mexanizmlarning burchak holatlarini o‘lchovchi elementlar(halqali potensiometrlar, aylanuvchi transformatorlar); avtomatik qurilmalarning ijro etuvchi mexanizmlari(elektrli, gidravlik, pnevmatik va boshqa turli). Har qanday boshqarish jarayoni to‘rtda tashkil etuvchilarga bo‘linishi mumkin: ob’yekt holati parametrlarining qiymatini berish yoki boshqarish haqidagi ma’lumotni olish; ob’yekt holati haqidagi ma’lumotni olish; olingan ma’lumotni qayta ishlash va qaror qabul qilish, ya’ni boshqarish signalini shakllantirish; shakllangan boshqarish signalini amalga oshirish - ishlab chiqiqgan boshqarish signaliga mos ravishda boshqarish ta’sirini amalga tadbiq etish. Avtomatik boshqarishni tadbiq etish uchun mos zaruriy elementlar quyidagilardir: Topshiriq beruvchi (zadayushiy), o‘lchovchi, boshqaruvchi(rostlovchi) va ijro etuvchi lementlar.
Avtomatik boshqarishni tadbiq etish uchun mos zaruriy elementlar quyidagilardir: Topshiriq beruvchi (zadayushiy), o‘lchovchi, boshqaruvchi(rostlovchi) va ijro etuvchi lementlar.
Topshiriq beruvchi element (zadatchik) deb, boshqarish maqsadiga mos siganllarni ishlab chiqaruvchi elementga aytiladi. Topshiriq beruvchi qurilma sifatida oddiy reostatli zadatchiklar, kontaktli buyruq-apparatlar, kontaktsiz dasturiy qurilmalar va boshqalar ishlatilishi mumkin.
O‘lchovchi element ob’yekt holatini, ob’yektning chiqish parametrlarini, shuningdek tashqi muhit parametrlarini va ushbu ma’lumotni tizimning boshqaruvchi elementiga uzatishni nazorat qilish uchun xizmat qiladi.
Boshqaruvchi (rostlovchi) element oddiy holatda boshqariluvchi(rostlanuvchi) qiymatni berilgan qiymatdan og‘ishiga proporsional boshqarish(rostlash) signalini ishlab chiqaradi. Odatda boshqaruvchi element(regulyator) juda murakkab tuzilishga ega va huddi boshqa turli elementlar(kuchaytirgichlar, filtlar, qo‘shuvchi(jamlovchi) va h.k) dan tashkil topgan tizim deb ko ‘rish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |