1. Miyada qon aylanish xususiyatlari


Qonda 4 xil bufer tizimi mavjud


Download 196.38 Kb.
bet10/14
Sana09.02.2023
Hajmi196.38 Kb.
#1181399
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
reanimatsiya

Qonda 4 xil bufer tizimi mavjud:
1. Gemoglobin bufer tizimi (Hb/HbO2) — 35—76 % bufer sig’imini tashkil etadi.
2. Karbonat bufer tizimi (H2CO/NaHCO3) — 13—15 % bufer sig’imini tashkil etadi.
3. Oqsil bufer tizimi (NH2-R-COOH-NH3-R-COO+H+) - 7-10 % bufer sig’imini tashkil etadi.
4. Fosfat bufer tizimi (NaH2PO4/NaHPO4) — 1—5 % bufer sig’imini tashkil etadi.
Hujayralarda oqsil va fosfat asosiy bufer tizimi hisoblanadi. Gemoglobin bufer tizimi hujayrada va hujayradan tashqarida ham faoliyat ko’rsatadi. Hujayradan tashqarida bikorbonat bufer tizimi asosiy hisoblanadi. Qonning bufer tizimi organizmga kirgan va to’plangan kislotali mahsulotlarni kuchli kislotani kuchsizga almashtirish yo’li bilan bo’sh H+ konsentrasiyasini kamaytiradi.
Gemoglobin bufer tizimi qonda eng asosiy tizim hisoblanadi. HbO2 HbO ga nisbatan 80 marta ko’p kislotali hisoblanadi. Bu neytrallash jarayoni bikarbonat bufer tizimi yordamida eritrositda amalga oshiriladi
Fosfat buferi oz miqdorni tashkil etib, asosan, siydikda faoliyat ko’rsatadi. Shuni ta’kidlash kerakki, qon bufer tizimlari qanchalik kuchli va takomillashgan bo’lmasin, stress holatlarda ular KIMini me’yorda saqlab turolmaydi. Chunki ular bor-yo’g’i organizm bufer sig’imining 1/5 qismini tashkil etadi.
Qon bufer tizimidan (tezkor ishlaydigan himoya kuchlari) tashqari KIMini boshqarishda o’pka, jigar, buyraklar, oshqozon-ichak tizimi (sekin ishlaydigan himoya kuchlari) ham qatnashadi. Bularning asosiylariga to’xtalib o’tamiz.
1. O’pkada CO2 ning chiqarilishi yoki ushlab qolinishi.
2. Buyraklar kislotali muhitda H+ va ishqoriy muhitda HC03 chiqaradi. Bir sutkada buyraklar 100—200 mmol vodorod ionlarini chiqaradi.
3. Jigar kislotali metabolitlarini neytrallaydi.

12-bilet.



  1. Defibrilyatsiya qilishga ko’rsatmalar va qarshi ko’rsatmalar

Defibrillyatsiya — yurak ish faoliyatini tiklash maqsadida, qorinchalar
fibrillyatsiyasini — miokrad alohida mushaklari guruhining tartibsiz qisqarishlarini to'xtatish usuli hisoblanadi.
Defibrillyatsiyaning 2 usuli bor: kimyoviy va elektrik. Kimyoviy usulda tomir
ichiga konsentrlangan kaliy xlorid (7,5% li) eritmasi (20 ml) yurakni uqalash
davom ettirilgan holda yuboriladi. Yurakdagi operatsiyalar paytida chap qorinchaga kaliy xlorid yuborish mumkin. Elektr defibrillyatsiyada yurak qo‘zg‘aluvchanligiga foydali vaqt davomiyligi yaqin bo‘lgan kuchli va qisqa muddatli elektr toki yuborish natijasida qo'zg'aluvchanlik jarayonining sinxronlanishiga erishiladi. Yurak qisqarishlarining tiklanishi miokarddagi energetik resurslarga bogiiq. Qorinchalar fibrillyatsiyasi elektr toki bilan jarohatlanganda, suvga cho‘kkanda, shuningdek, miokardit, endokardit kasalliklarida yuzaga keladi Defibrillyatsiya birinchi urinishda taxminan yetarli boigan eng kichik kuchlanishda bajariladi. Samara bo'lmaganda kuchlanishni 0,5—1 V ga oshirib takroriy defibrillyatsiya
o'tkaziladi. Asteniklarga 3000—4000 V, normosteniklarga 3500—4500V,
gipersteniklarga 4500—5000 V kuchlanish yuborish mumkin.


Download 196.38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling