1. Mitozning anafaza bosqichi uchun tegishli holatlarni belgilang


Download 61.5 Kb.
Sana01.05.2023
Hajmi61.5 Kb.
#1418459
Bog'liq
2020 variant boyicha


1. Mitozning anafaza bosqichi uchun tegishli holatlarni belgilang.
a) xromatidalar mustaqil xromosomalarga aylanadi;
b) qutblarga ikki xromatidali xromosomalar tarqaladi;
c) xromosomalar diploid to'plamga ega boʻladi;
d) xromosomalar spirallashuvi boshlanadi;
e) xromatidalarni birlashtiruvchi belbog'i uziladi.
A) b, c B) a, b C) a, e D) c, d
2. O'zbekiston Respublikasining qaysi hududi havosi nihoyatda sovuq, doim kuchli shamol esadi va daraxt, butalar past bo'yli boʻladi.
A) adir B) tog' oʻrmonlar C) yaylov D) cho'l
3. Quyidagi organizmlarga mos ta'riflar to'g'ri berilgan javobni belgilang.
A) a - hujayrasi bir yadroli oval shaklda sitosklet mavjud; b- saprofit oziqlanadi, mitsiliysida to'siqlar mavjud
B) a - mitsiliysi koʻp hujayrali sitosklet mavjud; b - sporalar orqali jinsiy ko'payadi, prakariot organizm
C) a - kurtaklanish yo'li bilan ko'payadi, avtotrof organizm; b- mitsiliysi bir hujayrali sitosklet mavjud
D) a - xemotrof organizm, sitosklet mavjud; b - yuksak zambrug' saprofit oziqlanadi
4. Odam embrionning uchinchi haftasiga kelib eng oxirida hosil boʻladigan murtak varag'idan shakllanadigan organi aniqlang.
A) limfotsit B) buyrak C) jigar D) A, B
5. Daryo qisqichbaqasining boshining oldingi tomonida joylashgan moʻylov va oyoqlari sirtidagi tukchalar qanday vazifani bajaradi?
A) ta'm bilish va tuyg'u B) hid bilish va tuyg'u
C) eshtish va tuyg'u D) eshtish va muvozanat
6. Hasharotlar, kemiruvchilar va mevalar bilan oziqlanadigan hayvonlarni aniqlang.
A) toʻngʻiz, tulki, tuvaloq B) tulki, qo'ng'ir ayiq, boʻrsiq
C) kalxat, bo'rsiq, to'ng'iz D) tuyaqush, tuvaloq, tulki
7. Genotipik oʻzgaruvchanlikni aks ettiruvchi misollarni aniqlang.
1) karamning tetraploid turi paydo boʻlishi; 2) bedaning suv yetarli joyda baland, suv kam joyda past boʻyli boʻlib oʻsishi; 3) uchi chilpilgan novdadan yon novdalarning paydo boʻlishi; 4) skerda avlodida 3, 4, 5, 6, 7 xromosomali turlarning paydo boʻlishi.
A) 1, 3 B) 2, 3 C) 1, 4 D) 2, 4
8. Quyidagi oʻsimliklar evolyutsion taraqqiyoti boʻyicha toʻgʻri ketma- ketlikda joylashtirilgan javobni aniqlang.
1) nostok; 2) ulotriks; 3) kordait; 4) yoʻsin; 5) riniya;
6) magnoliya.
A) 1, 2, 3, 4, 5, 6 B) 14, 2, 5, 3, 6
C) 1, 2, 5, 4, 3, 6 D) 2, 5, 4, 13, 6
9. Qaysi qatorda iskabtopar bilan bitta turkumga mansub boʻlmagan hasharotlar to'g'ri berilgan
1) uy pashshasi; 2) chivin; 3) qoramol so'nasi; 4) fir'avin chumoli; 5) gabrabkagon; 6) bo'ka; 7) kulrang oʻlaksa pashsha; 8) teri leymeniyozi; 9) drozafila; 10) sadafdor; 11) zorka.
A) 3, 6, 11 B) 1, 2, 9, 10 C) 4, 5 D) 8
10. Odam organizmida katta qon aylanish doirasi boʻylab qon harakati yoʻnalishini aniqlang.
1) chap boʻlmacha; 2) kapillarlar; 3) venalar;
4) arteriyalar; 5) o'ng qorincha; 6) o'ng boʻlmacha;
7) chap qorincha.
A) 5-4-2-3-1 B) 7-4-2-3-6
C) 7-4-3-2-1 D) 6-4-2-3-7
11. Golovin jadvalining 11-qatoridagi harflarni Ravshanning ikkala koʻzi ham alohida holda aniq ko'ra olmadi lekin 10-qatoridagi harflarni ikkala koʻzi ham alohida holda aniq ko'ra oldi. Uning ko'rish o'tkirligi nechaga teng?
A) 1 B) 1,2 C) 0,8 D) 2
12. Floemaning (a) va ksilemaning (b) mexanik to'qima hujayralarini aniqlang.
1) o'tkazuvchi nay; 2) yoʻldosh hujayralar; 3) lub tolalari; 4) traxeidlar; 5) yog'ochlik tolalari; 6) elaksimon naylar.
A) a-1, b-6 B) a-3, b-5 C) a-3, b-4 D) a-2, b-3
13. Yomg'ir chuvalchangining bolalr gijjasiga o'xshash (a) va farq qiluvchi (b) belgilarini aniqlang.
1) tashqi tomondan kutikula bilan qoplangan; 2) halqum atrofi nerv halqasiga ega; 3) tuxumidan lichinka rivojlanadi; 4) erkin hayot kechiradi; 5) ichki organlari tana bo'shlig'ida joylashadi; 6) germafrodit organizm.
A) a-1, 6; b-4, 5 B) a-2, 5; b-4, 6
C) a-1, 4; b-3, 6 D) a-2, 6; b-3, 5
14. Shingil to'pgulli bitta mevabargii osimlik.
A) karam B) uzum C) qashqarbeda D) o'sma
15. Mitozning anafaza bosqichi uchun tegishli holatlarni belgilang.
a) xromatidalar mustaqil xromosomalarga aylanadi; b) qutblarga ikki xromatidali xromosomalar tarqaladi;
c) xromosomalar diploid toʻplamga ega boʻladi; d) xromosomalar spirallashuvi boshlanadi;
e) xromatidalarni birlashtiruvchi belbog'i uziladi.
A) b, c B) a, b C) a, e D) c, d
16. Gullari bir jinsli, lekin har xil tuplarda joylashgan magnoliyasimonlar qaysi javobda berilgan?
1) olma; 2) makkajo'xori; 3) gazanda; 4) bodring;
5) terak; 6) yong'oq; 7) g'oza; 8) qarag'ay; 9) archa;
10) funariya.
A) 2, 6, 10 B) 3, 5 C) 3, 5, 9 D) 1, 7
17. Gen mutatsiyasi nimalarga bogʻliq?
A) gendagi nukleotilar
izchilligining oʻzgarishi va DNK dagi bir necha genlarning yo'qolishiga
B) hujayrada xromosoma sonining ortishi va xromosoma tuzilmasining oʻzgarishiga
C) gen tarkibidagi bir necha nukleotidlarning yo'qolishi va gendagi nukleotilar izchilligining oʻzgarishiga
D) autosomada genlar izchilligining o'zgarishi va bir nukleotidning boshqa nukleotid bilan almashinishiga
18. Bitta biogeografik viloyatda tarqalgan hayvonlarni aniqlang.
A) tupay, lemur B) skuns, yalqov
C) maral kapiti D) kivi nandu
19. Mevalarni aniqlang.
1) kartoshkaning tugunagi; 2) jag'- jag'ning qoʻzoqchasi; 3) loviyaning dukkagi; 4) batatning tugunagi;
5) lavlagining ildizmevasi; 6) bosh piyozning koʻsakchasi.
A) 2, 3, 4 B) 2, 4, 5 C) 1, 3, 6 D) 2, 3, 6
20. Tufelka haqidagi toʻgʻri javobni
toping.
A) Yashil metil bo'yog'i yadroni qizil rangga boʻyaydi.
B) Pichan ivitmasiga osh tuzi tushirilsa, taksis orqali javob qaytaradi.
C) Sirka kislota ta'sir ettirilganda ikkiga boʻlinib ko'payadi.
D) Loviyasimon kichik va yumaloq katta yadroga ega.
21. Katta va kichik qon aylanish sistemasi umumiy bitta kameradan boshlanadigan hayvonlarni ko'rsating.
1) kvaksha; 2) qirg'ovul; 3) bedana; 4) triton; 5) baqa;
6) o'rdak; 7) g'oz; 8) pavituxa; 9) musicha; 10) kaptar; 11) salamandra; 12) tovuq; 13) qaldirg'och; 14) lochin. A) 2, 3, 6, 7, 12 B) 1, 3, 12, 14, 13, 6
C) 1, 2, 3, 4, 5, 6, 7, 8, 11, 12 D) 1, 4, 5, 8, 11
22. Gullari bir jinsli, lekin har xil tuplarda joylashgan magnoliyasimonlar qaysi javobda berilgan?
1) olma; 2) makkajo'xori;
3) gazanda; 4) bodring; 5) terak; 6) yong'oq; 7) g'oza; 8) qarag'ay; 9) archa; 10) funariya.
A) 2, 6, 10 B) 3, 5 C) 3, 5, 9 D) 1, 7
23. Quyidagilardan qaysi biri ikki
xivchinli boʻldi?
A) ulotriks jinsiy ko'payganda hosil qilgan gametalar
B) gidraning endadermasidagi hujayralar
C) berilganlarning barchasi
D) azotli birikmalarga boy suv havzalarda uchraydigan bir hujayrali suvo't
24. Gulsimon va no'xatsimon tojli tovuq tovuq va xo'rozlar o'zaro chatishtirildi. F, da yong'oqsimon tojli xo'roz va tovuq hosil qilgan no'xatsimon genotip sinflarining necha %i da genotipda dominant va retsessiv genlar nisbati 1:3?
A) 25 B) 30 C) 66,67 D) 60
25. Metamorfoz jarayonida yashash muhiti almashinadigan organizmlarni aniqlang.
1) koʻl baqasi; 2) hakka; 3) yashil bronza qo'ng'izi;
4) assidiya; 5) zogʻcha; 6) iguana; 7) suluv
ninachi; 8) qur.
A) 2, 6 B) 1, 5 C) 4, 8 D) 3, 7
26. Ba'zi bir pashshalarning ayrim kapalak turlarining rang jihatdan arilarga, suvaraklarning tugmacha qo'ng'izlarga o'xshashi qanday hodisa va evolyutsion jarayonning qaysi yo'nalishiga misol bo'ladi?
1) maskirovka; 2) mimikriya; 3) himoya rangi.
a) aromorfoz; b) idioadaptatsiya; c) umumiy degeneratsiya.
A) 2-b B) 2-c C) 1-a D) 3-c
27. Juft tuyoqlilar turkumiga mansub boʻlgan qaysi hayvonlar uchun qirilib ketish xavfi tug'ildi?
A) Prjevalskiy oti, zubr, bizon
B) jayron, sayg'oq, xongul
C) Yevropa turi, jayron, zubr
D) buxoro bug'usi, gʻizol, zubr
28. Peridont(a) va appendiks(b) nima?
A) a-ko’richak; b-tish ildizi va tish chuqurchasini birlashtiradigan modda;
B) a-tish ildizi va tish chuqurchasini birlashtiradigan modda; b-ko’richak
C) a-tish ildizi va milkni birlashtiradigan modda; b-chuvalchangsimon o’simta
D) a- a-tish ildizi va tish chuqurchasini birlashtiradigan modda; b-chuvalchangsimon o’simta
29. Oʻsimlikning vegitativ a) generativ; b) organiga tuxum qoʻyadigan hashoratlarni ko'rsating.
A) a-olma mevahoʻri, b-kuya kapalagi
B) a-mita, b-kalarado C) a-kalaroda, b-olma mevaxo'ri D) a-mirichak; b-ko'sak qurti
30. Paleartik urg'ochisi getrogametali boʻlgan
organizmlarni aniqlang.
A) tustovuq chittak B) agama sezarka
C) Lira gatteriya guattara D) tovus qirg'ovul
Yopiq savollar:
1. Repishkaning somatic hujayrasining G2 davrida hujayra markazidagi mikronaychalar sonini yozing.
2. RNK zanjirida U nukleotidlari soni 80 ta bo’lib, u umumiy nukleotidlarning 40% ini tashkil etadi. Shu RNK ni hosil qilgan DNK dagi fosfodiefir bog’lari sonini yozing.
3. Organizmning genotipi FfDd, FD va fd genlar birikkan holatda irsiylanadi. Ularning orasidagi masofa 10 morganidaga teng bo’lsa, hosil bo’lgan crossover gametalarni va ularning foizini aniqlang.
4. Odamda karlikning ikkita turi uchraydi ulardan birinchisi dominant C ikkinchisi esa E genlar bilan ifodalanadi. Geterozigota erkak, ccEe genotipli ayolga uylansa farzandlarning necha % I sog’lom tug’ilishi mumkin?
5. Odam terisining rangi ikki juft noallel genlar bilan ifodalanadi. Agar genotipda to’rtta dominant gen bo’lsa teri qora, uchta bo’lsa qoramtir, ikkita bo’lsa oraliq, bitta bo’lsa oqish rangda bo’ladi. Terisi oraliq rangda bo’lgan, degeterozigotali organizmlar chatishtirilsa olingan organizmlarning necha(%) I bitta belgisi bo’yicha geterozigotali bo’ladi?
6. DNK fragmentining 1/3 qismidan RNK sintezlandi. Agar DNK dagi jami nukleotidlar soni oqsildagi aminokislotalar sonidan 1500 taga farq qilsa. DNK uzunligini yozing.
7. To’liq va to’liqsiz parchalangan glukozalar nisbati 1:7 bo’lsa, sitoplazmada va mitoxondriyada sintezlangan ATF molekulalari nisbatini toping.
8. DNK molekulasi malum zanjiriining uzunligi 107.1 nm (nukleotidlar orasidagi masofa 0.34 nm). DNK ning ushbu fragmentida 780 vodorod bog’i mavjud bo’lsa, DNK dagi nukleotidlar sonini yozing.
9. Dengiz cho’chqalarida junning tekisligi, jingalakligiga nisbatan dominantlik qiladi. Malum populatsiyada ushbu belgi bo’yicha A genning chastotasi 40 % ni tashkil etsa. Ushbu populatsiyadagi geterozigotalar foizini aniqlang.
10. DNK dagi nukleotidlar va bog’lar orasidagi farq 350 tani tashkil etsa, DNK dagi S lar sonini yozing.
Download 61.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling