Ilmiy-nazariy adabiyotlar:
Алишер Навоий: қомусий луғат. 1-2-жилдлар /Масъул муҳаррир Ш.Сирожиддинов. – Т.: SHarq, 2016.
Илми балоға фанидан маърузалар. Тузувчи З.SHарипов. – Т.: Movarounnahr, 2014.
Исҳоқов Ё. Сўз санъати сўзлиги. – Тоshкент: Зарқалам, 2006.
Исҳоқов Ё. Навоий поэтикаси (“Ҳазойинул маоний” асосида). – Тоshкент: “Фан” наshриёти, 1983. – 168 б.
Куделин А. Средневековая арабская поэтика (вторая половина VIII-XI век). – М.: Наука, 1983.
Литературный энциклопедический словарь /Под общей редакцией В.М.Кожевникова и П.А.Николаева. – М.: Советская энциклопедия, 1987.
Мусульманкулов Р. Персидско-таджикская классическая поэтика (X-XV вв.). – М.: Наука, 1989.
Рустамов А. Навоийнинг бадиий маҳорати. – Т.: Адабиёт ва санъат, 1979.
Шарқ мумтоз поэтикаси: Манба ва талқинлар / Наshрга тайёрловчи, талқин ва shарҳлар муаллифи Ҳ.Болтабоев. – Т: Ўзбекистон миллий энциклопедияси, 2006.
Қуронов Д. ва боshқалар. Адабиётshунослик луғати. – Тоshкент: Akademnashr, 2010.
Dars maqsadi: Navoiy she`riyatining ko’lami haqida tuShuncha berish, devonlar tartibi va tarkibi haqida ma`lumot, devon tahlili ko’nikmasi.
Dars vositalari: zaruriy adabiyotlar, Alisher Navoiyning nashr ettirilgan asarlari (MAT, 1987-2003), izohli lug’atlar, internet ma’lumotlari.
Qo‘llaniladigan ta’lim texnologiyalari: Blits so’rov, an`anaviy ma`ruza, suhbat, qisqa muddatli test.
3-mavzu. Qit’alarni sharhlash mezonlari. Kichik lirik janrlar sharhi: ruboiy, tuyuq va fardlar
RЕJA:
Mavzu mundarijasiga ko‘ra tasnif: diniy-tasavvufiy, axloqiy-ta’limiy, hasbi hol, ijtimoiy, ishqiy mavzudagi qit’alar.
Qit’alarning sarlavhalari va mazmun-mohiyati o‘rtasidagi uyg‘unlik.
Ruboiylarning mavzu mundarijasiga ko‘ra tasnifi.
Tuyuqlarda shakldosh so‘zlar va ma’no tanosubi.
Fardlarda Navoiy hikmatlarining aks etishi.
"Xazoyin ul-maoni" tarkibidagi hamma devonlarda mavjud bo’lgan qit`alarning soni 210 tani tashkil etadi.
Ammo Alisher Navoiyning qit`alari nasriy asarlarida ham ko’plab uchraydiki, ularning hammasi ham "Xazoyin ul-maoni" tarkibiga kiritilgan emas.
"Xazoyin ul-maoni" dagi qit`alar shakl va mazmun jihatidan mumtoz she`rShunoslikning mazkur nav` (janr) oldiga qo’ygan talablariga mosdir. Alisher Navoiy o’z qit`alarining ahamiyati haqida Shunday yozadi:
Mundoq muqattaotkim, men yig’misham erur,
Har bir hadiqai xirad aylar uchun farog’.
Majmo’in uyla kishvare anglaki, sathini,
Hikmat suyidin aylamisham qit`a-qit`a bog’.
Mazmuni: Men yiqqan qit`alarning har biri osoyishta yashash uchun bilim bog’laridir. Ularning barchasini bir mamlakat deb tasavvur etsang, har bir qit`ani esa donishmandlik suyi bilan sug’orilgan bog’ deb bilgil. Alisher Navoiyning ta`kidlaganidek, uning turli mavzularda bitilgan qit`alari hayotiy tajriba hikmatlari va donishmand mutafakkirning kuzatishlari natijasidir. Shuning uchun shoir qit`alarga alohida e`tibor berib, ularni sarlavhalar bilan ham ta`minlagan. qit`a va uning sarlavhalari yaxlit olinganda shoir aytmoqchi fikr, ko’zda tutilgan maqsad yaqqol namoyon bo’ladi. Shunisi ham borki, qit`alarga yozilgan sarlavhalarning har biri maqol va hikmatli so’z darajasiga ko’tarilgan. Masalan, "Yomon yomonligini qilmasa, yaxshilig’cha bor va bir yaxshilig’ qilsa, o’n yaxshi qilig’cha, " "Falokatdin ayog’iga kashf bo’lmag’anga chun kafsh uchun ayog’i bor, Shukr vojibdur", "Do’stdinkim, dushman xo’yi bo’lg’ay, dushman yaxshiroqdurki, do’st ro’yi bo’lg’ay" va boshqalar.
“Arba'in” yoki “Chihil hadis” (“Qirq hadis”) – inson axloq-odobiga doir 40 hadisning she'riy tarjimasi bo‘lib, 1481-yilda yaratilgan. Asar an'anaviy hamd va na't bilan boshlanadi. Muqaddima – “Sababi ta'lifi manzuma”da Navoiy ustozi Abdurahmon Jomiy sahih hadislardan 40 tasini tanlab olib, forsiy tilda “Arba'in” yaratganini, lekin turkiy kitobxon bu chashmadan bebahra ekanligini aytib, Jomiyning ruxsati bilan Shu 40 hadisni turkiy tilga tarjima qilganligini yozadi:
Do'stlaringiz bilan baham: |