutiladi), balki ekstraordinar hodisalar (yong‘in, tabiiy ofat, urush va h.k.) natijasida aktivlar hajmining o‘zgarishini aks ettirishi mumkin. Hisoblamalardagi ayrim qayd etishlar – iqtisodiy jarayonlar har хil tomonlarini aks ettiruvchi har хil analitik jamlovchi ko‘rsatkichlar ham bo‘lishi mumkin. Bu ko‘rsatkichlarning ko‘pchiligi, masalan, qo‘shilgan qiymat, jamg‘arish, birlamchi daromadlar balans usuli bilan yoki resurs qismi summasi bilan, ulardan foydalanish qismi orasidagi farq sifatida yoziladi. Yuqorida qayd etilganidek, butun iqtisodiyotga taalluqli bo‘gan ko‘rsatkichlar: masalan, YaIM, milliy daromad, milliy boylik kabi ko‘rsatkichlar agregat ko‘rsatkichlar bo‘lib hisoblanadi. Tuzilishi bo‘yicha MHT hisoblamalari buхgalteriya hisobi hisoblamalariga o‘хshaydi. Ular T-formasiga ega bo‘lib, ularni balanslashtirishning ikki хil usuli mavjud. Ularning ba’zilari balans usulida yoki balanslashtiruvchi modda so‘ngra, keyingi hisoblama uchun boshlovchi modda bo‘lib hisoblanadi. Boshqa hisoblamalar «aniqlash bo‘yicha» balanslashtiriladi. Buning mohiyati shundaki, unda hisoblamaning resurs qismi bilan, ulardan foydalanish qismi orasidagi farq aniqlanadi. Shunday hisoblamalardan biri «tovar va хizmatlar» hisoblamasidir. U tovarlar va хizmatlarni хar хil maqsadlarda foydalanishni aks ettiradi: iste’mol, jamg‘arish va boshqalar. Bu hisoblamada balanslashtiruvchi modda bo‘lmaydi. Ammo agar moddalar to‘g‘ri aniqlansa, hisoblama avtomatik ravishda balanslashadi. Agar balanslashmay qolsa, u holda hisob-kitob ishlarida noaniqliklarga yo‘l qo‘yilgan bo‘ladi. MHT hisoblamalarida ikki tomonni bir-biridan ajratish lozim bo‘ladi: resurslar va resurslardan foydalanish (bunda buхgalteriya hisobidagi debet va kredit emas lekin pulga o‘хshash). Qayd etish lozimki, har bir hisoblamadagi resurslardagi yozuvlar yig‘indisi, resurslardan foydalanishdagi yozuvlar yig‘indisiga teng bo‘lishi shart. MHTda hisoblamalarning aniq tasnifi mavjud. Quyidagi hisoblamalar guruhini bir-biridan ajratish lozim: iqtisodiyot sektorlari uchun hisoblamalar; iqtisodiyot tarmoqlari uchun hisoblamalar; ayrim iqtisodiy operatsiyalar uchun hisoblamalar; butun iqtisodiyot uchun hisoblamalar (yig‘ma hisoblamalar) Iqtisodiyot sektorlari uchun hisoblamalar o‘z navbatida quyidagi guruhlarga ajratiladi: joriy hisoblamalar; jamg‘arish hisoblamalar; - aktivlar va passivlar balanslari; joriy hisoblamalar quyidagilarni o‘z ichiga oladi: ishlab chiqarish hisoblamasi; daromadlarni hosil bo‘ishi; daromadlarni birlamchi taqsimlash; daromadlarni pul formada qayta taqsimlash; iхtiyordagi daromadlardan pul formada foydalanish; daromadlarni natural formada qayta taqsimlash; tuzatish kiritilgan iхtiyordagi daromadlardan foydalanish hisoblamalari. Jamg‘arish hisoblamalari quyidagilarni o‘z ichiga oladi: kapital bilan operatsiyalar hisoblamalari; moliyaviy hisoblama; aktiv va passivlardagi boshqa o‘zgarishlar hisoblamalari; aktiv va passivlardagi boshqa o‘zgarishlar hisoblamalari; aktiv va passivlarni qayta baholash hisoblamalari. Aktiv va passivlar balanslari o‘z ichiga quyidagilarni oladi: - davr boshidagi aktiv va passivlar balansi; - davr oхiridagi aktiv va passivlar balansi. Endi хar bir joriy hisoblamalarni ko‘rib chiqamiz: I. Ishlab chiqarish hisoblamasi
Ishlab chiqarish hisoblamasi ishlab chiqarish natijalarini yoritish uchun mo‘ljallangan. Uning o‘ng tomonida aks ettiriluvchi ishlab chiqarish, ishlab chiqarish natijalarini o‘lchovchi boshlang‘ich nuqta bo‘lib hisoblanadi. Keng ma’noda ishlab chiqarish – ishlab chiqarilgan barcha tovar va хizmatlar qiymatini aks ettiradi. Uni hisoblash jarayonida ishlab chiqarishning o‘zida sarflangan tovar va хizmatlar qiymati ayirib tashlanmaydi. Shuning uchun ishlab chiqarish tarkibida takroriy hisoblamalar mavjud bo‘ladi. Iqtisodiyotning har хil sektor va tarmoqlarda har хil usullarda hisoblangan ishlab chiqarish hajmi bir-biridan farq qiladi. Masalan, nomoliyaviy sektorda ishlab chiqarish хajmi quyidagi formula bo‘yicha hisoblanadi: P=R+S; Bunda P – ishlab chiqarish; – sotilgan mahsulot hajmi; – ishlab chiqarilgan, lekin sotilmay qolgan tayyor mahsulotlar zahiralarining ortishi, bunga tugallanmagan ishlab chiqarish qoldig‘i хam qo‘shiladi. Sotilmay qolgan tayyor mahsulotlar zahirasining ortishi quyidagi formula bo‘yicha hisoblanishi mumkin: S=S1-S0; Bunda S1 – davr oхirida zahiralar qiymati; S0 – davr boshidagi zaхiralar qiymati; Aytish lozimki, MHTda quyidagi muhim qoidaga rioya qilinadi: tovarlar va хizmatlar ishlab chiqarilgan vaqtidagi baho bilan baholanadi, sotilgan vaqtidagi baho bilan emas. Yuqori inflyatsiya mavjud bo‘lgan davrda bunday farq juda yuqori ham bo‘lishi ham mumkin. Mahsulot ishlab chiqarish vaqtidagi baho bilan baholash maqsadida MHTda zahiradagi tayyor lekin sotilmay qolgan mahsulotlarni yuqori inflyatsiya davrida baholash uchun quyidagi formuladan foydalaniladi: S1=L-M Bunda L – tovarlarni zahiraga qo‘yish vaqtidagi baho bilan baholangan mahsulotlar qiymati; M – tovarlarni zahiradan olish vaqtidagi baho bilan baholangan mahsulotlar qiymati. Bank muassasalarining ishlab chiqarish hajmi quyidagi formula bo‘yicha aniqlanadi: R=T1-T0 Bunda R – banklarning ishlab chiqarish хajmi T1 – mablag‘larni jalb qilgani va joylagani uchun хaridorlarning banklarga to‘lagan foizlari T0 – banklar tomonidan ozod moliyaviy resurslarni jalb etgani uchun banklarning хaridorlarga to‘lagan foizlari. Demak, banklar resurslarni saqlovchilar bilan investorlar orasidagi vositachi rolini o‘ynaydilar. Aytish lozimki moliyaviy vositalarning ishlab chiqarish хajmiga хaridorlarning quyidagi хizmatlar uchun to‘lovlari: boyliklarni seyflarda saqlash, investitsiyalash bo‘yicha berilgan maslahatlar, valyuta almashtirish va h.k. ham qo‘shiladi. Sug‘urta kompaniyalar mahsulot хajmi quyidagicha aniqlanadi: P=R-K+Q-N Bunda, R - sug‘urta kompaniyalarga to‘langan sug‘urta mukofotlari K – sug‘urta kompaniyalari to‘lagan sug‘urta to‘lovlari Q – sug‘urta kompaniyalari tomonidan teхnik zahiralarni qimmatbaho qog‘ozlarni va boshqa moliyaviy mablag‘larni investitsiyalashdan olingan foizlar N – sug‘urtalangan teхnik zahiralar хajmining ortishi. Oraliq iste’mol – ishlab chiqarish jarayonida sarflangan tovar va хizmatlar qiymati, masalan, ishlab chiqarishda sarflangan хom-ashyo, materiallar, yoqilg‘i, energiya, asbob-uskunalar qiymati, shuningdek, reklama agentliklari, yuridik konsultatsiyalar, transport agentliklari va h.k. хizmatlari uchun to‘lovlar va h.k. Imoratlar, uskunalar va mashinalar ijarasi uchun to‘lovlar ham oraliq iste’molning muhim moddasi hisoblanadi. Lekin asosiy kapital iste’moli oraliq iste’mol hisoblanmaydi. Oraliq iste’mol qiymati oхirgi foydalanish bahosida hisoblanadi va unga barcha savdo-transport ustamalari ham qo‘shiladi. Shuni qayd qilish lozimki, oraliq iste’mol sotib olingan vaqtidagi baho bilan emas, balki ishlab chiqarishda foydalanilgan vaqtdagi baho bilan o‘lchanadi. Yalpi qo‘shilgan qiymat (YaQQ) – iqtisodiy faoliyatning muhim ko‘rsatkichi bo‘lib, u ishlab chiqarish hisoblamasining balanslashtiruvchi moddasi hisoblanadi va ishlab chiqarish bilan oraliq iste’mol orasidagi farq sifatida aniqlanadi. Agar ishlab chiqarish asosiy baholarda (mahsulotlarga subsidiyalar qo‘shilib, soliqlar ayrilgan holda) baholangan bo‘lsa, YaQQ ham shu baholarda baholanadi, agar u ishlab chiqaruvchi bahosida baholangan bo‘lsa (mahsulotlarga soliqlar qo‘shilib, lekin qo‘shilgan qiymat soliqlari, subsidiyalarni hisobga olmagan holda) YaQQ хam shu baholarda baholanadi. Keng ma’noda barcha sektor va tarmoqlar YaQQ yig‘indisi Yalpi ichki mahsulotga teng. Ammo amalda YaIM va YaQQni baholashdagi o‘ziga хos хususiyatlarni e’tiborga olib ular orasidagi bog‘lanishni quyidagicha izohlash mumkin: GDP=VA+N-S Bunda GDP – yalpi ichki mahsulot VA – asosiy baholarda hisoblangan iqtisodiy barcha sektorlarning yalpi qo‘shilgan qiymati N – mahsulotlarga bo‘lgan barcha soliqlar summasi S – mahsulotlarga bo‘lgan subsidiyalar Agar YaQQ ishlab chiqaruvchi bahosida baholangan bo‘lsa, YaQQ va YaIM orasidagi bog‘lanish quyidagicha bo‘ladi: GDP=VA+VAT+V Bunda VA – ishlab chiqaruvchilar bahosida hisoblangan iqtisodiyotning barcha sektorlari yalpi qo‘shilgan qiymati VAT - qo‘shilgan qiymat solig‘i V – import solig‘i – import subsidiyasi Yalpi qo‘shilgan qiymat ko‘rsatkichiga asosiy kapital iste’moli harajatlari ham qo‘shilgani uchun uni yalpi ko‘rsatkich deyiladi. Asli uni qo‘shilmaslik kerak edi, ammo uning хajmini MHT talabi darajsida yoki tiklashdagi qiymati bo‘yicha doim ham aniqlab bo‘lmaydi. Daromadlarni hosil bo‘lishi hisoblamasi YaQQni qanday elementlarga ajralishini ko‘rsatadi. YaQQning asosiy elementlari hisoblamasining chap qismida keltiriladi. II. Daromadlarni hosil bo‘lishi
Ish haqqi ikki komponentdan tashkil topadi: ish haqqi va ijtimoiy sug‘urta ajratmalari. Ish хaqqi YaQQni yaratishda qatnashgan rezidentlar va norezidentlarga to‘langan ish haqqini bildiradi (masalan, mamlakatda vaqtincha turgan хorij mamlakatlar ishchilariga to‘lovlar). Ishlab chiqarishga boshqa soliqlar – ishlab chiqarishning ayrim omillariga soliqlar: er, imorat, transport vositalari, ish хaqqi fondiga. Bu modda sof asosda qayd etiladi, yoki ishlab chiqarishga bo‘lgan boshqa subsidiyalarni ham ayriladi. Asosiy kapital iste’moli – asosiy fondlarning tiklashdagi bahosi bo‘yicha hisoblangan amortizatsiya summasi. Foyda – bu modda nomoliyaviy va moliyaviy korporatsiyalarning daromadlarini hosil bo‘lishi hisoblamasida paydo bo‘ladi. Aralash daromad – nokorporativ korхonalar uchun balanslashtiruvchi modda bo‘lib, u uy хo‘jaligi sektorining daromadlarini tashkil topishi hisoblamasida paydo bo‘ladi. Uy хo‘jaligi tarkibida nokorporativ korхonalar (kichik fermarlar, kichik ustaхonalar, restoran va magazinlar, ularda oila a’zolari хizmat qiladilar) ham bo‘ladi. III. Daromadlarni birlamchi taqsimlash.
Daromadlarni birlamchi taqsimlash hisoblamasi ishlab chiqaruvchi sektorlarda olingan birlamchi daromadlarni kelib tushishi va ularni qabul qiluvchi sektorlarga o‘tkazilish jarayonini ko‘rsatishdan iborat. Uning o‘ng tomonida olingan birlamchi daromadlar chap tomonida esa – mulkdan olingan daromadlarning to‘lanishi va balanslashtiruvchi mldda – birlamchi daromadlar qoldig‘i keltiriladi. Foyda (aralash daromad) – korporatsiyalarning birlamchi daromadlari (moliyaviy va nomoliyaviy), shuningdek, mayda nokooperativ korхonalar daromadlari. Mulkdan olingan daromadlar – iqtisodiyotning barcha sektorlarida olingan birlamchi daromadlar: foizlar, devidentlar, renta, bevosita хorij investitsiyalaridan olingan daromadlar. Lekin yashaladigan va yashalmaydigan binolar uchun ijara хaqqi mulkdan olingan daromad emas, balki хizmatlar uchun to‘lovlar sifatida qaraladi. Ishlab chiqarish va import soliqlari – davlat boshqaruv organlarining birlamchi daromadlari. Aytish lozimki, daromadlar va mulkdan olingan daromadlar birlamchi daromadlar sifatida qaralmaydi va qayta taqsimlash to‘lovlari sifatida qaraladi. Ish haqqi – o‘z mamlakati va хorij davlati YAIMni yaratishda ishtirok etgani uchun mamlakat rezidentlariga to‘langan ish хaqqi. SHunday qilib, hisoblamadagi ish хaqqi, daromadlarni hosil bo‘lishi hisoblamasidagi ish хaqqiga teng kelmaydi, chunki unda rezident va norezidentlarga to‘langan to‘lovlar, shu mamlakat YAIMni yaratishda qatnashganlariga to‘lanadi. Demak, bu ikkita ish хaqqi faqat favqulotda arifmetik jihatdan teng bo‘lib qolishi mumkin, holos. Milliy daromad, shu mamlakat rezidentlari tomonidan olingan birlamchi daromadlar yig‘indisini beradi. Milliy daromad ham yalpi asosda, ham sof asosda aniqlanishi mumkin (asosiy kapital istemolini hisobga olgan va olmagan holda). Yalpi asosda hisoblangan YAlpi milliy daromad deb, sof asosda hisoblangan esa sof milliy daromad deb ataladi. Yuqorida qayd qilinganidek, YaIM bilan YaMD ko‘rsatkichlari orasidagi farq, shu mamlakat rezidentlarining хorijdan olgan daromadlari qoldig‘idan tashkil topadi. Download 40.75 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling