1. Moddiy zaxira tushunchasi. Zaxiralar hosil qilishning zarurligi. Zaxiralarning asosiy turlari
Zaxiralar hosil qilishning zarurligi
Download 28 Kb.
|
Qishloq xo‘jaligi logistikada zaxiralar
2.Zaxiralar hosil qilishning zarurligi.
Ishbilarmonlar moddiy zaxiralarni yaratayotganda tayanadigan asosiy omillar quyidagilar. Talabning o‘zgarish ehtimoli (chiquvchi moddiy oqim intensivligini bashorat qilib bo‘lmaydigan pasayishi). Tovarga bo‘lgan talab o‘zgarib turadi, va uni o‘zgari-shini har doim ham oldindan bilib bo‘lmaydi. Shuning uchun, agarda yetarlicha zaxira-ga ega bo‘lmasa to‘lov qobiliyatiga ega bo‘lgan talab qondirilmasligi mumkin, ya’ni ishbilarmonda tovar bo‘lmagandan keyin mijozning puli o‘zida qolib u xaridsiz ke-tib qoladi. Tovarlarning ayrim turlariga bo‘lgan talabni mavsumiy o‘zgarishi. Bu ay-niqsa qishloq xo‘jaligi mahsulotlariga tegishlidir. Masalan, O‘zbekistonda kar-toshka hosili yig‘iladi. Ammo kartoshka oqimlari tovar o‘tkazuvchi zanjirlar (bo-zorlar, do‘konlar) bo‘ylab yil davomida xarakatlanadi. Demak, qayerdadir zaxira yi-g‘ilishi lozim bo‘ladi. Tovarlarning yirik partiyalarini xarid qilganlarga beriladigan chegirma-lar ham zaxiralar yaratishning sababchisi bo‘lishi mumkin (ayrim yurtdoshlarimiz aynan shu sababli uylarida oziq-ovqatlarning nisbatan katta zaxiralarini saqlay-dilar). Mahsulotlarni olib-sotish. Ayrim tovarlarning narxi keskin oshib ketishi mumkin. Bu oshishni oldindan ko‘ra bilgan korxona, bozor narxini o‘zgarishi hisobi-ga foyda olishni ko‘zlab zaxira yaratadi. Buyurtmani joylashtirish va yetkazib berish bilan bog‘liq bo‘lgan xara-jatlarning kamayishi. Har bir yangi buyurtmani rasmiylashtirish va yetkazish jarayoni qator xarajat-lar bilan kuzatiladi: ma’muriy xarajatlar: yetkazib beruvchini izlash, u bilan muzokaralar olib bo-rish, xizmat safarlari, shaharlararo telefonda so‘zlashuvlar va hokazolar; buyurtmani tashishga bo‘lgan xarajatlar; Oxirgi usul, odatda, eng qimmat bo‘ladi, chunki u zaxiralarni saqlashni talab etadi. Ammo raqobat muxitida aynan ushbu omil hal qiluvchi bo‘lishi mumkin. Ehtiyot qismlar bo‘lmaganligi uchun yuzaga keladigan ishlab-chiqarishdagi to‘xtashlarni kamaytirish. Asbob-uskunalarni ishdan chiqishi, ehtiyot qismlar-ning zaxirasi bo‘lmagan taqdirda, ishlab-chiqarish jarayonining to‘xtab qolishiga olib kelishi mumkin. Bu ayniqsa uzluksiz ishlab-chiqarish jarayoniga ega bo‘lgan kor-xonalar uchun muhimdir, chunki ishlab-chiqarishning to‘xtab qolishi ular uchun qim-matga tushishi mumkin. Ishlab-chiqarishni boshqarish jarayonining soddalashuvi. Bunda korxona ichi-dagi ishlab-chiqarish jarayonining turli bosqichlarida yarim tayyor mahsulotlar zaxi-ralarini yaratish tushuniladi. Ushbu zaxiralarning mavjudligi har xil uchastkalar-dagi ishlab-chiqarish jarayonlarining o‘zaro kelishuvchanligiga bo‘lgan talablarni pa-saytirish imkonini beradi. Yuqorida qayd etilgan tamoyillarda ta’kidlanishicha ishlab-chiqarish, savdo va boshqa sohalarda ham zaxiralarni yaratish maqsadga muvofiqdir, aks holda xarajat-lar oshib ketadi. Shu bilan birga zaxiralarning optimal kattaligini topish ham mu-him ahamiyat kasb etadi. Jarayonlarni logistik tarzda tashkil etilishi, zaxiralar darajasini oshirmas-dan bir birlik mahsulotni ishlab-chiqarish bilan bog‘liq bo‘lgan xarajatlarni ka-maytirishga, extiyot qismlarining yo‘qligi sababli, ishlab-chiqarishda yuzaga kelgan to‘xtashlarni minimallaashtirishga, va zaxiralarning qator boshqa funksiyalarini amalga oshirishga imkon beradi. Download 28 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling