1-modul. Boshlang`ich ta’limda tabiiy fanlar pedagogik fan 1-Mavzu


Boshlangich taʼlimda tabiiy fanlar


Download 72.16 Kb.
bet4/5
Sana02.06.2024
Hajmi72.16 Kb.
#1833758
1   2   3   4   5
Bog'liq
1-ma`ruza (1)

Boshlangich taʼlimda tabiiy fanlar predmet vositasida o‘quvchilarni qanday o‘qitish va tabiat vositasida qanday tarbiyalash kerak degan savolga javob be­radi. O‘quvchilarga beriladigan rivojlantiruvchi ta’lim va tarbiyaning eng samarali usullarini geografiya o‘quv materiallari mazmuni orqali berilishini ta’minlaydigan yo‘l-yo‘riqlar bera oladi.
Metodika o‘qitish vositalari, o‘quv moddiy bazaning tashkil qilish va ish mazmunini belgilab berish masalalarini yechib beradi.
Boshlangich taʼlimda tabiiy fanlar kursining asosiy g‘oyasi jonsiz tabiat omillarining aloqasini mohiyatini ochishdan, o‘simlik va hayvonlar hayoti tabiat komponentlarining ta’siri, odamning tabiatga ta’siri, odamning tabiat elementlaridan ratsional foydalanishi, tabiatni muhofaza qilish, uning resurslarini qayta tiklash masalalari maktab tabiatshunosligi dasturida o‘z aksini topgan.
Shaxsning kamol topishi va rivojlanishi uning ayrim ishlar, munosabat va xarakterini o‘ziga olgan faoliyat jarayonida boradi. Bunda u yoki bu faoliyat turining o‘qish, mehnat, o‘yin, muloqotlaming dalillari (motivlari) alohida ahamiyatga ega. Muloqot dalillari har qan­day darsning tarkibiy qismi bo‘lishi kerak. Uni o‘qituvchi hisobga olmasa, tabiat to‘g‘risidagi bilimlar imkoniyatini pasaytirib yuboradi.
Shunday qilib, tabiat bilan to‘g‘ri tashkil qilingan muloqot kichik yoshdagi maktab o‘quvchilarida go‘zallikni his etishni shakllantiradi, ularda o‘z harakati va ishini o‘zi baholay olish qobiliyatini rivojlantiradi, bu xislatlar xulq - atvorning odobiy hamda axloqiy me’yorlarini anglash, atrofdagilarga nisbatan ma’suliyat hamda burchni tarbiyalash uchun zarurdir. Tabiat bilan muloqot jarayonida o‘rtoqlariga, kattalarga hurmat va mehr vujudga keladi.
Boshlangich taʼlimda tabiiy fanlarni o‘qitish tabiatdagi ayrim narsa - hodisalar va o‘simlik va hayvonlar hamda odamning tashqi xususiyatlari bilan tanishtirishdangina iborat emas. Tabiiy fanlarni o‘qitish jonli va jonsiz tabiatning har xil obyektlari o‘rtasidagi, jonli tabiat bilan odamlar mehnati o‘rtasidagi o‘zaro aloqalami kichik yoshdagi maktab o‘quvchilari tushuna oladigan shaklda ochib berishi, jonajon tabiatga mehr-muhabbatni, uning boyligini qo‘riqlash va ehtiyotlik bilan foydalanish zaminida tarbiyalashi kerak.
Boshlangich taʼlimda tabiiy fanlar kursi tabiat hodisalarining keng doirasini qamrab oladi, shu munosabat bilan ba’zan o‘rganilayotgan hodisalar bilan o‘zaro bog‘liq holda kuzatishlar olib borish qiyin bo‘ladi. Shuning uchun ham tabiiy fanlarni dastlab o‘rganish uchun obyektlar tanlashda quyidagilarni: o‘quvchilaming yosh xususiyatlarini, o‘rganilayotgan materialning tushunarli bo‘lishini, uning ta’limiy va rivojlantiruvchi ta’sirini, o‘lkashunoslik materiali bo‘lishini, olingan bilimlami maktab tirik tabiat burchagi va o‘quv-tajriba maydonchasidagi ishlar bajarilishida foydalanish imkoniyatini hisobga olish zarur.
Tabiatdagi mustaqil kuzatishlarsiz kichik yoshdagi o‘quvchilarda kuzatuvchanlikni rivojlantirib bo‘lmaydi, tirik organizmlarni bevosita o‘rganmasdan turib o‘simlik va hayvon­lar hayotini tushunib bo‘lmaydi, o‘simliklami o‘stirish va hayvonlarni parvarish qilish bo‘yicha amaliy ishlar bajarilmasdan qishloq xo‘jalik mehnatining amaliy o‘quv hamda ko‘nikmalarini hosil qilib bo‘lmaydi.
Qo‘llaniladigan har qanday metodning ahamiyatini, о‘quvchilaming materialni o‘zlashtirganligini, ularda zarur tasavvur va tushunchalarning shakllantirilganligini tarbiyaviy natijalarni aniqlamasdan turib bilib bo‘lmaydi. Faqat shu ma’lumotlarga asoslanib, har qanday metodni to‘g‘ri baholash mumkin.
O‘qitish metodlari to‘g‘risidagi masalani ishlab chiqish bilan mashg‘ulotlaming o‘quv jihozlari to‘g‘risidagi masalalar ham chambarchas bog‘liqdir, chunki o‘quv qurollari va boshqa jihozlar geografiya tasawurlari va tushunchalami shakllantirishning asosi hisoblanadi. Tabiiy fanlarni o‘qitish metodikasi, shuningdek o‘qitishning moddiy bazasi geografiya xonasi, tirik tabiat burchagi, o‘quv - tajriba maydonchasi, o‘qitishning texnika vositalarini tashkil etish va foydalanish masalalarini ham qarab chiqadi, bularsiz geografiya­ni o‘qitishni to‘g‘ri olib borish mumkin bo‘lmaydi.
Tabiiy fanlarni o‘qitish metodikasi boshqa fanlar bilan hamkorlikda faoliyat ko‘rsatadi. Avvalo bu fan biologiya va geografiya bilan uzviy bog‘langan, uning bilimlarini o‘z ichiga oladi, yangi maktab tabiatshunosligi predmeti: mazmuniga asoslanadi. Fanning o‘ziga xos xususiyati shuki, u tirik organizmlaming, ularning rivojlanishini, mavsumiy o‘zgarishlari bilan bog‘lab o‘rganish hisoblanadi. Tabiiy fanlar kursi mazmunida ham mavsumiylik tamoyiliga asoslanadi. Shu bois o‘qituvchi biologik va geografik bilimlami yaxshi bilishi, fan yangiliklaridan xabardor bo‘lishi zarur.
Qo‘llaniladigan har qanday metodning ahamiyatini, о‘quvchilarning materialni o‘zlashtirganligini, ularda zarur tasavvur va tushunchalarning shakllantirilganligini tarbiyaviy natijalami aniqlamasdan turib bilib bo‘lmaydi. Faqat shu ma’lumotlarga asoslanib, har qanday metodni to‘g‘ri baholash mumkin. O‘qitish metodlari to‘g‘risidagi masalani ishlab chiqish bilan mashg‘ulotlaning o‘quv jihozlari to‘g‘risidagi masalalar ham chambarchas bog‘liqdir, chunki o‘quv qurollari va boshqa jihozlar tabiiy fanlarni o‘qitishda o‘quvchilarning tasavvurlari va tushunchalarini shakllantirishning asosi hisobla­nadi. Tabiiy fanlarni o‘qitish metodikasi, shuningdek, o‘qitishning moddiy bazasi tabiiy fanlar xonasi, tirik tabiat burchagi, o‘quv - tajriba maydonchasi, o‘qitishning texnika vositalarini tashkil etish va foydalanish masalalarini ham qarab chiqadi, bularsiz tabiiy fanlar­ni o‘qitishni to‘g‘ri olib borish mumkin bo‘lmaydi.
Hozirgi kunda metodikaning fan sifatida qaror topishida integratsiya (birlashish), sintez - barcha ilmiy materiailarning muammolar bo‘yicha to‘planishi hamda tahlil qilinishi, umumlashtirilishi, tizimga solinishi va yagona ilmiy nazariyaga keltirilishi alohida o‘rin egallaydi. Metodika o‘qituvchi ijodi uchun ta'lim va tarbiyaning boy xazinasidagi xilma-xil metodlar, usullar va vositalarni bilib olishga keng imkoniyatlar ochib beradi.



Download 72.16 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling