1. Moddalar almashinuvining o’ziga xos hususiyatlari Lipidlarning umumiy tavsifi va tasnifi. Lipidlarning asosiy sinflari


Download 34.16 Kb.
bet2/4
Sana12.03.2023
Hajmi34.16 Kb.
#1263524
1   2   3   4
Bog'liq
13-Maruza. mod.al. va lip.al.

Lipidlarning asosiy sinflari. Lipidlar( yunoncha Lipos-yog’lar) o’simlik va hayvonot olamida keng tarqalgan moddalarning eng asosiy guruhlaridan biri.Lipidlar sinfiga tegishli birikmalarning asosiy umumiy xususiyati shundaki, ular qutblanmagan erituvchilarda(masalan, etanol, xloroform, efir, aseton, benzol, dixloretan, ‘etroley efiri va boshqalarda) yaxshi erib, suvda deyarli erimaydi, suv molekulalari bilan bog’lanmaydi. SHuning uchun ular gidrofob suvdan qo’rqadigan moddalar qatoriga kiritiladi.
Lipidlarning turli xil tasniflari mavjud: strukturali, fizik-kimyoviy va biologik yoki fiziologik.
1.Strukturasi bo’yicha lipidlar quyidagicha bo’linadi:
I. Oddiy lipidlar qatoriga yog’lar, moylar va mumlar kiradi. Ular lipidlarning eng ko’p tarqalgan va sodda vakillaridir. Yog’lar va moylar ximyaviy tuzilishiga ko’ra uch atomli gliserin bilan turli yog’ kislotalarning birikishidan hosil bo’lgan murakkab efirlardir. Ular faqat oddiy sharoitdagi konsistensiyalari bo’yicha bir-biridan farqlanadi: ko’pincha qattiq konsistensiyali vakillari esa moy deb yuritiladi. Mumlar yuqori molekulali yog’ kislotalarni yuqori yog’ deb, suyuq konsistensiyali molekulyar bir atomli spirt bilan hosil qilgan murakkab efirlardir.
II.Murakkab lipidlar guruhi bir-biridan ancha farqli ko’p komponentli geterogen birikmalarni o’z doirasida birlashtiradi. Murakkab lipidlarning eng muhim katta guruhi fosfolipidlar tarkibida murakkab efir shaklida birikkan yog’ kislotadan tashqari, azot tutuvchi komponent va fosfat kislota mavjud. Ularning strukturasi fosfoasilgliserinlarning azot asolardan xolin yoki kefalin bilan bog’lanishidan hosil bo’ladi. Tarkibida azot sifatida sfingozin saqlovchi sfingolipidlar fosfolipidlar guruhiga yaqindir.
Murakkab lipidlarning yana bir turi tarkibida uglevod komponenti tutuvchi glikolipidlar-serebrozidlar va gangliozidlar guruhidir. Yog’lar, mumlar, fosfolipidlar va sfingolipidlarning murakkab efir bog’lari ishqor ta’sirida oson gidrolizlanadi. Ishqor ta’sirida gidrolizlanmaydigan guruhlariga-ko’p halqali spirtlar-sterinlar va ularga yaqin birikmalar-steridlar, xlorofill, karotin va karotinoidlar deb atalgan o’simlik ‘igmentlari, A, D, e va K vitaminlar kiradi. Lipidlarning ko’plari qon plazmasida oqsil bilan bog’langan kompleks Lipoproteinlar shaklida bo’ladi. Bu komplekslarning asosiy lipid komponentini xolesterin va fosfilipidlar tashkil qiladi.
2.Lipidlarning fizik-kimyoviy xossalari bo’yicha bo’linishida ularning qutblilik darajasi hisobga olinadi. Bu belgisiga ko’ra lipidlar neytral(qutbsiz) va qutblilarga bo’linadi. Birinchi turga zaryadga ega bo’lmagan lipidlar kiradi. Ikkinchisiga esa zaryadga ega va qutblangan lipidlar, masalan, fosfolipidlar, yog’ kislotalari kiradi.
3.Fiziologik ahamiyatiga ko’ra lipidlar rezerv va struktura lipidlarlarga bo’linadi. Rezerv (zao’ira) lipidlar katta miqdorda to’’lanadi va keyin organizmning energetik eo’tiyojiga ko’ra sarflanadi. Rezerv lipidlarga asilgliserinlar kiradi. Boshqa hamma lipidlar esa struktura lipidlarlarga mansub. Ular biologik membranalar qurilishida, o’simlik va hayvonlarning tashqi o’imoya qo’lamida va umrtqalilar terisining tuzilishida ishtirok etadi. Lipidlar odam orgnizmi massasining o’rtacha 10-20 % ini tashkil qiladi.O’rtacha katta odam tanasida 10-12 kg ini lipid bo’lib,undan 2-3 kg ini struktura lipidlarlari (asosan membrana tarkibidagi lipidlar), qolganini esa rezerv lipidlar tashkil etadi. Rezerv lipidlarning 98 % i yog’ to’qimalarda bo’ladi.

Download 34.16 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling