1-moddda O`zbekiston Respublikasi davlat tili O`zbek tilidir. 9-Modda


Download 117.64 Kb.
Sana08.02.2023
Hajmi117.64 Kb.
#1176986
Bog'liq
O`zbek tili


1.O`zbek tiliga davlat tili haqida.
O`zbek tiliga davlat tili maqomi 1989-yil 21-oktabrda berilgan.Moddalar soni 30tadan iborat edi.1995-yilda 24taga qisqartirildi. Bulardan eng asosiy moddalar.1-moddda O`zbekiston Respublikasi davlat tili O`zbek tilidir. 9-Modda Davlat hokimyati va boshqaruv o`rganlarida ish davlat tilida yuritiladi va zaruriyatga qarab boshqa tillarga tarjima qilinadi.10-modda Korxonalar, muassasalar tashkilotlar va jamoat birlashmalarida ish yuritish hisob-kitob, statistika va moliya hujjatlari davlat tilida yuritiladi .
2.Yozuv va uning turlari.

Yozuv turlari 1.Piktografik yozuv,2.Ideografik yozuv.3.Ierograflar yozuvi.4. Fonografik yozuv.5.Rus yozuvi.6.Arab yozuvi. 7. Lotin yozuvi. O`zbeklar quyidagi yozuvlardan foydalangan.


3.Bir manoli va ko`p ma`noli so`zlar. Gap ichida ham, gapdan tashqarida ham aynan bir ma’noni ifoda etuvchi so`zlar bir ma’noli so`zlar deyiladi. Masalan, kompas, marmar, morfologiya, taassurot, xulosa, gigiena, g`oya, mimika, qobiliyat, fonema. Nutqdan tashqarida bir ma’no, nutq tarkibida boshqa so`zlar bilan bog`liq holda yana boshqa ma’no ifodalovchi so`zlar ko`p ma’noli so`zlar deyiladi. Birdan ortiq leksik ma’no ifodalayotgani uchun ko`p ma’noli so`z sanaladi.
4.Terminlar.
Terminlar 2 ga bo`linadi Umumiy terminlar, Xususiy terminlar. Umumiy terminlar sirasiga bir terminologik tizimning barcha yo`nalishlari uchun tushunarli bo`lgan atamalar kiradi.Misol uchun: Fizikaga oid Isssiqlik , JIsm,Elektr, Magnit, gaz, harakat singari atamalar kiradi.
Xususiy atamalar esa faqatgina bitta mavzuviy guruh doirasida amal qiladi.Masalan yuqorida keltirilgan Fizikaga doir atamalar uning barcha sohalarda qo’llanilishi mumkin bo`lgan. Misol thermostat, kondensatsiya, kopelyar hodisalar singari tor iqtisos doirasida qo`llaniladi.
5.Nutq uslublari. O`zbek adabiy tilinida quyidagi asosiy nutq uslublari bor.
1.So`zlashuv uslubi. Kundalik hayotda oilada ko`cha-ko`yda ish joylarida va boshqa joylarda kishilarning fikr almashishi jarayonida qo`llanadigan nutq uslubi so`zlashuv uslubi sanaladi.
2.Ilmiy uslub .-Daliliy ma`lumotlar asosida chiqarilgan ilmiy xulosalarga asoslanuvchi , har bir fan sohasining o`zziga xos atamalariga tayanuvchi, fikrni aniq va mantiqiy izchil shaklda bayon qiluvchi uslub ilmiy uslub sanaladi
3.Publististik uslub .-ommaviy axborot vositalari (gazeta jurnal radio televideniya) uslubi , Oliy majlis yig`inlarida,turli xil anjumanlarda qo`llaniladigan nutq uslubi PUBLISTISTIK uslubi deyiladi.
4.Badiiy uslub .-ma`lum bir voqealikni badiiy tasvir vositalari orqali obrazli ifodalovchi va shu yo`l bilan tinglovchiga estetik tasir etuvchi nutq uslubi badiiy uslubdir
5.Rasmiy uslub-.Adabiy tilning yozma rasmiy shakliga xos bo`lib, muyyan nutqiy qolib, qa`tiy odat tusiga kirib qolgan shakllarga ega nutq uslubi rasmiy uslubdavlat idoralarida chiqariladigan qonunlar nizomlar hatlar rasmiy uslubda bo`ladi.bu sulubda barcha hujjatlar aniq qilib tuziladi.
6.Orfografik tamoyillari-5 ga bo`linadi 1.Fonetik tamoyil-qo`shimchalar qanday aytilsa shunday yoziladi.M:buloq+ga. 2.Morfologik tamoyil-so`z va qo`shimchalar talaffuziga so`z va qo`shimchalar tallafuziga qarab emas , qabul qilingan qoidalar asosida yoziladi.M:ketti emas ketdi.aytipti emas aytibdi. 3.Shakliy tamoyi-boshqa tillardan kirib kelgan so`zlar qanday yozilgan bo`lsa shu shaklda saqlanadi. M;ustol emas stol kabi. 4.Tarixiy-ananviy ta`moyil-bunga ko`ra so`zlar tarixan qanday yozilgan bo`lsa, bugungi kunda shunday yoziladi. M;Germaniya-olamoniya Yevro`pa-ovro`pa
5.Farqlash tamoyili- bu ta`moyil so`z ma`nolarining tutuq belgisi va urg`u yordamida farqlanishini tushuntiradi:sa`va –sava san`at-sanat kabi.
7.Ilmiy uslub turlari. 2ga bo`linadi.
1.Sof ilmiy uslub-muayyan fan sohasidagi kishilar uchun mo`ljallanadi.shu bois bu uslubda fanning ma`lum sohasiga doir atamalar keng qo`llananiladi.
2.Ilmiy ommabop uslub –ushbu uslub turida esa fan yutuqlarini keng ommaga yetkazish maqsad qilinad.shuning uchun bunday uslub publististik uslubga yaqinroq bo`ladi. Ma`lum fan sohasiga doir atamalar qo`llanilsa ham ,lkin bu atamalar xalqqa tushunarli bo`lishi uchun izohlanadi.
Download 117.64 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling