1. Misrda Yangi podsholikning tashkil topishi. Hunarmandchilik va savdo-sotiq


Download 1.74 Mb.
bet5/5
Sana07.04.2023
Hajmi1.74 Mb.
#1339264
1   2   3   4   5
Bog'liq
QADIMGI MESOPATIMIYA VA MISR SIVILIZATSIYASI

20-sulola davrida Misr. Merneptax vafotidan keyin Misr taxtiga Setnaxt o`tiradi (1200). U ancha tadbirkor kishi bo`lib, Misrdagi mushkul ahvolni ancha yaxshilashga erishadi. Mamlakatdagi qo`zg`olonlar bostirilib, tartib o`rnatiladi. Setnaxtning o`g`li Ramzes III (1198–1166) davrida mamlakat xo`jaligini tiklashga katta e`tibor berilgan. Misr qo`shini kuchaytirilib, intizom yaxshilangan. U mamlakat ichidagi nizolarga qarshi kurash olib borgan. Liviyaliklar va «dengiz xalqlari»ning Misrga qilgan hujumlari qaytarilgan. U Suriya va Palastinda g`olibona urushlar olib borib, u yerda Misrning avvalgi ta`sirini tiklagan. Ammo Ramzes III podsholigining oxirlarida u bilan ruhoniylar, nom hokimlari va ayrim amaldorlar o`rtasida nizo chiqqan. Fitnachilar Ramzesga suiqasd uyushtirib miloddan avvalgi 1166-yili uni o`ldirganlar. Ramzes III o`limidan so`ng juda ko`p podsholar almashgan. Lekin ularning hech biri Misrning avvalgi kuch-qudratini tiklay olmagan. Nihoyat 1085-yili Ramzes XI vafotidan so`ng Misr fir`avnlarining 20-sulolasi tugatilgan. Yagona Misr davlati ikkiga bo`linib ketgan. Janubiy Misr Fiva hokimlari, Shimoliy Misr esa 21- sulola asoschisi Tanis hukmdori Smendes qoiiga o`tgan. Shu bilan Misr tarixidagi Yangi podsholik davri ham tugagan.
Misr madanyatiga oid suratlar suratlari
Misr memorchiligi Maqbara va Exromlar.
Xoremxeb tobuti
Xoremxeb va Amon
Amenxotep IV Mumiyasi va xaykali
Ramzes II Mumiyasi va xaykali
Ramzes III Mumiyasi va xaykali
Yangi podsholik davrida Misr
Download 1.74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling