1. Moddalar almashinuvining o’ziga xos hususiyatlari Lipidlarning umumiy tavsifi va tasnifi. Lipidlarning asosiy sinflari
Download 34.16 Kb.
|
13-Maruza. mod.al. va lip.al.
Lipidlarning asosiy sinflari. Monomer lipidlarga quyidagi lipidlar kiradi:
1.Yuqori uglevodlar 2.Yuqori alifatik spirtlar, aldigidlar, ketonlar 3.Izo’renoidlar va ularning unumlari 4.Yuqori aminospirtlar(sfingozinlar) 5.Yuqori poliollar 6.Yog’ kislotalari 1. Yuqori uglevodlar. Bu guruhga eng sodda lipidlar kiradi.Ular yuksak tuzilgan organizmlar uchun muhim ahamiyatga ega emas. 2. Yuqori alifatik spirtlar, aldegidlar va ketonlar. erkin xolda uchraydi, lekin ko’proq ko’p komponentli lipidlar tarkibiga kiradi. Yuqori anorganik spirtlar mumlar tarkibiga kiradi. To’yinmagan alifatik asetaldegidfosfatidlar hosil bo’lishida ishtirok etadi. Yuqori tuzilgan ketonlar erkin xolda bakteriyalada, shoxlangan to’yinmagan ketonlar esa o’asharotlarning feromonlari tarkibiga uchraydi. 3. Izo’renoidlar va ulaRNKning unumlari. Biologik jihatdan muhim bo’lgan lipidlar guruhi.Ularning bunday atalashning sababi – tuzilish asosining birligi (CH2 =C(CH3)-CH=CH2 ) tashkil etadi va ular sintetik uchun dastlabki modda hisoblanadi. Izo’renlar ter’enlar va steroidlarga bo’linadi. Ter’enlar. Ter’enlar ularning tarkibida mavjud bo’lgan izo’ren birliklari soniga qarab bo’linadi.Tarkibida izo’ren halqasi bo’lgan ter’enlar monoter’enlar, 3 ta sesskvi ter’enlar, 4,6 va 8 ta birlik bo’lganlari-diter’en, triter’en va tetrater’enlar deyiladi. Skvalen va lanosterin triter’enlari to’qimalarda xolesterin sintezi uchun dastlabki moddalar hisoblanadi. Hayot faoliyati davomida tetrater’enlarga mansub karotinoidlar muhim vazifani bajaradi. Tarkibida kislorod bo’lgan ter’enlar guruhi juda katta qiziqish uyg’otadi. Ularning orasida o’simliklarga xushbo’y o’id beruvchi izo’renoidli spirtlar guruhini alohida ta’kidlash lozim.Ular ayniqsa, atirgul moyida ko’p bo’ladi va ular duo’ilarning asosiy tarkibiy qismi sifatida qo’llaniladi. Mentol monoter’eni esa konditer sanoatida keng ishlatiladi. Diter’enli spirtlarga fitol va retinol kiradi. Fitol fotosintetik ‘igment xlorofill va filloxinon (K1vitamini) tuzilishida, retinol esa yog’da eruvchi A vitamin tuzilishida ishtirok etadi. Monoter’enli keton-kamfora dori vositasi sifatida keng qo’llaniladi. Steroidlar. Steroidlar tabiatda keng tarqalgan bo’lib siklo’entan’ergidrofenantren halqasini tutadi. Ximyaviy tomonda xolesteringa yaqin, unga aloqador birikmalar steroidlar nomi bilan yuritiladi. Buyrak usti bezining RNKstloq qismida sintezlanuvchi gormonlar, jinsiy garmonlar,xolesterin steroidlar guruhiga mansub. Odam organizmida steroidlar guruhiga mansub bo’lgan sterinlar, ya’ni steroidlarning spirtli shakllari alohida ahamyatga ega. Uning eng muhimi xolesterin. Xolesterin (xol-grekcha o’t)ning yon zanjiri oksidlanishidan jigarda o’t kialotalari hosil bo’ladi va ichaklarga ajraladi. Xolesterin va uning uzun zanjirli yog’ kislotalari bilan hosil qilgan efirlari qon plazmasi Lipoproteinlarining asosiy komponentlaridir.U ayniqsa, hujayra membranasida ko’p bo’lib, membrananing qattiqlik (mustahkamlik) xususiyatini ta’minlaydi. 4.Yuqori amonospirtlar. Bu guruh moddalari sfingozinlarning unumlari hisoblanadi. Ular asosan ko’p komponentli lipidlar sfingolipidlar tarkibiga kiradi. 5.Yuqori poliollar. Lipidli monomerlarning nisbatan kichik guruhi. Ular mikroorganizmlarda uchraydi, hayvon to’qimalarning oddiy va murakkab diolli lipidlarining hosil bo’lishida ishtirok etadi. 6.Yog’ kislotalari.Tarkibida karboksil guruhi tutuvchi alifatik uglevodorodlar unumlariga yog’ kislotalari deb ataladi. Qo’shbog’larning bo’lishi va bo’lmasligiga qarab ular to’yingan va to’yinmagan yog’ kislotalarga bo’linadi. To’yingan yog’ kislotalarida uglevodorod zanjiri zigzag shaklida chiziq hosil qiladi. Hayvon to’qimalarida ko’proq uglerod zanjirida 12 dan 18 tagacha uglerod bo’lgan juft sondagi uglerod atomlariga ega yog’ kislotalari uchraydi. Ular qattiq konsistensiyali bo’lib, yog’ molekulasi tarkibiga ko’p miqdorda kirganda yog’i ham qattiq konsistensiyaga ega bo’ladi.To’yinmagan yog’ kislotalari tarkibidagi qo’shbog’larning soniga qarab monoenli, dienli, trienli, tetraenli va xokazolarga bo’linadi. Ular polienli yog’ kislotalari degan umumiy nom bo’yicha birlashtiriladi. Ularning orasida eng ko’p tarqalgani oleat kislota (C18). U ayniqsa o’simlik moylarida (zaytun, kungaboqar moyi) va hayvon yog’ to’qimalarida uchraydi. Linolat va linolenat kislotalar soya, zig’ir va ‘axta moylarida bo’ladi. Hayvon organizmida sintezlanmasada, 4 ta qo’shbog’li araxidonat kislota ham uchraydi. Hayvon va odam organizmining normal o’sishi uchun hech bo’lmaganda bu kislotalardan bittasi ovqat bilan kirishi kerak. SHuning uchun bunday to’yinmagan yog’ kislotalari almashinmaydigan yog’ kislotalari deb qabul qilinadi. Bular qatoriga alfa ketokislotalar almashinuvida vitaminlik vazifasini bajaruvchi li’oat kislota ham kiritilishi kerak.Ko’p komponentli lipidlar. Ular oddiy lipidlar va murakkab lipidlardan tashkil topgan. Oddiy lipidlarga mumlar, gliseridlar va steridlar kiradi.Mumlar yuqori molekulali yog’ kislotalari va yuqori molekulali bir yoki ikki atomli spirtdan tarkib topgan murakkab efirlardir. Teri, yung, ‘atlar ustini qo’lovchi yog’ moddalarning tarkibida mumlar bor. O’simliklar bargi, mevasini qo’lovchi lipidlarning 80% i ni mumlar tashkil qiladi.Glitseridlar yoki netral lipidlar. Neytral lipidlar (yoki asilgiliserollar) glitserin va yog’ kislotalardan tarkib topgan efirlardir. Glitseridlar mono-, di- va triasilgliserinlarga bo’linadi. Ishqoriy muhitda asilgiliserinlar gidrolizlanib, gliserin va erkin yog’ kislotalari hosil qiladi. Organizmda bu vazifani maxsus lipaza fermentlari bajaradi. Steridlar – bular sterin va yog’ kislotalarining efirlari. U hayvon mahsulotlari bo’lgan sariyog’ va tuxum sarig’ida bo’ladi. Odam organizmida taxminan 60-70 % xolesterin xolesterinning efiri ko’rinishida bo’ladi. Qondagi xolesterin efiri tashuvchi Lipoproteidlar tarkibiga kirib, umumiy xolesterinning asosiy qismini tashkil qiladi. Lanolin (qo’y yungining yog’i) ham sterid bo’lib, farmasiyada dorivor mazlarning mazli asosi sifatida ishlatiladi. Murakkab lipidlar. Oddiy lipidlardan farqli ravishda murakkab lipidlarda lipid bo’lmagan komponent, masalan: fosfat va uglevod bo’lishi mumkin. Fosfolipidlar—turli xil organik spirtlar (gliserin, sfingozin, diol)ning fosfatli efirlaridir. Hamma fosfolipidlar qutbli lipidlar hisoblanadi va ko’proq hujayra membranasida uchraydi. Fosfogliseridlar. Ularning bitta gidroksil guruhi yog’ kislota bilan emas, balki fosfat bilan efirli bog’ hosil qiladi. Fosfogliseridlar fosfotid kislota hosilalari bo’lib, ular gliserin, yog’ kislotalar, fosfat kislota va odatda bironta azot tutuvchi birikmalardan tarkib topgan. Fosfogliseridlarning quyidagi turlari mavjud: 1) Fosfatidilxolin (lesitin); 2) Fosfatidiletanolamin; 3) Fosfatidilserin; 4) plazmalogen; 5) Fosfatidilinozit; 6) Kardioli’in: Diol fosfatidlar (fosfolipidlar) –ikki atomli spirtlarning unumlari bo’lib, bir spirt guruhi yog’ kislotasi qoldig’i bilan, ikkinchisi esa fosfat yoki qandaydir spirt qoldig’i bilan eterifikasiyalangan bo’ladi. Organizda diol fosfolipidlar hujayra membranasi bilan bog’lanib, uning funktsiyasini o’zgartirishi mumkin. SHuningdek, ular immun reaksiyasiga ta’sir etadi va asetilxolin mediatoRNKing hujayraga ta’sirini yo’qotadi. Sfingolipidlarning quyidagi guruhlari mavjud: a) sfingomienlinlar; b) gilikolipidlar; Sfingolipidlar tarkibida ikki atomli to’yinmagan aminospirt sfingozin kiradi. a) sfingomienlinlar hujayra membranalarida, nerv to’qimasi, buyrak, jigar to’qimalarida ko’p miqdorda uchraydi. Ular ko’proq nerv to’qimasidagi nerv tolalarining qobig’ida mielin tarkibida bo’ladi. b) gilikolipidlar- tarkibida uglevod komponenti bo’lgan aralash lipidlar. Ular asosan nerv to’qimalarida ko’p bo’lib, normal elektr faollikga ega bo’lishi va nerv im’ulslarini o’tkazishda zarur bo’ladi. Bunday lipidlarga serebrozidlar, gangliozidlar va sulfolipidlar kiradi. Serebrozidlar tarkibida fosfor kislotalar ham, xolin ham bo’lmaydi. Uning tarkibida geksoza sfingozinning gidroksil guruhi bilan efir bog’i orqali birikkan, yog’ kislota qoldig’i esa sfingozinning aminoguruhi orqali birikkan. Serebrozidlar birinchi bo’lib bosh miyada to’ilgan va uning nomi ham shundan kelib chiqqan. Ularning uglevod qismi asosan galaktozadan, kamdankam o’ollarda glyukozadan iborat bo’ladi.Sulfolipidlar –serebrozidlarning sulfatli unumlari. Ular kateonlarning nerv to’qimalari va tolalarning membranalari orqali tashilishida ishtirok etadi. SHu sababli sulfolipidlar nerv sistemasining normal elektr faoliyati uchun kerak.Gangliozidlarda boshqa glikosfingolipidlardan farqli ravishda turli xil monosaxaridlardan tashkil topgan oligosaxaridlar bo’ladi. Gangliozidlar ko’proq miyaning kulrang moddasida, nerv hujayralarining plazmatik membranalarida ko’p miqdorda bo’ladi. Lipidlar organizmda muhim vazifalarni bajaradi: 1) Biomembranalarning asosiy tarkibiy qismini tashkil etadi. 2) Biomembranalarning o’tkazuvchanligini ta’minlaydi. 3) Nerv im’luslarni o’tkazishida ishtirok etadi. 4) Hujayralararo kontakni taminlashda ishtirok etadi. 5) Organizmda energetik vazifani o’taydi. 6) Organizmga vitaminlarning tushishi va ularning o’zlashtirilishini ta’minlaydi. Download 34.16 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling