1-modul. Menejment tarixi fanining ilk ildizlari mavzu-1
Menejment predmeti va izlanish uslublari
Download 330.78 Kb. Pdf ko'rish
|
1-mavzu
Menejment predmeti va izlanish uslublari
Har qanday fan o‘z predmeti, nazariyasi va uslublariga egadir. Predmet - bu fanning nima bilan shug'ullanishi, uning qaysi soha- ga tegishli ekanligini
belgilaydi. Nazariya bu sohada yuz beradigan jarayon va hodisalarning ro‘y berish qonuniyatlarini aniqlaydi. Izlanish usullari nazariyadan kelib chiqqan holda kishilar ilmiy va amaliy faoliyati qanday amalga oshishini ko'rsatib berishi, fanning shu sohasida hodisalarni umumlashtirish va o'rganishning turli vositalari va usullari tizimini ishlab chiqishi lozim, Menejment predmeti xo'jalik yuritishning barcha darajalarida menejmentning qonunlari (qonuniyatlari), tamoyillari va munosa- batlarini o‘rganishdan iboratdir. Menejment munosabatlari ijtimoiy- iqtisodiy munosabatlarning ajralmas qismi bo‘lib, turli iqtisodiy, tashkiliy, ijtimoiy, mehnat, psixologik va boshqa ko'rinishlarda namoyon boladi. Menejment munosabatlari menejment qo‘l os- tidagi xodimlar o‘rtasida boiadigan aloqa va о‘zaro ta’sirning mu- rakkab majmuini ifodalaydi, demak, menejment, eng awalo, kishilarni boshqarishdir.
Iqtisodiyotni boshqarish bevosita menejment obyekti boigan mehnat jamoalari va alohida xodimlardan iboratdir. Faqat ularning mehnat faoliyati vositasida ishlab chiqarishning moddiy unsurlari, ya’ni mehnat vositalari va predmetlariga ta’sir etiladi. Menejment obyekti mikro voqelikdan (moddiy dunyo, jamiyat) makro daraja- gacha bo'lgan voqelikni o‘z ichiga oladi. Menejment ishini bajaruvchi idoralar va ularning rahbarlari menejment
subyektlari hisoblanadi. Menejment usullari kishilarni jamiyatning obyektiv ijtimoiy- iqtisodiy rivojlanish qonunlari talablarini bajarishga undavdi. Ular aniq bir usul, uslub, maqsadga erishish yo‘lini ifodalaydi. Demak, menejment uslubi - bu ishchi va xodimlarga, umuman, menejment obyektiga qo'yilgan maqsadga erishish jarayonida ularning faoliya- tini muvofiqiashtirishdir. Menejmentning maxsus Download 330.78 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling