1-modul. Menejment tarixi fanining ilk ildizlari mavzu-1
Ilmiy tajriba o'tkazish
Download 330.78 Kb. Pdf ko'rish
|
1-mavzu
Ilmiy tajriba o'tkazish. Muammolarni hal etish alternativ variantlarni sinab
ko'rish va tajribada tekshirish ma’qul bo'lgan menejment vaziyatlari ko‘p uchraydi. Albatta, rahbarlarning yangi mahsulotga, avvaldan uning ko‘zlaganday ishlashi va iste’molchilar tomonidan qabul qilinishini tajribada aniqlamasdan, millionlab dol- larlarni tikishi noto‘g‘ri bo'ladi. Real hayotda muayyan tajribalar o'tkazish mumkin va shart. «Boing» firmasi yangi samolyotni, «Nissan» yangi avtomobilni, «IBM» yangi kompyuterni loyihalashtirayotganda ular har doim namuna ishlab chiqib, uni real sharoitda tekshiradi va undan keyingina keng ko'lamli ishlab chiqarishni boshlaydi. Lekin, bunday ko'rinishdagi to‘g‘ridan-to‘g‘ri tajriba o'tkazish qimmat bo'lib, vaqt talab qiladi. Tasavvur qiling, agarda «Jeneral Elektrik» firmasi fir- ma muhandislari tomonidan faqat potensial takomillashtirishlar deb o'ylab topgan mingta qismlarni ishlab chiqarib, sinab ko‘rsa, avto- mobil qanday qiymatga ega boiar va undagi yangiliklar qancha kam boiar edi. Bunday holatda modellar yordam beradi. Qaror qabul qilish kerak boigan, lekin real hayotda tajriba o'gkazish mumkin boimagan behisob tang vaziyatlar mavjud. Masalan, «Folksvagen» firmasi AQShda ishlab chiqaruvchi korxo- na qurishga qaror qilganda, unga yetarli ish kuchi, ma’qul boiadigan soliq solish shartlari, mavjud va zarur materiallarni olishda va tayyor avtomobillarni yuklab jo'natishda iqtisodiy jihatdan qulay joyni tanlashiga to'g'ri keldi. Unga «Rebbit» modelining ko‘pminglab qismlarini yigish navbatini aniqlash, zavodning о ‘zi qay bir qismlarni ishlab chiqarishi, qay birini esa sotib olishi mumkin- ligini bilib olish, har bir qismning zarur zaxira darajasini belgilash- ga to ‘g ‘ri keldi. Ma’lumki, firma bu muammolarni tajriba sifatida har bir imkoni bor joyda bir necha loyihalar bo'yicha zavod qurib hal qila olmasdi.
Download 330.78 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling