Organizmda suvning ko'p miqdorda ushlanib qolishi (gipergidriya)
Musbat suv balansi (gipergidratatsiya, gipergidriya) oranizmga ko'p miqdorda suv kiritilganda, buyrak va teri orqali suyuqlikni ajratish pasayganda , to'qima bilan qon o'rtasida suv –elektrolitlar almashinuvining boshqarilishi buzilganida kuzatiladi. Gipoosmolyar gipergidratatsiyani tajribada hayvonlaming oshqozoniga bir necha bor ko'p suv yuborish yo'li bilan oddiygina yuzaga keltirsa bo'ladi. Giperosmolyar gipergidratatsiya sho'r suv (dengiz suvi yoki boshqash o'rtang suvni davomii) ichilganida kuzatilishi mumkin. Buning natijasida ekstratsellyulyar muhitda osmotik bosim oshib, suyuqlik hujayra ichidan tashqariga qarab harakatlanadi va giperosmolyar degidratatsiya vaqtida kuzatiladigan og'ir asoratlar paydo bo'ladi. Lekin bunday sho'r suyuqlik asta-sekin iste’mol qilinganda, organizmning ungan isbatan moslanishi va suv-elektrolit almashinuvida unchalik og'ir o'zgarishlar yuzaga kelmasligi mumkin. Izoosmolyar (izotonik) gipergidratatsiya juda kam uchraydi va faqat organizmga u yoki bu sababga ko'ra izotonik eritma ko'p yuborilgan dastlabki vaqtlarda kuzatilishi mumkin. Suv-elektrolitlar almashinuvi boshqarilishining buzilishi natijasida organizmda suvning dimlanib qolishi qalqonsimon bez gipofunksiiyasida (miksedema), vazopressin, insulin ko'p ishlab chiqarilganda, birlamchi va ikkilamchi gileraldosteronizmda kuzatiladi. Ushlanib qolingan ortiqcha suyuqlik qondan to'qimalarga o'tadi va shish hosil qiladi. Qon va to'qima o'rtasida suv almashinuvi buzilishi natijasida hujayralararobo'sh liq lard a suyuqlik to'planib qolinishiga shish (istisqo, edema, bo'kish) deyiladi.
3. O’pka shishida davolash taktikasi.
O'pka shishi yurak chap qorinchasi faoliyatining o'tkir yetishmovchiligi oqibatida
o“pka to'qimasida gidratatsiyaning oshishi va funksional xususiyatining pasayishi
bilan kechadigan juda og'ir, xavfli sindromdir.
O'pka shishi kelib chiqishiga, asosan, 2 xil sabab bor.
1. Kardial sabablar: o'tkir chap qorincha yetislimovchiligi, gipertonik kriz
og'ir miokarditlar, aortal va mitral yurak poroklari, yurak ritmi buzilishi.
2. Nokardial sabablar: infuzion-transfuzion gipervolemiya, gipoproteinemiya,
anafilaktik shok, jigar va buyrak yetishmovchiligi. og'ir pnevmoniya, O'ATE,
cho'kish, gazlardan zaharlanish.
Do'stlaringiz bilan baham: |