Termiz iqtisodiy va servis instituti
Download 111.14 Kb.
|
NAZAROVA GULZODA
- Bu sahifa navigatsiya:
- MAVZU: Segment birliklar Supersegment birliklar Reja: 1. Segment birliklar 2. Supersegment birliklar Segment birliklar
- Supersegment birliklar
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM,FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI TERMIZ IQTISODIY VA SERVIS INSTITUTI BOSHLANGʻICH TAʼLIM YO’NALISHI 1-BOSQICH 80 22 -GURUH TALABASI NAZAROVA GULZODANING ONA TILI OʻQISH METODIKASI FANIDAN TAYYORLAGAN TAQDIMOTI MAVZU:Segment birliklar Supersegment birliklar Reja: 1. Segment birliklar 2. Supersegment birliklar Segment birliklar - so‘z yoki morfema tarkibida (yoki nutq oqimida) gorizontal chiziq bo‘ylab birin-ketin keladigan birliklar: nutq tovushi, bo‘g‘in, fonetik so‘z, takt, fraza. Supersegment birliklar - urg‘u, ohang, melodika, pauza kabi ustama hodisalar, ular so‘zga, frazaga, gapga yoki nutqqa yaxlit holda aloqador bo‘lishi bilan segment birliklardan Har qanday tilning fonetik birliklari dastlab ikki guruhga–segment va supersegment birliklarga bo`linadi: a) segment birliklarga nutq tovushlari va bo`g`in kiradi. Bunday birliklar so`z yoki morfemalar tarkibida birin-ketin keladi, yotiq (gorizontal) yo`nalishda birbiriga ulanib, zanjirsimon tarzda joylashadi. Masalan: kitob so`zidagi 5ta tovush (k,i,t,o,b) va ikkita bo`g`in (ki-tob) segment birliklar, demak, shu so`z tarkibidagi qismlar sanaladi; b) supersegment birliklarga urg`u, ohang, melodika, pauzalar kiradi. Bunday birliklar so`zga, frazaga, gapga yoki nutqqa yaxlit aloqador bo`lib, ularni so`z, gap yoki nutqdan ajratilgan holda tasavvur qilib bo`lmaydi. Shuning uchun ularni ustama hodisa (M.Mirtojiyev) deb nomlash hollari ham uchraydi Fonetik birliklar til tizimida quyidagi vazifalarni bajaradi: 1)shakllantiruvchi vazifa (ruscha: образующаяфункция). Bunda fonetik birliklarning so`z yoki morfemalar tarkibida yoxud gap va nutq tuzilishida qurilish materiali sifatida ishtirok etishi nazarda tutiladi. Chunonchi, paxta so`zining tarkib topishida 5 ta tovush (p, a, x, t, a), ikkita bo`g`in (pax-ta) va bitta so`z urg`usi (paxta) “qurilish materiali” vazifasida qatnashgan, bu birliklarning shu tartibda joylashtirilishidan paxta so`zining tovush qiyofasi – fonetik so`z shakllangan. Ohang, melodika, pauza kabi supersegment birliklar esa gap qurilishida yoxud nutqning tarkib topishida ustama hodisa sifatida qatnashadi: darak so`roq va buyruq gaplarning o`ziga xos intonatsiyalari, she’riy misralardagi ohang tovlanishlari bunga misol bo`ladi; Segment (tilshunoslik) - Segment (linguistics) Yilda tilshunoslik, a segment bu "nutq oqimida jismoniy yoki auditoriya tomonidan aniqlanishi mumkin bo'lgan har qanday alohida birlik". Bu atama eng ko'p ishlatilgan fonetika va fonologiya tildagi eng kichik elementlarga murojaat qilish uchun va bu foydalanish atama bilan sinonim bo'lishi mumkin telefon. Og'zaki tillarda segmentlar odatda guruhlarga bo'linadi undoshlar va unlilar, ammo bu atama berilgan tahlil sohasi uchun ahamiyatga ega bo'lgan chiziqli ketma-ketlikning har qanday minimal birligiga nisbatan qo'llanilishi mumkin, masalan mora yoki a hece yilda prosodik fonologiya, a morfema yilda morfologiya yoki a chereme yilda imo-ishora tili tahlil. Segmentlar "diskret" deb nomlanadi, chunki ular hech bo'lmaganda qandaydir analitik darajada, alohida va individual bo'lib, vaqtincha tartiblangan. Biroq, segmentlar nutqni ishlab chiqarishda yoki idrok etishda umuman diskret emas. Ularni kodlovchi artikulyatsion, vizual va akustik ko'rsatmalar ko'pincha bir-biriga to'g'ri keladi. Muhokamalarda og'zaki tillar uchun bir-biriga o'xshashlik misollarini topish mumkin fonologik assimilyatsiya, koartikulyatsiya, va o'rganishdagi boshqa sohalar fonetika va fonologiya, ayniqsa autosgmental fonologiya. Download 111.14 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling