1-modul. Menejment tarixi fanining ilk ildizlari mavzu-1


Download 330.78 Kb.
Pdf ko'rish
bet7/13
Sana26.12.2021
Hajmi330.78 Kb.
#183074
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13
Bog'liq
1-mavzu

3. Verifikatsiya. 

Verifikatsiyaning 

yoki 

gipotezaning 



to'g'riligini 

tasdiqlanishning  uchinchi  bosqichida  tadqiqotchi  gipotezani  qabul  qilingan 

qarorning  natijalarini  kuzatib  tekshiradi.  Bizning  misolni  davom  ettirib,  rahbar 

zaxiralar darajasini idora  mutaxassisi taklif etgan  miqdorga ko‘paytirishi  mumkin. 

Agar  bunda  zaxiralar  kamaymasa  yoki  haddan  ziyod  ko‘paymasa,  gipotezani 

to‘g‘ri  deb  tan  olish  kerak.  Agar  ehtiyojning  o'sishi  bilan  mahsulotlarning 

yetishmasligi  paydo  bo'lsa  yoki  zaxiralar  shunchalar  o‘ssaki,  ularni  saqlash 

chiqimlari  haddan  ziyod  bo‘lib  qolsa,  unda  gipotezani  noto‘g‘ri  deb  tan  olish 

kerak.  Bu  holda,  rahbar  birinchi  bosqichga  qaytib,  mavjud  axborotga  gipotezani 

tekshirish  bosqichida  yig‘ilgan  axborotni  va  boshqa  ma’lumotlarni  qo‘shgandan 

keyin yangi gipotezani ifoda qilishi kerak. 



Menejment  muammolarini  hal  etayotganda  ilmiy  usulni  qo'llab,  shuni  esda 

tutish kerak-ki, tashkilot - bu o‘zaro bog'langan qism- lardan iborat ochiq tizimdir. 

Shuning  uchun  menejmentda  ilmiy  yondashishning  ikkinchi  xususiyati  sifatida 

tizimli yondashish gavdalanadi. 

Menejment 

ilmining 

uchinchi 

xususiyati 

modellarni 



ishlatish- 

dir. 


Modellashtirish  ko‘p  hollarda  menejment  muammolarining  murakkabligi  va  ilmiy 

tajribalarni real hayotda o'tkazish qiyinchiligi tufayli zarurdir. 

 

 

Modellashtirish  -  bizning  muhokamada  ko'p  e’tibor  berilgan  konsepsiyadir. 



Ilmiy menejment maktabining eng ko'zga ko'rinadigan va ehtimol eng yirik hissasi 

oddiy sabab - oqibatli baholash  uchun juda  murakkab  vaziyatlarda obyektiv qaror 

qabul  qilishga  imkoniyat  beradigan  muqobil  modellarni  ishlab  chiqishdadir. 

Bunday  model-  larning  ко‘pi  shunchalik  murakkab-ki,  hamma  rahbarlar  ham 

ularni  mustaqil  ravishda  ishlatishga  qodir  emaslar.  Biroq,  modellar  haqi-  da 

ishonarli  tasavvurning  yo‘qligi  rahbarning  sinash  va  hatolar  usulini  qo‘llashiga 

hamda  tekshirilgan  usullar  qo'llashning  o'rniga  o'ylanmagan  qarorlar  qabul 

qilishiga olib keladi. 




Download 330.78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling