1-modul. Menejment tarixi fanining ilk ildizlari mavzu-1


Kursning mazmuni va vazifalari


Download 330.78 Kb.
Pdf ko'rish
bet13/13
Sana26.12.2021
Hajmi330.78 Kb.
#183074
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
1-mavzu

Kursning mazmuni va vazifalari 

Menejment kursining mazmunini iqtisodiyotni boshqarish, menejment tizimlari 

va uni tuzishning tashkiliy shakllari, iqtisodiy  mexanizmi  va  menejment  uslublari, 

menejment  texnika  va  texnologi-  yasining  nazariy  va  uslubiy  asoslarini  o'rganish 

tashkil  etadi.  Menejment  boshqaruv  faoliyatining  umumiy  qonuniyatlari  va 

tamoyillari,  menejment  tizimiga  ta’sir  usullarini  shakllantiradi,  boshqaruv 

apparatining  aniq 

vaziyatlardagi 

harakatlari 

va  o‘zini  tutish  hollarini 

umumlashtiradi,  iqtisodiyotni  boshqarishning  nazariy  va  amaliy  tomonlarini 

o'rganadi.  Menejment  nazariyasi  boshqaruv  faoliyatining  qirralarini  butun  bir 

majmua  ko'rinishida,  nazariy  tahlil  va  mantiqiy  uslub  asosida,  boshqaruvning 

asosiy qonuniyatlari va usullarini ajratib o‘rganadi. 

Menejmentning  amaliy  tomonlari  quyidagi  aniq  vazifalarni  hal  etishga: 

iqtisodiyotni  bozor  munosabatlariga  o'tishiga,  foyda  olish-  ga,  ishlab  chiqarish 

samaradorligini  oshirish,  aholi  ijtimoiy  himo-  yasini  kuchaytirishga,  kishilar 

ma’naviy darajalarini o'stirish va boshqalarga qaratilgandir. 

Uning nazariy tomonlarining asosiy vazifalari quyidagilar: 

menejmentning nazariy asoslarini o‘rganish; 



bozor  iqtisodiyoti  sharoitida  menejmentning  asosiy  usullarini  o'rganish  va 

amaliyotga tatbiq etish; 

menejment faoliyati sohasida kasbiy mahorat bilimlarini egal- lash; 



menejment tamoyillari, funksiyalari haqida tushuncha berish; 

menejment 



jarayonida 

kommunikatsiyalar 

va 

ulardan 


foydalanish 

ko'nikmalarini hosil qilish; 

rahbarlik faoliyati bo'yicha kasbiy mahorat uslubi va madaniyati haqida bilim 



berish; 

O‘zbekiston  Respublikasi  iqtisodiyotida  menejment  tizimini  o'rganish  va 



tahlil qilish; 

xorijiy tajribalarni o'rganish, ularni taqqoslash asosida o'qitish, o'rgatish va b. 




Menejment  tarixi  fani  o‘zining  maqsad,  vazifa,  funksiyalaridan  kelib  chiqib, 

boshqa  umumiqtisodiy,  gumanitar,  tabiiy,  maternatik  fanlar  bilan  uzviy 

bogiliqlikda  rivojlanadi.  Fanning  uslubiy  asosini  iqtisodiy  nazariya,  menejment, 

bozor  nazariyasi  fanlari  belgilaydi.  Bundan  tashqari,  sotsiologiya,  psixologiya, 

personalni  boshqarish,  ekonometrika,  tarmoq  iqtisodiyoti  kabi  fanlar  bilan 

aloqadordir. Chunki menejment asosan kishilarni, jamiyatni boshqarish bo'lganligi 

uchun,  mehnatni  tashkil  etish,  ishchi  o'rinlarini,  shartsharoitlarini  yaratish, 

belgilangan  vazifalar  bajarilishi  yuzasidan  nazorat  qilish,  faoliyat  natijalarini 

baholashda  samaradorlik  ko'rsatkichlarini  qo'llash,  qolaversa,  menejmentda 

rahbarning psixologiyasi, madaniyati o‘ziga xos uslubga ega bo'lishini taqozo etish 

va  ularni  o‘rganish  menejment  nazariyasi  fanining  yuqorida  ta’kidlangan  fanlar 

bilan bog'liqlikda, birgalikda rivojlanishiga asos bo'ladi. 



Xulosa 

Menejment  insonlarni  ongli  mehnatga,  tadbirkorlikka  qiziqtirish,  ishga 

mas’uliyatliligini nazorat qilish, ularning bilim va ко‘nikmalarini faoliyatga ijobiy 

ta’sir  ко‘rsatishini  ta’minlash,  rag'batlantirishni  tashkil  etishdir.  Fanning  predmeti 

xo’jalik  yuritishning  barcha  bo‘g‘inlarida  boshqaruvni  tashkil  etish  shakllari  va 

uslublarini  ifodalovchi  nazariy  hamda  amaliy  tamoyillar  majmuidan  iborat. 

Menejment  usullarini  puxta  egallagan,  qo'llay  biladigan  rahbar  nafaqat  ishlab 

chiqarish  faoliyatini  samarali  boshqarishga,  qolaversa,  butun  iqtisodiyotni 

rivojlantirishga katta ta’sir ko'rsatadi.  

Nazorat savollari 

1.  Menejment tushunchasi, uning mohiyati va maqsadi nimalardan iborat? 

2.  Menejment nazariyasi fanining predmeti, qanday izlanish uslublari mavjud? 

3.  Menejment subyekti va obyekti nima? 

4.  Menejment ilmining kelib chiqishi va rivojlanishi. 



5.  Modellashtirish nima? 

Download 330.78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling