1-modul. Hayot faoliyati xavfsizligining nazariy asoslari 1-mavzu. “Hayot faoliyati xavfsizligi” faniga kirish


Download 0.96 Mb.
bet3/9
Sana01.11.2023
Hajmi0.96 Mb.
#1737034
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
1-MAVZU. “HAYOT FAOLIYATI XAVFSIZLIGI” FANIGA KIRISH

Xavflar ro‘yxati — bu aniq bir tartiblar bo‘yicha qo‘yilgan nomlar, atamalardir (o‘zgaruvchan harorat, havo tezligi, bosim, yoruglik, havoni ionizatsiyalash, portlash, gerbitsid, shovqin, tebranish, yong‘in, zaharli moddalar, lazer nuri, elektr yoyi va h.k.). Har bir tekshiriladigan obyektda o‘tkaziladigan aniq tekshirishlar uchun shu obyekt (sex, ish joyi, texnologik jarayon, kasb) da uchraydigan xavflar ro‘yxati tuziladi.
Xavflar kvantifikatsiyasi hayotiy faoliyat xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan tadbirlar uchun yetarli darajada kerak bo‘lgan miqdoriy, vaqtincha, fazoviy va boshqa xususiyatlarni aniqlab amalga oshirish jarayonidir. Tenglashtirish jarayonida aniq bir masalani hal qilishda xavflar ro‘yxati, zarar va boshqa omillar aniqlanadi.
Sabab va oqibatlar. Yashirin xavflaming amalga oshishiga olib keladigan sharoit - sabab deb ataladi. Sabablar jarohatlar, yuqumli kasalliklarning keng tarqalishi (epidemiya), atrof-muhitga zarar va boshqa xil oqibatlami keltirib chiqaradi.
Xavf, sabab, oqibat uchligi — bu yashirin xavflami va zararlami amalga oshiruvchi mantiqiy jarayondir. Masalan: zahar (xavf) — dori tayyorlovchining xatosi (sabab) — zaharlanish (ko‘ngilsiz oqibatlar).
Mutlaq xavfsiz bo‘lgan ish (faoliyat) bo‘lishi mumkin emas. Demak, faoliyat qanday bo‘lmasin, unda yashirin xavf bo‘ladi. Bu aksioma hayotiy faoliyat xavfsizligida metodologik ahamiyatga ega.
Tavakkal nazariyasi. 1950 -yil sentabr oyida Germaniyaning Kyoln shahrida bo‘lib o‘tgan birinchi jahon kongressida Hayotiy faoliyat xavfsizligi fan deb qabul qilindi. Olimlar o‘z ma’ruzalarida «tavakkal» tushunchasini qo‘lladilar va bu tushunchani har bir olim o‘zicha talqin qildi. Masalan, V. Marshal «tavakkal, bu xavfning miqdoriy bahosidir» deydi. Miqdoriy baho ko‘ngilsiz hodisalarning aniq bir davr ichida bo‘lib o‘tgan sonining bo‘lishi mumkin bo‘lgan soniga nisbatidir. «Tavakkal» ni aniqlashda nimani «tavakkali» deyish mumkin savoliga javob berish kerak.

Download 0.96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling