1. Moddalar almashinuvining o’ziga xos hususiyatlari Lipidlarning umumiy tavsifi va tasnifi. Lipidlarning asosiy sinflari


Download 34.16 Kb.
bet1/4
Sana12.03.2023
Hajmi34.16 Kb.
#1263524
  1   2   3   4
Bog'liq
13-Maruza. mod.al. va lip.al.


12-Ma’ruza. Moddalar almashinuvi haqida umumiy tushuncha.
Lipidlar almashinuvi.
Reja:
1. Moddalar almashinuvining o’ziga xos hususiyatlari
2. Lipidlarning umumiy tavsifi va tasnifi. Lipidlarning asosiy sinflari.
3. Yog`larning xazm bo’lishi va ichakda shrilishi
4. Yog` kislotalarning oksidlanishi.
Tayanch iboralar: Lipidlar, Fosfogliseridlar, Diol fosfatidlar (fosfolipidlar), Lipidlar gidrolizi, fosfolipaza


Moddalar almashinuvining o’ziga xos hususiyatlari. Barcha tirik organizmlaming hayot faoliyatining asosini moddalar va energiya almashinuvi tashkil etadi. Tirik organizmlar tashqi muhitdan lurli moddalarni olib o’zlashtiradi, ulardan organ va to’qimalarming lu/.ilishi uchun zarur material va energiya manbai sifatida foydalanib, kcraksiz moddalarni tashqariga chiqarib turadi.
Ovqatlanish tipiga qarab, barcha organizmlar ikkita guruhga bo’linadi: birinchi guruh, ya’ni avtotroflarga kiradigan organizmlar tashqi muhitdagi anorganik moddalarga muxtoj bo’lib, tashqi muhitdan olinadigan energiya yordamida ulardan hayot uchirn zarur barcha moddalarni sintezlaydi. Masalan, yashil o’simliklar o’zlaridagi xlorofill pigmenti ishtirokida quyosh energiyasi hisobiga CO2 ni o’zlashtirib suv, luzlar va azot manbalaridan foydalanib murakkab, energiyaga boy organik birikmalar hosil qiladi. O’simliklardan tashqari bu guruhga fotosintetik bakteriyalar va xemosintetik mikroorganiztnlar ham kiradi.
Ikkinchi guruhga kiradigan organizmlar karbonat angidridni o’zlashtirish qobiliyatiga ega emas, ular uglerod manbai sifatida tayyor organik moddalardan (masalan, glyukoza, aminokislotalar va yog’ kislotalardan) foydalanadi. Ular geterotrof organizmlar deyiladi.
Metabolizm oliy darajada tashkil qilingan va ma’lum maqsadga qaratilgan hujayra faoliyati bo’lib, bir vaqtda kechadigan minglab reaksiyalaming regulyatsiyasi eng muhim ahamiyatga ega bo’lib, ular quyidagilar:
1. Asosiy oziqa moddalari - oqsillar yog’lar, uglevodlar almashinuvida bir xil, umumiy markaziy mahsulotlaming paydo bo’lishi va mana shunday oraliq birikma fermentlar bilan ularning almashinuvini idora qilinishi.
2. Metabolizmning ayrim yo’llari biologik membranalar yordamida boradi. Masalan: asosiy oksidlanish reaksiyalari mitoxondriyalarda, nuklein kislotalaming sintezi yadroda, ko’p gidrolitik parchalanishlar lizosomalarda o’tadi.
Bu jarayonlarning borishi uchun lozim bo’lgan substratlar, enzimlar, kofermentlar ham shu organoidlarda u yetarli miqdorda bo’ladilar.
3. Metabolik jarayonlaming birin-ketin keladigan bosqichlari o’z ta’siri bo’yicha bir-biriga ulangan fermentlar sistemasi orqali bajariladi.
Shunday qilib, moddalar almashinuvi organizmda uning to’qima va hujayralarida ketma-ket boradigan, bir-biri bilan o’zaro bog’laiigan, ko’p bosqichli murakkab fermentativ reaksiyalardan iborat. Organizmda boradigan barcha jarayonlar bir-biri bilan uzviy bog’liqdir.
Moddalar almashinuvi, yani metabolism ikki muhim jarayondankatabolizm va anabolizm iborat. Yuqori molekulyar organik birikmalar: uglevodlar, oqsillar va yog’laming fermentativ o’zgarishi natijasida kichik molekulalarga parchalanishi katabolizm deb ataladi. Katabolizm jarayoni davomida murakkab organik molekulalardan erkin energiya ajralishi kuzatiladi va bu ATF molekulasida fosfat bog’lar energiyasi shaklida to’planadi. Anabolizm jarayoni tufayli tirik organizmlar atrofmuhitdan kerakli moddalarni o’zlashtirib, o’zining strukturasini tuzadilar. Anabolizm o’sish, rivojlanish energetik materiallarning jamg’arilishi kabi muhimhayotiy jarayonlami ta’minlaydi.
Katabolizm jarayonida oqsil, nuklein kislotalar, uglevodlar, lipidlar kabi yuqori molekulyar organik birikmalaming parchalanishi moddalar almashinuvining oxirgi mahsulotlari hisoblangan suv, karbonat angidrid, mochevina, ammiakni hosil bo’lishiga olib keladi.
Anabolizm jarayonida kichik molekulali moddalardan fennentativ reaksiyalar yordamida organizm ehtiyoji uchun zarur bo’lgan yuqori molekulali organik birikmalar: polisaxaridlar, oqsillar, nuklein kislotalar, yog’lar sintez qilinadi. Anabolizm va katabolizm jarayonlari hujayrada bir vaqtda boradi va bir-biri bilan uzviy ravishda bog’liqdir.
Bu jarayonlarda hosil bo’ladigan oraliq moddalar metabolitlar deb ataladi, organizdan tashqariga chiqarib yuboriladigan moddalar chiqindi yoki moddalar almashinuvining oxirgi mahsulotlari deyiladi.

Download 34.16 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling