1-modul. Boshlang`ich ta’limda tabiiy fanlar pedagogik fan 1-Mavzu


Boshlang‘ich taʼlimda tabiiy fanlarning


Download 72.16 Kb.
bet2/5
Sana02.06.2024
Hajmi72.16 Kb.
#1833758
1   2   3   4   5
Bog'liq
1-ma`ruza (1)

Boshlang‘ich taʼlimda tabiiy fanlarning boshqa fanlar bilan bog‘liqligi. Boshlang‘ich taʼlim tabiiy fanlari asosan, botanika, zoologiya, biologiya, geografiya, fiziologiya, anatomiya, gigiyena, psixologiya, pedagogika, agrotexnika, meteorologiya, mantiq kabi fanlar bilan chambarchas bog‘langan. Shu fanlar bilan bo‘ladigan aloqa o‘qituvchining o‘sha fan asoslarini egallagan bo‘lishida, ularning eng muhimlarini ajrata olish, materiallarni o‘quvchilarning yosh xususiyatlariga mos holda tushuntira olish uquvlarida namoyon bo‘ladi. Shaxsning kamol topishi va rivojlanishi uning ayrim ishlarni o‘z ichiga olgan faoliyat jarayonida kechadi. Bunda u yoki bu faoliyat turining - o‘qish, mehnat, o‘yin, muloqot dalillari alohida ahamiyatga ega. Muloqot dalillari har qanday darsning tarkibiiy qismi bo‘lishi kerak. Uni o‘qituvchi hisobga olmasa, tabiat to‘g‘risidagi bilimlarni tushuntirish imkoniyatini pasaytirib yuboradi.
Tabiat bilan to‘g‘ri tashkil qilingan muloqot kichik yoshdagi maktab o‘quvchilarida go‘zallikni his etishni boyitadi va chuqurlashtiradi, ularda o‘z harakati va faoliyatini o‘zi baholay olish qobiliyati rivojlanadi, bu xislatlar xulq-atvorning odobiy hamda axloqiy normalarini anglash, atrofdagilarga nisbatan mas‘uliyat hamda burchni tarbiyalash uchun zarurdir. Tabiat bilan muloqot jarayonida o‘rtoqlariga, kattalarga hurmat va mehr-munosabat vujudga keladi.
Boshlangich taʼlimda tabiiy fanlar o‘rganadigan va ishlab chiqadigan masalalar.
Tabiiy fanlar o‘rganadigan va ishlab chiqadigan masalalar doirasiga quyidagilar kiradi:

  • o‘quv fani sifatida tabiiy fanlarning ta‘lim va tarbiyaviy ahamiyati, uning tarbiya tizimidagi o‘rni;

  • o‘quv materialining mazmuni va uni taqsimlanish tizimi;

  • o‘qitishning shakl va metodlari, shuningdek, o‘quvchilarni tashkil etish holati;

  • o‘quvchilarning o‘quv materialini o‘zlashtirish jarayoni va o‘qitish natijalarini hisobga olish;

  • jihozlash va o‘quv qurollaridan foydalanish;

  • darsdan va sinfdan tashqari ishlar, o‘qitishning moddiy bazasi.

  • tabiiy fanlarni o‘qitish metodikasi tabiat hodisalarini o‘zaro bog‘lanishida va rivojlanishini o‘rganishga imkon beradi.


Download 72.16 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling