1-Modul: Biomexanika asoslari
Reja
Biofizika predmeti.
Qattiq jismlar haqida tushuncha.
Muskullar deformatsiyasi.
Tovush, uning fizik va fiziologik xossalari.
Tibbiyot va veterinariyada tovush usullaridan foydalanish.
Ultra- va infratovushlar, ularning tirik organizmga ta’siri.
Shovqin va undan himoyalanish.
Tayanch so’z va iboralar: Deformasiya, elastiklik (Yung ) moduli, mustahkamlik chegarasi, oquvchanlik qismi, elastin, kollogen, siljish, siqilish, buralish, chp’zilish, mexanik kuchlanish, nisbiy uzayish va siqilish, chastota, intensivlik, qattiqlik, tovush balandligi, tembr, yuksaklik, Bell, shovqin, auskultasiya, perkussiya, spektr, infratovush, ultratovush, ultratovush defektoskopiyasi, ultratovush xirurgiyasi.
Biofizika predmeti.
Biofizika va radiobiologiyafani fizik va fizik-kimyoviy jarayonlarni, biologik tizimlar ultrastrukturasini tashkil qilishning hamma soxalarida submolekulyar va molekulalardan to to’qima va to’liq organizmgacha o’rganadi. Tirik organizmda sodir bo’ladigan turli jarayonlarning murakkabligiga va o’zaro bog’liqligiga qaramasdan, ular ichidan fizik jarayonga yaqinlarini ajratib olish mumkin. Masalan: qon aylanishi, bu jarayon suyuqlikning oqimi (gidrodinamika), tomirlar bo’ylab elastik to’lqinlarning tarqalishi (akustika), yurakning ishi va quvvati (mexanika), biopotensiallar generasiyasi (elektr), nafas olishda gaz harakati (aerodinamika), issiqlik uzatish (termodinamika), bug’lanish (fazoviy o’tishlar) va hokozo bo’limlarda o’rganiladi.
Biofizika va radiobiologiya quyidagi maqsad va yo’nalishlarga ega:
- kasallik diagnostikasi va biologik tizimlarni tadqiq qilish;
- davolash maqsadida organizmga turli fizik omillar bilan ta’sir qilish;
- tibbiyot va veterinariyada foydalaniladigan materiallarning fizik xossalari;
- atrof muxitning fizik xossalari va xarakteristikasi; tibbiyot, texnika, hisoblash mashinalari va matematika.
Davolash sohasida ishlovchilarga fizik-matematik bilimlar yana shuning uchun zarurki, ular tirik organizmga va unda sodir bo’layotgan jarayonlarga materialistik nuqtai nazardan yondoshishga o’rgatadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |