1-modul. Konchilik mashinalari va uskunalari 1-mavzu


Download 75.45 Kb.
Sana16.06.2023
Hajmi75.45 Kb.
#1516243
Bog'liq
1-modul. Konchilik mashinalari va uskunalari 1-mavzu. Kirish. Ko

1-modul. Konchilik mashinalari va uskunalari 1-mavzu.


Kirish. Kon mashinalari va komplekslari fanning maqsad va vazifalari.

Reja:


  1. Kon mashinalarining konchilik ishlab chiqarishidagi tutgan o’rni.

  2. Konchilik mashinalarining funksional guruxlari va ularning bajaradigan vazifalari.

  3. Foydali qazilmalarni qazib olishning va ushbu jarayonlarda ishlatiladigan mashina va mexanizmlarning rivojlanish bosqichlari.

  4. Kon korxonalarini elektrlashtirishning ahamiyati.



Tayanch so’zlar va iboralar: Kon, kon mashina, tarport mashina, turg’un mashina, kon korxonalarini elektrlashtirish,


Matn: Kon mashinalari turlarining bajaradigan vazifalariga ko’ra texnologik bog’liqligi.Ma'lumki, xalq xo’jaligining asosiy tarmoqlaridan biri konchilik soxasidir. Kon korxonasining qanchalik rivojlanganligini, uning qanchalik quvvatliligini albatta shu korxonada qo’llanilayotgan ishlab chiqarish mashina va mexanizmlari orqali izoxlanadi. Bu borada ishlab chiqarish jarayoni kompleks mexanizatsiyalashgan va avtomatlashtirilgan texnologiyalarga suyanadi.
Shuning uchun xar bir konchi mutaxassisdan konchilikda ishlatiladigan mashina- mexanizmlar tog’risida yetarli bilimlarga ega bo’lish talab etiladi.
Fanni o’qitishdan asosiy maqsad foydali qazilmalarni qazib olish jarayonlarini, yer osti bushliqlarini o’tish, mustaxkamlash, foydali qazilmalarni va boshqa yuklarni yer osti va yer ustida tashish hamda yordamchi jarayonlarni bajaradigan mashinalarni o’rganishdir. Shuningdek, foydali qazilmalarni qazib olishda zarur bo’lgan turg’un mashinalar: ventilyator, suv chiqarish, kompressor va yuk ko’tarish mashinalarini o’rganishdir.
Fanning asosiy vazifasi talabalarga kon, transport, turg’un hamda kon korxonalarini elektrlashtirishni, elektr ta’minotini, mashinalar turlari, ishlash nazariyasi va tuzilishini o’rgatishdir, ularni ma'lum kon-geologik sharoitlar uchun munosibligini tanlab, hisoblashni o’rgatishdir.
Konchilik soxasida ishlatiladigan barcha mashinalar va mexanizmlarni uchta asosiy guruxga ajratib o’rganiladi.

  1. Kon mashinalari. Bu turkumga asosan foydali qazilmalarni va nokerak tog’ jinslarini yer osti va ochiq usullarda qazib oluvchi, yer osti bushliqlarini (laxim) utuvchi, tog jinslarini burg’ulovchi mashinalar guruxidir. Bu gurux mashinalari ochiq konlarda ishlatiluvchi: bir chumichli va ko’p chumichli ekskavatorlar (qazib-yuklovchi mashinalar, kon pog’onalaridan skvajinalar hosil qiluvchi burg’ulash stanoklari; Yer osti konlarida ishlatiluvchi foydali qazilmalarni qazib oluvchi kombaynlar, laxim o’tuvchi kombaynlar, Yer osti burgulash mashinalari va boshqa yordamchi kon mashinalaridir.

  2. Transport mashinalari. Bu turkumga foydali qazilmalarni yer osti va usti sharoitlarida tashuvchi, xar xil yordamchi materialllar va yuklarni tashuvchi mashinalar o’rganiladi. Bunday mashinalar turkumiga: uzluksiz va uzlukli (davriy) transport vositalari kiradi.

Uzluksiz transport (yukni uzluksiz tashuvchi) vositalariga: konveyer transporta (lentali, ko’rakli va boshqa maxsus konstruksiyali), uz og’irligi bilan, pnevmo va gidroenergiyasi bilan yuk tashuvchi vositalar.

Uzlukli transport (yukni bulak-bulak yoki davriy ravishda tashuvchi) vositalariga: barcha gildirakli yuk tashish vositalari, temir yul transporti, aloxida bo’laklar bilan uzlukli yuk tashuvchi sidirg’ichlar va boshqalar.

  1. Turg’un mashinalar. Bu turkumga foydali qazilmalarni qazib olish va tashishda ishlatiladigan mashina-mexanizmlarga yordam beruvchi, odamlarga va mashinalarga mexnat sharoitlarini yaratishga xizmat qiluchi xamda ma'lum asosiy texnologik jarayonlarni bajaruvchi mashinalar kiradi. Bular kompressor qurilmalar (mashinalarni siqilgan xavo bilan ta'minlovchi), suv chiqarish qurilmalari (nasoslar), ventilyator qurilmalari (shaxtani toza xavo bilan ta'minlaydi) va yuk ko’tarish qurilmalari (shaxta tik stvolida yukni davriy ravishda yer yuzasiga ko’tarib beruvchi) dir. Foydali qazilmani qazib olish jarayonining rivojlanishi quyidagi asosiy bosqichlardan iboratdir:

    1. bosqich. Ko’mir qazib olishning qisman mexanizatsiyalashgan davridir. Bu davr 1945 yillargacha bo’lgan davrni uz ichiga oladi. Bu davrdagi mashinalar 1 m dan ziyod qamrovchi qirqish va qirqib-ag’darib beruchi kombaynlar ishlatilgan (Kirovets, Donbass-1 G, LGD-2M), bo’laklarga bo’lib suriladigan bir zanjirli konveyerlar qo’llanilgan. Bu mashinalar ko’mir qatlamini kichik tezliklarda (0,1-1m/min) faqat bir tomonlama xarakatlanib qazib olgan. Boshqa yordamchi jarayonlar mexanizatsiyalashmagan bo’lgan.

    2. bosqich. Ko’mir qazish mexanizatsiyalashgan bo’lib, keng qamrovchi mashinalar urniga tor qamrovchi kombaynlar (0,5-1 m), katta tezliklarda (0,5-0,7 m/sek), qirquvchi va yuruvchi kombaynlar, bo’laklarga bulinmasdan suriladigan konveyerlar qo’llanilgan. Bunday kombaynlar: MK-67, K-101, 2K-52, BK-52, KSH-1KG kabi kombaynlar ishlab chikarilgan.

    3. bosqich. Kompleks mexanizatsiyalashgan, qisman avtomatlashtirilgan. Bu bosqichda uzi suriladigan mexanizatsiyalashgan gidravlik mustaxkamlagichlar qo’llanilgan. Bunday komplekslarga «Donbass», «KM», «OMKTM», «MK», «KTU» kabilar kiradi.

    4. bosqich. Ko’mirni agregatlar yordamida qazib olish davridir.Barcha yordamchi jarayonlar tula mexanizatsiyalashgan va avtomatlashtrilgan. Bunday agregat komplekslar doimo odam turmasdan ishlay oladi. Bunga A-3 va SA agregatlari misol buladi.

Foydali qazilmalarni qazishga tayyorlash, massivdan ajratib olish, uni transport vositasiga yuklash, tashish, yer yuziga chikarish, foydasiz kon jinslari agdarmasini hosil qilish va boshqa jarayonlar bilan bog’liq bo’lgan ishlar majmui - kon ishlari deyiladi. Ushbu jarayonlarda ishlatiladigan barcha mashina-mexanizmlar bir-birlari bilan uza'ro texnologik bog’liqlikka egadir. Foydali qazilmani qazib olishga tayyorlash ishlari: yer osti konlarida - tayyorlov laximlarini ugish, shpurlar hosil qilish; ochik konlarda - koplama tog jinslarini olib tashlash, qazib olinuvchi bloklarda skvajinalar xosil qilishdan iboratdir. Bu texnologik jarayonlarni uz vaktida sifatli bajarish uchun albatta mos texnik tavsifga ega bulgan mashinalar va uskunalarni ishlatish talab etiladi. Xuddi shuningdek, foydali qazilmani massivdan ajratib olish yoki qazib-yuklash, tashish ishlarida ishlatilayotgan elektromexanik vositalar kam kon korxonasi texnologik zanjiriga mos kelishi lozimdir. Bu iborani oddiy kilib quyidagicha tushuntirish mumkin. Masalan, qazib-yuklash va tashish tizimini olib karaylik. Foydali qazilmani qazib olayotgan kombayn yoki ekskavator katta unumdorlikli bulsada, tashish mashinasi kichik kuvvatli yoki unumdorlikka ega bulsa, bunda tashish ishlari orkada kolib ketadi, kon mashinasi esa bush turib koladi va aksincha. Shuning uchun kon korxonasida ishlatilayotgan xar bir mashina uz texnologik zanjirida xar taraflama bir- biriga mos kelishi talab etiladi.
Ko’mirni qazib olish jarayoni kon maydonini tayyorlashdan tortib to qazib olingan ko’mirni iste'molchiga junatishgacha bulgan uzluksiz texnologik sikldan iborat bulib, bu jarayonlarda ishlatiladigan mashinalar va uskunalar funksional belgilarga karab bir nechta toifalarga bulinadi.
1 .Yordamchi yer osti lakimlarini utuvchi mashina va kompleks uskunalari.

  1. Foydali qazilmalarni qazib oluvchi mashina va kompleks uskunalari.

  2. Yer osti va usti transport mashinalari va komplekslari.

  3. Yuk kutaruvchi, shamollatuvchi, suv chiqaruvchi va pnevmoenergiyaberuvchi turg’un mashinalar.

  4. Boyitish korxonalarining mashina-mexanizmlari.

  5. Energetik uskuna va apparatlar.

O‘zbekistonda konchilik sanoatining taraqqiyoti 1927-1930 yillardan foydali qazilma konlarini qidirib topish, tarkiblarini va zaxiralarini aniqlashdan boshlangan. Keyin Toshkent, Jizzax, Farg‘ona, Andijon, Namangan, Samarqand, Qashqadaryo, Surxondaryo, Navoiy viloyatlarida yoqilg‘i. rangli, qora metallarning qazib oluvchi ochiq va yer osti konlari qurilib ishlab chiqarishga topshirildi va aytilgan foydali qazilmalarni kavlab olish yo‘lga qo‘yildi. Shu bilan birga bir necha boyitish fabrikalari ham qurilib ishga tushirib yuborildi. Bu konlarning barchasida asosiy bo‘lib elektr energiya hisoblanadi. Hozirda bu konlarda zamonaviy mexanizatsiya vositalari, elektr uskunalari va qurilmalari qo‘llaniladi. Ular zamonaviy elektr ta'minoti tizimi orqali elektr energiya bilan ta'minlanadi.
Hozirgi vaqtda O‘zbekiston respublikasida konchilik sanoatlarning keng ko‘lamli va eng rivojlangan sohalarida biri hisoblanadi. Bunga sabab har bir viloyatda qattiq, suyuq, gaz foydali qazilmalarining bir necha turi mavjud. Bu qazilma boyliklar yirik ishlab chiqarish birlashmalari, jumladan O‘zbekko‘mir AJ, OKMK OAJ, NKMK DK, Dehqonobod DUK, Neft va gaz ,
larning tarkibiga kiruvchi viloyatlardagi ochiq va yer osti konchilik korxonalaribda kavlab olinadi. Konchilik sanoati rivojlanishi bilan bir qatorda qo‘llaniladigan yuritmalarning va energiyalarning turlari ham o‘zgarib kelgan.
Foydali qazilmalarni kavlab olishning ilk davrida odamlar o‘z kuchlaridan foydalanishgan. Qazish uchun oddiy ish qurollaridan jumladan bolg‘a, lom, tesha, ketmon, kirkalardan foydalanishgan. Tashish uchun qoplar. Zambillar, zambilg‘altaklar ishlatilgan. Vaqt o‘tgandan keyin, tashish va ko‘tarish jarayonlari uchun ot va eshaklardan foydalanishgan. Konchilik korxonalarida maxsus og‘ilxonalar bo‘lgan. Keyinchalik odamlar shamolning va suvning kuchidan foydalanishni o‘rgandilar va bu turdagi energiyalarni ko‘tarish jarayonlari uchun ishlata boshladilar. Keyinchalik bug‘ mashinalari ichki yonuv dvigatellari ixtiro qilingandan keyin bulardan tashish ishlarida foydalanilgan. Shu bilan birga qazish ishlarida katta bosimli xavo energiyasidan foydalanilgan. 1883 yili akademiklar B.S.Yakobi va E.X.Lenslar tomonidan o‘zgarmas tokdvigateli yaratiladi. 1889-1890 yillarda olim va muxandis M.O.Dolivo- Dobrovolskiy uch fazali o‘zgaruvchan tok tizimini so‘ngra asinxron dvigatelni ixtiro qildi.
Konchilik sanoatida elektr energiyasi XXI asrning oxirida Rossiya, AQSH, Angliya, Fransiya, Germaniya kabi davlatlarda qo‘llanila boshladi. Bunda asosan elektr energiyasi yoritish asboblari, suv haydash nasoslari va transport vositalarining yirik bo‘lmagan elektr yuritmalari uchun ishlatilar edi. XIX asrning oxirida va XX asrning boshlarida sanoatning rivojlanish va ayniqsa temir yo‘llarning qo‘llanilishi ko‘mir va rudalarga bo‘lgan ehtiyojni tobora oshirdi. O‘z navbatida ko‘mir, temir, rangli va boshqa qazib olish keskin ortishi qo‘l mexnatidan mashinalar vositasida kavlab olishga o‘tishni taqozo qila boshladi. Natijada konchilik sanoatining ochiq va yer osti korxonalridagi asosiy va yordamchi jarayonlarni bajarish uchun tegishli mexanizm va mashinalar ishlab chiqarilib, ulardan foydalanish keng yo‘lga qo‘yila boshlaydi. Albatta bularda yuqorida aytilgandek eng qulay va tejamli elektr yuritmalar qo‘llanilib elektr energiya ta'minoti tizimi ham rivojlanadi.
Hozirgi zamonaviy ochiq va yer osti konchilik korxonalari hamda boyitish fabrikalarini, mexanizatsiyalashtirish va elektrlashtirishsiz tasavvur qilish mumkin emas. Bu korxonalardagi barcha asosiy va yordamchi ishlab chiqarish jaryonlarini bajarishda tegishli kon, transport, yuklash-bo‘shatish mashinalari, yuk ko‘tarish mashinlari, ventilyator, nasos, kompressor qurilmalaridan foydalaniladi. Bu vositalarning beististno hammasi elektr yuritmalar bilan ishlatiladi, ularning turli vazifalarni bajaradigan elektr uskunalari bor va ularni elektr energiya bilan ta'minlash uchun elektr ta'minoti tizimi ishlatiladi.
Download 75.45 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling