1. Milliy istiqlol mafkurasining bosh va asosiy goyasi. Milliy goya va iqtisodiy tamoyillar
Milliy goyaning umuminsoniy tamoyillari
Download 130 Kb.
|
milliy
Milliy goyaning umuminsoniy tamoyillari.
Milliy goya millatimizning manfaatlarini ifoda etsada, unda umuminsoniy tamoyillari ham uygun holda oz aksini topadi. Milliy goyaning umuminsoniy tamoyillarining ayrimlarini quyidagilar tashkil qiladi: milliy mahdudlik, agressiv millatchilik va shovinizmdan holi bolish; urush olovini yoqish, ozga millatlarga zulm otkazishdan holi bolish; adolat, tenglik, tinchlik, bunyodkorlik va demokratiya goyalarini ozida ifoda etishi; jahon xalqlari yaratgan sivilizasiya yutuqlarini asrash va keyingi avlodga yetkazishda manaviy-ruhiy omil bolish; insoniyatga xavf solayotgan global muammolarning tahdidini keng tashviqot qilish vakurashish; diniy bagrikenglik goyalarining ozida ifodalash; inson haq-huquqlari, shaxs erkinligi va hur fikrligini himoya qilish; qonun ustuvorligini, millatlararo hamjhatlikni va siyosiy barqarorlikni vujudga keltirish va mustahkamlashga asos bolishi; har millatning urf-odatlari va qadriyatlarini hurmat qilish, ilgor tajribalarini organish; vayronkor va turli garazli goyalarga qarshi kurash va bunyodkor goyalar rivojlanishining omili bolish Ozod va obod Vatan, erkin va faravon hayot qurish milliy istiqlol mafkurasining bosh goyasi. Milliy goya millat taraqqiyotini, uning barqarorligini taminlashning asosiy manbasidir. Milliy goya tushunchasining mohiyat, mazmuni Prezident I.A.Karimov asarlari boyicha ishlab chiqilgan Milliy istiqlol goyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar konsepsiyasida tariflab berilgan bolib, Milliy goya - inson va jamiyat hayotiga mano-mazmun baxsh etadigan, uni ezgu maqsad sari yetaklaydigan fikrlar majmuidir1 Boshqacha qilib aytganda milliy goya - milliy ongni uygotuvchi, millatning ozligini anglatuvchi, oziga xoslikka, mentalitetga «qiyofa» baxsh etuvchi, milliy ruhiyat, gurur, iftixor, etiqod va masullik tuygularini shakllantiruvchi fikrdir. Milliy istiklol goyasi Vatan tuygulari bilan bevosita uygunlikda mavjud bolib, har bir millat vakilining oz Vatani farovonligi uchun fidoyilik korsatish muqaddas qadriyat bolib hisoblanadi. Mustaqillik yillarida Prezident Islom Karimov tomonidan ishlab chiqilgan, bugungi kunda izchillik bilan hayotga tatbiq etilayotgan konseptual goyalar Vatanimiz taraqqiyotining nazariy va amaliy manbaidir. Ana shu goyalarga muvofiq bizning bosh strategik maqsadimiz bozor iqtisodiyotiga asoslangan erkin demokratik jamiyat barpo etishdir. Milliy goya hyech qachon Vatandan tashqarida ildiz otmaydi va rivojlanmaydi. Vatanning ravnaqiga xizmat qilmaydigan goya hyech qachon milliy goya bola olmaydi. Milliy istiqlol goyasining kuchi, qudrati va hayotiyligi shundan iboratki, uning bosh strategik maqsadi Ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot qurishdan iboratdir. Har birimiz ozimizning yaratuvchilik, bunyodkorlik faoliyatimiz, halol mehnatimiz bilan ozimizdan keyingi avlodlarga ozod va obod Vatanni qoldirishimiz kelgusi avlodlar, nasl - nasablarimiz oldidagi burchimizdir. Xalqimiz tarixiy taraqiyotimiz davomida ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot orzusida yashab keldi va bugungi kunda ham Ozbekiston xalqining milliy taraqqiyot yolidagi asosiy maqsadi bu ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot barpo etishdan iborat bolib kelmoqda. Bu goya xalqimizning tarixiy taraqqiyoti jarayonida millatimizning azaliy orzu umidlarini, intilishlarini, bunyodkorlik faoliyatining mano mazmunini ifodalagan va bugungi kunda ham ifodalab kelmoqda. Inson muayyan makonda tugiladi, hayot kechiradi va shaxs sifatida shakllanadi. Ana shu makon unga Vatan hisoblanadi. Dilida Vatan tuygusi shakllanmagan, ozi tugilib osgan zaminga mehr-muhabbat tuygusi josh urmagan kishini chinakam inson deb bolmaydi. Shu bilan birgalikda inson baxt-saodat uchun tugiladi va u ana shu baxt saodatga ozi tugilib osayotgan Vatanida erishini orzu qiladi. Xar bilan baxt-saodatni yurt rivoji, uning ozod va obodligi bilan uygun holatda qurishga intiladi, bu yolda harakat qiladi, Vatan ravnaqiga oz hissasini qoshadi. Shuning uchun bugungi kunda mamlakatimiz fuqarolari uchun Ozod Vatan, Obod Vatan, Erkin va farovon hayot tushunchalari shu jihatlariga kora oziga xos mano va mazmun kasb etib kelmoqda. Ozod Vatan - oz taqdirini ozi mustaqil hal etish xuquqini tola royobga chiqara olgan millatning yashash makoni bolib, jahon hamjamiyatida oz orniga, nufuziga va mavqyeiga ega bolgan mamlakatdir. Obod Vatan- fuqarolari erkin va ozod, yaratuvchilik faoliyati bilan band bolgan, tola ijtimoiy-siyosiy xavfsizlikda farovon hayot qurish ishtiyoqida yashayotgan hududdir. Erkin va farovon hayot - odamlarning yuqori darajadagi moddiy va manaviy nematlarga erkin tarzda, ozlarining bor qobiliyatlari va imkoniyatlari evaziga erishishlari jarayonini ozida ifodalovchi tushunchadir. Bugungi kunda jamiyatimizda tadbirkorlik, erkin iqtisodiy faoliyat keng rivojlanayotganligi, davlatimizning iqtisodiy qudrati ortayotganligi, xalqimizning manaviy boyib, ilm- ziyo salohiyati yuksalayotganligi Vatan ravnaqining asosi bolib, bu oqzgarishlar jarayonining ustuvor xususiyati - xalqimizning bunyodkorlik faoliyatidir. Xalqimizning bunyodkorlik salohiyatini tola yuzaga chiqarish, iqtisodiyotni ilgor texnologiyalar asosida modernizasiya qilish, yoshlarimizni soglom va barkamol qilib voyaga yetkazish milliy istiqlol mafkurasining bosh goyasini hayotga tatbiq etish jarayonida muhim ahamiyat kasb etadi. Ozbekistonning milliy mustaqilligi milliy ongning uygonishiga, milliy qadriyatlar, madaniyat va ananalarni , manaviyatni tiklab odamlarimiz qalbida milliy gurur va iftixor hamda vatanparvarlik tuygularini kamol toptirishga zamin yaratdi. Ozbekistonda davlat va jamiyat qurishning strategik maqsadlari Ozbekiston Prezidenti Islom Karimovning Ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot-pirovard maqsadimiz va boshqa asarlarida nazariy asoslab berilgan bolib, bizning bosh strategik maqsadimiz qatiy va ozgarmas bolib, bozor iqtisodiyotiga asoslangan erkin demokratik davlat barpo etish, fuqarolik jamiyatining mustahkam poydevorini shakllantirishdan iboratdir1 - deb takidlaydi Prezident Islom Karimov. Bu rivojlangan davlatlarning tajriba va taraqqiyot madellaridan kor-korona nusxa kochirmagan holda, ularga xos yuksak hayot darajasi va sifatiga erishish; Mamlakatimizda millati, tili va dinidan qatiy nazar, har bir insonning barcha huquq va erkinliklari kafolatlanadigan, farovon turmush tarzi taminlanadigan demokratik rivojlanish yolini izchil davom ettirish; Shu bilan birga xalkimizning asriy olijanob ananalariga, muqaddas dinimizning insonparvarlik mohiyatiga, milliy qadriyatlarimizga doimo sodiq qolishimiz demakdir. Bu sohadagi eng asosiy vazifamiz,-deb takidlaydi Prezident Islom Karimov,- milliy qadriyatlarimizni tiklash, ozligimizni anglash, milliy goya va mafkurani shakllantirish, muqaddas dinimizning manaviy hayotimizdagi ornini va hurmatini tiklash kabi mustaqillik yillarida boshlagan ezgu ishlarimizni izchillik bilan davom ettirish, ularni yangi bosqichga kotarish va tasirchanligini kuchaytirishdir. Lekin turli qarash va fikrga ega bolgan ijtimoiy qatlamlar, siyosiy kuch va harakatlarning oziga xos maqsadlarini uygunlashtiruvchi goya- yurt tinchligi, Vatan ravnaqi, xalq manfaati barchamiz uchun birdek muqaddas bolishi shart. Tom manoda mana shunday olijanob tuygular milliy goya va milliy mafkuramizning mano-mazmuniga, mana shu yurtda yashaydigan har qaysi insonning hayot dasturiga aylanishiga erishish darkor. Boy tarixiy merosimiz, manaviy qadriyatlarimiz bolib hisoblanuvchi Imom Buxoriy, Imom At Termiziy, Ahmad Yassaviy, Najmiddin Kubro, Abdulqosim Zamaxshariy, Abduxoliq Gijduvoniylarning ijodida, qomusiy olimlar Abu Nasr Forobiy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Ulugbek mutafakkir shoirlar - Yusuf Xos Hojib, Alisher Navoiy, ulug sarkarda Amir Temur, Bobur, Abdullaxon ijodida va amaliy faoliyatlarida ham erkin va farovon jamiyat qurish goyalari asosiy ahamiyatga ega bolgan. Sharq manaviy merosi va mutafakkirlarimiz ijodida insonparvar jamiyat qurish goyasi tariximizning barcha davrlarida uzining dolzarbligini saqlab kelgan bolib, bugungi kunda ham davlatimiz olib borayotgan siyosatda muhim ahamiyat kasb etib kelmoqda. Xalqimiz tarixida ozod Vatan, xalqparvar tuzum ideallari adolatli ish tutish, davlatni qonunlar orqali boshqarish, qabul qilinayotgan tadbirlarning xalq tomonidan qollanishi kabi ijtimoiy muammolar Farididdin Attor, Abduraxmon Jomiy, Alisher Navoiy, Jamollidin Rumiy, Bahovuddin Naqshbandiy, Najmiddin Kubro, Imom Gazzoliy, Bedil va boshqa mutafakkirlar ijodida ilgari surilgan bolib, mutafakkirlar insonparvar jamiyat qurish goyasini odil shohga boglab tushuntirishga harakat qilar edilar. Adolatga asoslangan erkin jamiyat goyasi Abu Nasr Farobiy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino va boshqa mutafakkirlar ijodida, tasavvuf talimoti vakillari Xasan Basriy, Abdulla Ansoriy, Abulhasan Haraqoniy, Bahouddin Naqshband, Abduraxmon Jomiy, Alisher Navoiy, Xoja Ahror Valiy, Mahdumi Azam Kasoniy kabilarining asarlarida ozining ifodasini topgandir. Adolatga asoslangan, inson erkin va farovon yashaydigan jamiyat barpo etish togrisidagi goyaning asoslari xalqimiz tarixida, eramizdan avvalgi VII asrda, qadimgi Xorazmda zardushtiylik talimoti va uning muqaddas kitobi Avesto ning paydo bolishi bilan birga vujudga kelib, tarixiy taraqqiyot davomida doimo rivojlanib, taraqqiy etib borgan. Abu Nasr Forobiy tomonidan ilgari surilgan fozil jamiyat haqidagi qarashlar bugungi kunda demokratiya deb nomlanayotgan qadriyatlar tizimiga kop jihatdan mos keladi. Xususan, demokratiyaning asosiy mezonlaridan biri bolgan qonunlarni joriy qilish masalasiga Forobiy quyidagicha yondashadi. Qonunning ozi oz holicha oliyjanob va yuqori martabali bolishi kerak va uning nomidan hamda u (qonun) xaqda nimaiki gapirilsa ham motabar hisoblanishi lozim Xalq qonunlarga ehtiyoj sezishi va ularni chuqur organishi zarur, chunki ular keyinchalik xalqning oziga foyda keltiradilar. Aks holda qonundan kozlangan maqsadga erishib bolmaydi. Qonun mustahkam ruh va oqil idrok tarbiyasiga yonaltirilgandagina farovonlik tomon yetaklaydi. Bugungi kunda Ozbekistonda barpo etilayotgan jamiyatning oliy maqsadlaridan biri insonlarning farovon hayotini taminlashdir. Jamiyatni boshqarishda odamlarni farogatda yashashga imkon beruvchi, birdamlikka yetaklovchi, intizomni shakllantiruvchi qonunlarni yaratish ayni biz kozlagan maqsadga xizmat qiladi. Bugungi kunda Ozbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov milliy va umuminsoniy qadriyatlarga tayangan holda ozod va obod Vatan, demokratik jamiyat qurish jarayoniga davlat siyosati darajasida oz etiborini qaratib kelmoqda. Mamlakatimizda farovon, ilgor jamiyat barpo etish - maqsad, amalga oshirilayotgan islohatlar-vosita bolib, jamiyatimizda hukm surayotgan ijtimoiy-siyosiy barqarorlik, oz navbatida, islohotlar uchun shart sharoitdir. Ozbekistonning mustaqil taraqqiyoti yillarida shu narsa aniq isbotini topdiki, ozod va farovon hayotni barpo etishning asosiy omillaridan biri-barqarorlikdir. «Kuchli davlatdan kuchli jamiyatga otish» qoidasi hozirda demokratik institutlarni joriy etishni jadallashtirish, jamiyatdagi ijtimoiy barqarorlik eng avvalo jamoatchilik faolligiga asoslanishi zarurligini korsatmoqda. Ozbekistondagi barqaror taraqqiyot, uning assoiy omillari va shartlari Islom Karimovning Ozbekiston XXI asr bosagasida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari kitobida batafsil keltirilgan. Bu kitobda barqaror taraqqiyot shartlari korsatilgan bolib, bular: a) manaviy qadriyatlar va milliy ozlikni anglashning tiklanishi; b) davlatchilikni shakllantirish va mudofaa qobiliyatini shakllantirish; v) demokratik institutlarni va fuqarolik jamiyati asoslarini shakllantirish; g) bozor munosabatlarining qaror topishi va mulkdorlar sinfini shakllanishi; d) kuchli ijtimoiy siyosat va aholi ijtimoiy faolligining ortishi.1 Shunday qilib demokratiyani taminlash boshqaruv tizimini, fuqarolik tartibini, boshqaruvning qonuniyligi va ishonchliligini ifodalovchi ijtimoiy-siyosiy barqarorlik sharoitidagina amalga oshirilishi mumkin. Oz navbatida demokratik taraqqiyot ozod va obod Vatan barpo etish yolini taminlaydi. Ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot qurish goyasi erkinlashtirish, erkin mehnat faoliyati va tadbirkorlikni rivojlantirish jarayonlari bilan uzviy bogliqdir. Erkin iktisodiy faoliyatga asoslangan bozor iqtisodiyoti uchun xos bolgan erkin va soglom raqobat muhitida orta mulkdorlar qatlami shakllanib boradi. Bu esa oz navbatida, ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot qurishning ijtimoiy negizi hisoblanadi. Umuminsoniy tamoyillarga asoslangan farovon hayot qurish goyasi xalq hukumatga emas, hukumat xalqqa xizmat qilishini talab etadi. Prezident Islom Karimovning Biz hyech kimdan kam emasmiz va kam bolmaymiz degan chaqirigining zaminida boy mazmun mavjud bolib, bunda bugungi yutuqlarimizdan faxr tuygusi ham, erkin bunyodkorlik faoliyatiga chorlov ham, mamlakatimizning buyuk kelajagiga ishonch ham oz ifodasini topgan. Mustaqillikdan song yoshlarni jismonan baquvvat, manan barkamol, aqlan yuksak, ruhan uygoq avlod qilib tarbiyalash millat goyasi sifatida ilgari surildi. Inson Vatanni oylasa, Vatani uchun qaygursa, xalqining erkin va farovon hayotga erishishida ozgina bolsada, ozining hissasini qosha olsa, shuning ozi xaqiqiy vatanparvarlikdir. Erkin hayot-bu insonning oz ixtiyori, qobiliyatini erkin namoyon eta olishidir. Hayot erkin bolgan joyda taraqqiyot boladi. Shunda inson oz salohiyatini yuzaga chiqarib, uning salohiyatini taraqqiyotning muhim omiliga aylanadi. Bu farovon hayotga erishishning muhim olchovidir. Ana shunday hayotni yaratishni ozining oldiga maqsad qilib qoygan mamlakatda, fuqarolar ozod va obod Vatanga ega boladilar. Ozbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning 1992- yil 8-10 - dekabr kunlari Oliy Kengashning on birinchi sessiyasida sozlagan nutqi «Ozbekiston kelajagi buyuk davlat» deb nomlanib risola tarzida chop etilgan. Bu risolada Ozbekiston Respublikasi taraqqiyotining iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy va manaviy muammolari masalalari tahlil qilingan. Hayotimizda bolayotgan ozgarishlarning ildizi xalqimizning manaviy uygonishidir, - deb takidlaydi Prezident Islom Karimov, - Ona tilimizning azaliy xaq-xuquqlari tiklangani, xaqiqiy ozbekona urf-odatlarimizning hayotdan orin olayotgani qadriyatlarimizning oz ornini topayotgani ham odamlar kayfiyatiga ijobiy tasir korsatmoqda. Respublikaning barcha fuqarolari va korxonalariga tashabbus hamda tadbirkorlikni rivojlantirish uchun teng imkoniyatlar berilib, bozor munosabatlarini bosqichma-bosqich rivojlantirish taminlanmoqda. Tashqi iqtisodiy faoliyatni erkinlashtirish chora tadbirlari amalga oshirilib, Ozbekistonda qaror topayotgan ochiq-oydinlik va teng xuquqli sheriklik qoidalariga asoslangan tashqi siyosatni xalqaro jamoatchilik va eng katta moliyaviy, bank tuzilmalari faol qullab-quvvatlanmoqdalar. Ozbekiston xorijiy sarmoyalarni boy imkoniyatlari bilangina emas, balki: -avvalambor, respublikada ijtimoiy siyosiy vaziyatning barqarorligi; - iqtisodiy taraqqiyot istiqbollarining aniq ravshanligi; - respublikada otkazilayotgan iqtisodiy islohatlarning izchilligi; -xorijiy sarmoyalar togrisidagi qonunlarning imtiyozli shartlari bilan ham oziga jalb etmoqda. Ozbekistonda barqaror va halol bozor iqtisodiyotiga , ochiq tashqi siyosatga asoslangan demokratik xuquqiy davlat, fuqarolik jamiyati barpo etiladi. Hozir yashab turganlarning qismatigina emas, bizdan keyin shu yerda yashaydigan avlodlarimizning taqdiri ham biz qanday davlat qurishimizga bogliqdir. Ozbekiston kelajagi buyuk davlat bolib, biz quradigan bu jamiyat Ozbekiston xalqining munosib turmushini, xuquqlari va erkinliklarini kafolatlashi, milliy qadriyatlarimiz va madaniyatimiz qayta tiklanishini; insonning manaviy axloqiy barkamolligini taminlashi kerak. 1992-yil 8 dekabrda qabul qilingan asosiy qonun, Ozbekiston Respublikasi konstitusiyasida xam inson xuquqlari va davlat mustaqilligi goyalariga sadoqat, hozirgi va kelajak avlodlar oldidagi yuksak masuliyatni anglash, ozbek davlatchiligining tarixiy tajribasiga tayanish, demokratiya va qonuniylikni hurmatlash, xalqaro huquqning jahonda etirof etilgan qoidalarini tan olish, Ozbekiston fuqarolarining munosib hayot kechirishlarini taminlash, insonparvar xuquqiy jamiyat barpo etish va nihoyat, fuqarolar tinchligi va milliy hamjihatlikni kafolatlash kabi olijanob maqsadlar oz ifodasini topgan edi. Ozbekiston oz taraqqiyotining eng maqbul yolini ishlab chiqar ekan , avvalo mamlakatda yaratilajak jamiyat qanday mazmun kasb etishga etibor berdi. Prezident fikricha, Ozbekistonda bunyod etiladigan jamiyat barcha izm lardan xoli bolishi va u qanday nomlanishidan qatiy nazar, adolatli, xalqchil, insonparvar jamiyat bolmogi lozim edi. Respublikada sobitqadamlik bilan xalqchil, adolatli, jamiyatni bunyod etish bosh vazifadir, - deb uqtiradi Prezident. Bu boradagi fikrini davom ettirib, u Ozbekiston kelajagi buyuk davlat. Bu mustaqil, demokratik, xuquqiy davlatdir. Bu insonparvarlik qoidalariga asoslangan, millati, dini, ijtimoiy ahvoli, siyosiy etiqodlardan qatiy nazar fuqarolarning xuquqlari va erkinliklarini taminlab beradigan davlatdir. Xalq davlat hokimiyatining manbaidir, - degan qoidani ilgari suradi. Bu mustaqillikdan keyin qatiy qilib ortaga tashlangan davlat siyosati edi. Prezident Islom Karimov Ozbekiston - bozor munosabatlariga otishning oziga xos yoli risolasida Ozbekiston ozi uchun tanlab olgan yol ijtimoiy sohaga yonaltirilgan, respublikaning manfaatlariga, shart-sharoitlari va xususiyatlariga eng kop darajada mos keladigan bozor iqtisodiyotini shakllantirishga qaratilgandir. Ayni mana shunday yol Ozbekiston xalqining munosib turmushini, uning xuquqlari va erkinliklarini kafolatlashi, milliy ananalari va madaniyatining qayta tiklanishi, insonni shaxs sifatida manaviy axloqiy kamol topishini taminlashi mumkin, - deb qatiy korsatib bergan edi. Demokratik jamiyat qurish bobida hamma davlat uchun tayyor qolip va andozalar yoq. Demokratik jamiyatning xalqaro miqiyosda etirof etilgan bir qator tamoyillari bor. Chunonchi, insonning oz hohish-irodasini erkin bildirishi va uni amalga oshirishi; ozchillikning kopchillikka boysunishi; davlat va jamiyat boshqaruvida qonun ustivorligi; davlat asosiy organlarining saylab qoyilishi va ularning saylovchilar oldida hisob berishi va boshqalar. Ozbekiston demokratik jamiyat qurishda jahon xalqlari tajribasi sinovidan otgan ana shu tamoyillarga asoslandi. Shuningdek, Ozbekiston demokratik, fuqarolik jamiyat qurishda xalqimizning necha ming yillik tarixiy va manaviy taraqqiyoti tajribasiga, milliy davlatchiligimiz negizlariga, manaviy merosimiz ildizlariga, milliy xususiyatlarimiz va boy ananalarimizga tayanish yolini tutdi. Ozbekiston demokratiya rivojining jahon tajribasi bilan Sharq xalqlari, xususan ozbek xalqiga xos bolgan ijtimoiy-siyosiy, manaviy va xojalik ananalarini uygunlashtirish yolidan bormoqda. Ozbekiston shunchaki demokratik jamiyat emas, demokratik odil jamiyat qurish yolini tanladi. Adolat va xaqiqatga intilish azaldan xalqimizning muhim fazilatlaridan biri bolib kelgan. Adolat goyasi mansabdor shaxslarga qoyiladigan talab va bahoning asosi bolgan. Adolat va haqiqat goyasi davlatimizning, qonunchilik faoliyatimizning bosh yonalishi, demokratik jamiyat qurilishining asosi qilib olindi. Davlatchilik va fuqarolik munosabatlari, mehnat va uy-joy, nafaqa va soliq, tabiatni muhofaza qilish, hayotimizning boshqa hamma jabhalari adolat va haqiqatga tayanadi. Ijtimoiy, mulkiy jarayonlar tubdan ozgarayotgan paytda davlat jamiyatning keskin tabaqalanishiga oshib-toshib ketgan boylaru kambagal-qashshoqlarga bolinib ketishga yol qoymaslik yolini tanladi. Prezident Islom Karimov adolatli jamiyat barpo etish uchun avvalo, odamlar oz qobiliyat va ehtiyojlarini tola namoyon etish va amalga oshirishlari uchun zarur dastlabki imkoniyatlar yaratish lozim deb takidlaydi. Mamlakatimizda bunday imkoniyatlarni vujudga keltirish, uning huquqiy mexanizmini yaratishga katta etibor berilmoqda. Ana shunday imkoniyatlar yaratilgandan keyingina har bir insonning taqdiri, turmushi uning oziga jamiyatdagi orni, mehnat qilish istagiga bogliq boladi. Ayni paytda Ozbekiston davlati halol mehnat qilayotgan har bir kishiga oz oilasini boqish, bilim olish, tibbiy xizmatdan foydalanish, ozining va qarindosh-uruglarining qadr-qimmatini himoya qilish uchun barobar imkoniyatlar vujudga keltirish yolidan bormoqda. Ozbekiston davlati fuqarolarning siyosiy-ijtimoiy va manaviy hayot tarzini erkin tanlab olishini kafolatlaydi. Ozbekiston demokratik islohatlarni amalga oshirar ekan, fuqarolik jamiyati qurishga intilmoqda. Buning manosi shuki, boshqaruvning turli xil vazifalari bevosita xalqqa topshiriladi, ozini-ozi boshqarish organlari rivojlanib boradi. Fuqarolik jamiyati va Jamiyat tushunchalari aynan bir narsa emas. Jamiyat bu kishilar umumiyligi, davlatning butun belgilarini ham oz ichiga oladigan birligi. Fuqarolik jamiyati- bu jamiyatning bir qismi, hokimiyatning davlat organlari va boshqaruvidan tashqari qismi. Fuqarolik jamiyatining yetuklik darajasi fuqarolarning siyosiy va jamoat tashkilotlariga birlashish darajasi, siyosiy va jamoat tashkilotlarining tasiri va taraqqiyot darajasi bilan belgilanadi. Xulosa. Mamlakatimizning fuqarolik jamiyati qurilishi yolidan borayotganligini mustaqillik yillarida vujudga kelgan siyosiy partiyalar va harakatlar, mazmunan yangilangan koplab jamoat tashkilotlarining tashkil topganligi va ularning faoliyati yaqqol korsatmoqda. Fuqarolik jamiyati, - deb yozadi ijtimoiy makon. Bu makonda qonun ustuvor bolib, u insonning ozini-ozi kamol toptirishga monelik qilmaydi, aksincha yordam beradi. Bugun jamiyatni demokratik asosda batamom yangilash imkoniga ega bolgan Ozbekiston uni kafolatlashning eng asosiy meyoriy, huquqiy hujjati- Konstitusiyasiga ega. Ozbekiston Respublikasi Konstitusiyasi dunyo miqyosida eng mukammal demokratik konstitutsiyalar safidan orin egalladi. Konstitusiya fuqaro, jamiyat va davlat ortasidagi ozaro munosabatlarni oqilona hal etishda siyosiy jihatdan rasmiylashtirdi. Konstitusiyaviy meyorlar va qonunlarning ustuvorligi, inson manfaatini kozlab ish yuritilishi mamlakatda barqarorlikning huquqiy jihatdan taminlanishi, fuqarolik jamiyati asoslarini shakllantirishning asosiy omilidir. Konstitusiyani ishlab chiqish va uni qabul qilishning ozi eng zamonaviy demokratik asosda sodir boldi. Uning har bir bobi va bandi bir necha bor qayta korildi. Xalqaro darajadagi ekspertlar maslahati inobatga olindi, barcha mehnat jamoalari va hududlar umumxalq muhokamasidan otdi. Shu bois, qabul qilingandan buyon uning biron-bir bandi oz kuchini yoqotmadi. Bu esa Konstitutsiyamizning jahon tajribasi, barcha mamlakatlarning konstitutsiyaviy amaliyoti, hamda eng muhimi, xalqimizning ming yillik demokratik analari va negizlarining etiborga olinganligining yaqqol isbotidir. Ozbekiston mustaqillik yillarida demokratik jamiyatga otishning uchta bosqichini bosib otdi. Ularning har birining xususiyati Prezident Islom Karimov tomonidan korsatib berildi. Prezident demokratik jamiyat qurish borasidagi vazifalarini chuqurlashtirish (1996 yil) erkinlashtirish (1999 yil), Chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyati asoslarini shakllantirish (2003 yil) kabi goyalarda belgilab bergan. Fuqarolik jamiyati - iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy va manaviy hayot sohasiga togri keladigan tushuncha bolib, siyosiy partiyalar kasaba uyushmalari, kooperativlar, ishbilarmonlar uyushmalari va boshqalar fuqarolik jamiyatining negizini tashkil etadi. Ozbekistonda Kuchli davlatdan kuchli fuqarolik jamiyati sari konsepsiyasi amaliyotga tatbiq etilmoqda. Fuqarolik jamiyati qanchalik taraqqiy topgan bolsa, davlatdagi birdamlik barqarorlik va uygunlik shunchalik mustahkam boladi. Download 130 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling