1. Moddiy zaxira tushunchasi. Zaxiralar hosil qilishning zarurligi. Zaxiralarning asosiy turlari
Download 28 Kb.
|
Qishloq xo‘jaligi logistikada zaxiralar
- Bu sahifa navigatsiya:
- Adabiyotlar ro‘yxati
3.Zaxiralarning asosiy turlari.
Ta’kidlab o‘tilganidek, zaxira tushunchasi moddiy ishlab-chiqarishning barcha sohalariga tegishlidir. Chunki moddiy oqim xom-ashyo manbaidan so‘nggi iste’molchi-gacha bo‘lgan «zanjirni» istalgan bo‘g‘inida zaxira ko‘rinishida to‘planishi mumkin. Har bir bo‘g‘indagi zaxiralarni boshqarish esa o‘z xususiyatlariga egadir. Yuqorida tilga olingan «zanjir» bo‘ylab xarakatlanish chog‘ida zaxiralarning 2 ta asosiy turi yaratiladi (9.1-rasm): ishlab-chiqarish zaxiralari; tovar zaxiralari; O‘z navbatida ularning har biri ham uchta turga bo‘linadi: joriy zaxiralar; ehtiyot zaxiralar; mavsumiy zaxiralar; Ishlab-chiqarish zaxiralari – bu ishlab-chiqarish iste’moli uchun mo‘ljallan-gan, moddiy ishlab-chiqarishning barcha tarmoqlari korxonalarida mavjud bo‘lgan za-xiralardir. Bu zaxirani yaratishdan maqsad – ishlab-chiqarish jarayonini uzluksizli-gini ta’minlashdir. Misol tariqasida qishloq xo‘jalik mahsulotlarini qayta ish-lash korxonasidagi ushbu mahsulotlar zaxirasini keltirish mumkin. Tovar zaxiralari – bu ishlab-chiqaruvchi korxonalardagi tayyor mahsulot zaxi-ralari, va shuningdek yetkazib beruvchidan iste’molchiga qadar bo‘lgan yo‘ldagi zaxi-ralardir (ulgurji va chakana savdo korxonalaridagi). Tovar zaxiralari o‘z navbatida ishlab-chiqarish vositalarining tovar zaxirala-ri va iste’mol buyumlarining tovar zaxiralariga bo‘linadi. Masalan, traktor ish-lab-chiqarish uchun lozim bo‘lgan qismlar (shina, motor va x.) zaxirasi bu ishlab-chiqa-rish vositalari tovar zaxirasidir. Turli xil sharbatlar, yog‘, sut mahsulotlarining zaxirasi esa bu iste’mol buyumlarining tovar zaxiralariga kiradi. Aytib o‘tilganidek ishlab-chiqarish zaxiralari ham joriy, ehtiyot va mavsumiy-larga bo‘linadi. Adabiyotlar ro‘yxati Anikin B.A. Logistika: Ucheb.posobiye. M.: Infra M. 2000 g. Anikin B.A Praktikum po logistike. Uchebnoye posobiye. Moskva Infra-M 2002 g. Gadjinskiy A.M. “Logistika” M 2003 g.– 407 s. Gadjinskiy A.M. Praktikum po logistike. M.: IVS «Marketing», 2001 g. Mirotin L.B., Sergeyev V.I. Osnovi logistiki. Uchebnoye posobiye. Moskva, “Infra-M”, 1999 g. Nerush Y.M. Logistika. Uchebnik dlya vuzov.-3-ye izd., pererab. i dop.- M.: YUNITI-Dana, 2003 g. Nerush Y.M. “Kommercheskaya logistika” M “Banki i birji” Izdatelskoye obyedineniye “YUNITI” 1997 g.-240 s. Sarkisov S.V. Upravleniye logistikoy. Uchebnoye posobiye. Moskva ZAO «Biznes-shkola «Intel-Sintez» 2001 g. Samatov G‘.A. Y.K.Qoriyeva. B.Payziyev. Raqobat muhitida xalqaro transport tizimi faoliyatining logistik ishonchligi. Toshkent 2003 y. Chudakov A.D. Logistika. Uchebnik. M.: OOO «Izdatelstvo RDL», 2001 g. Ballou R.H. Basic Buisness logistics. New York, 1987 g. Cristopher M. The Strategy of distribution management. London, 1986 y. Kearney A.T. Logistics Productivity the Competitive edge in Europe. – Chicago, 1994 y. Magee J., Capacino W., Rosenfiueld D. Modern logistics management. – New York, 1986 y. Download 28 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling