1-modul: ta’limni tashkil etish masalalari 1-mavzu. Kredit modul tizimiga kirish reja


Download 201.64 Kb.
bet8/12
Sana18.02.2023
Hajmi201.64 Kb.
#1213579
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
1-MARUZA mutaxasis

25-30 soat o‘qish yuklamasi



1 kredit

Shunday ekan, kredit-modul tizimini joriy etgan OTMlarda talabalar har bir fan uchun belgilangan kreditlar miqdoriga qarab, o‘qish hali boshlanmasdanoq har bir fanni o‘qish va o‘rganishga qancha vaqt sarflashlari kerakligini bilib oladilar. Bu ham ta’limda shaffoflikning bir ko‘rinishidir. 1 kredit o‘qish yuklamasi (25-30 soat oralig‘ida) aynan necha soat bo‘lishini odatda har bir OTM o‘zining ichki qoidalarida belgilaydi. Shuni ta’kidlash kerakki, 1 kredit uchun belgilangan 25-30 soatlik o‘qish yuklamasi bu fanni o‘rganish uchun sarflanadigan jami harakatlar jamlanmasi bo‘lib, unga nafaqat dars vaqti, balki talabaning fanni o‘rganish uchun uyda va kutubxonada sarflagan vaqti, imtihonlar vaqti, qo‘yingki talaba ushbu fanni o‘zlashtirish uchun sarflagan barcha tizimli harakatlari vaqtini qamrab oladi.


Ta'lim natijalarini tekshirish va baholashga qo‘yilgan talablar
Tashxis – bu didaktik jarayon kechadigan barcha sharoitlarni oydinlashtirish, uning natijalarini belgilash demak. Tashxissiz didaktik jarayonni sama-rali boshqarish, mavjud sharoit uchun optimal natijalarga erishish mumkin emas.
Ta’lim olganlikni tashxislash orqali erishil-gan natijalar va ta’lim olganlik ajratib olina-di. SHuningdek, ta’lim olganlik tashxislash vaqti-da belgilangan maqsadni amalga oshirish darajasi sifatida ham qaraladi. Didaktik tashxislashning maqsadi o‘quv jarayonida kechadigan barcha jihatlar-ni uning mahsuli bilan bog‘liq holda o‘z vaqtida aniqlash, baholash va tahlil qilishdan iborat.
Nazorat - (ta’lim jarayonida) ta’lim oluvchining bilim, ko‘nikma va malakalari darajasini aniqlash, o‘lchash va baholash jarayonini anglatadi. Aniqlash va o‘lchash esa tekshirish deb ataladi. O‘qituvchi o‘qitish bilan bir vaqtda o‘quvchilarning o‘rganilayotgan mavzuni qanday qilib idrok etishini, esda saqlashga xarakat qilishini va uni amalda qo‘llash malaka-larini egallashini hisobga olib borishi kerak.
Hisobga olish – bu o‘qitishning muayyan bir davrida talabalar va o‘qituvchi faoliyatini umumlashtirib xulosalash.
Baholash va uning o‘ziga xosliklari
Tekshirishdan tashqari nazorat o‘z ichiga baholashni (jarayon sifa-tida) va bahoni (natija sifatida) ham oladi. Baholash deb bilim, ko‘nikma va malakalarni o‘quv dasturida ko‘rsatilgan etalon (ko‘rstakich, qolip, o‘lcha-gich)lar bilan solishtirishni aytamiz. Baho deb baholashning ball shaklida ko‘rsatilgan son jihatdan o‘lchamiga aytiladi.
Bahoni amalda egallangan bilim, ko‘nikma va malakalar bi-lan davlat ta’lim standartiga ko‘ra o‘zlashtirilishi belgilangan bilim, ko‘nikma va malakalar umumiy hajmi o‘rtasidagi nisbat sifatida tushunish (ta’riflash)dan ta’lim darajasining miqdoriy mazmuni kelib chiqadi. O‘zlashti-rish (ta’lim samaradorligi) ko‘rsatkichi B’A/T*100% nisbat asosida hisoblanadi. Bunda:
B – o‘zlashtirish (ta’lim samaradorligi) bahosi;
A – amalda o‘zlashtirilgan bilim va malakalarning hajmi;
T – o‘zlashtirish uchun taklif etilgan bilim va malakalarning to‘liq hajmi.
Hisobga olish va uning o‘ziga xosliklari
O‘qituvchi o‘qitish bilan bir vaqtda talabalarning o‘rganilayotgan mavzuni qanday qilib idrok etishini, esda saqlashga xarakat qilishini va uni amalda qo‘llash malakalarini egallashini hisob-ga olib borishi kerak. Hisobga olish – bu o‘qitishning muayyan bir davrida o‘quvchilar va o‘qituvchi faoliyatini umumlashtirib xulosa-lash.
Hisobga olish natijasida o‘qituvchi ham, talaba ham o‘zlarining keyingi bajaradigan ishlarining shaklini va mazmunini belgilaydi. O‘zlashtirishni hisobga olish talabalarning bilish faoliyatini rag‘batlantirib, ma’lum bir harakatlarni bajarish uchun uning irodasini tarbiyalaydi. SHuningdek, o‘zlashtirishni hisobga olish o‘qituvchining faoliyatni ham tashkil etadi. O‘qitish metodlari va shakllarining tabora takomillashuvi natijasida baho o‘qituvchining pedagogik mahorati ko‘rsatkichiga aylanmoqda va o‘qituvchining o‘z malakasini oshirib borishida muhim ahamiyatga ega bo‘lmoqda.
Ta’lim olganlikni nazorat qilish va tashxislash tamoyillari
Xolislik (ob’ektivlik) tashxis testlari (topshiriqlari, savollari), tashxis jarayoni mazmunining ilmiy asoslanganligi, pedagog-ning barcha ta’lim oluvchilarga do‘stona munosabati hamda bilim, malakalarni baholashning aniq ko‘rinishda belgilangan mezonlaridan iborat.
Tizimlilik (sistemalilik) tamoyilining talabi shundan iboratki, tashhislash nazoratini ta’lim jarayoni-ning barcha bosqichlarida – bilimlarni boshlang‘ich idrok etishdan to amalda qo‘llashgacha bo‘lgan bosqichlarida olib borish kerak.
Ko‘rgazmalilik (oshkoralik) tamoyili avvalo barcha ta’lim oluvchilarni aynan bir hil mezonlar bo‘yicha ochiq sinovdan o‘tkazishni anglatadi.
Bo‘lajak mutaxassislarni kasbiy faoliyatga tayyorlashda ta'lim oluvchilarning bilimlarini nazorat qilish o‘ta muhimdir. To‘g‘ri tashkil etilgan ta'lim jarayonida egallanishi lozim bo‘lgan nazariy materiallar bo‘yicha olinayotgan bilimlarni yanada mukammallashtirish va eng asosiysi ta'lim oluvchilarning intellektual salohiyatlarini yuksaltirish uchun turli vositalarni tanlash imkoni vujudga keladi. Ta'lim natijalarini nazorat qilish vositalari - o‘rganilayotgan fan (mavzu) bo‘yicha shakllantirilgan ma'lumotlar bazasi (bilimlar banki)dan ta'lim beruvchi tomonidan tayyorlangan (tuzilgan) top-shiriqlar, savollar, test-savollar va shu kabilar va ulardan foydalanish vositalaridir. Bunday jarayonlarda natijalarni o‘zlashtirish muhim ahamiyat kasb etadi. Natijalarni o‘zlashtirish - bu olingan natijalarni amaliy o‘zlashtirishga tayyorlash jarayonidan, ya'ni iste'mol uchun tayyorlash-dan iboratdir. Bunda ta'lim beruvchi ishtiroki muhim rol o‘ynaydi, chunki kerak bo‘lganda ayrim zaruriy tuzatishlar kiritish har kimning ham qo‘lidan kelavermaydi. Umuman olganda ta'lim-tarbiya jarayonida bilim, ko‘nikma va malakalar shakilanganligini nazorat qilish muhim o‘rin egallaydi. Xususan, nazorat quyidagi funksiyalarga ega:
1. Nazoratning diagnostik funksiyasi. Nazorat natijasi orqali bilim,
ko‘nikma va malakalarning shakllanganlik darajasi aniqlanadi.
2. Nazoratning ta'lim oluvchilardagi bilim olishga boigan ishtiyoqini o‘stirish funksiyasi.
3. Nazorat jarayonida ta'lim oluvchilarning shaxsiy jihatlari shakllantiriladi va eng asosiysi, rivojlantiriladi. '
4. Ta'lim funksiyasi.
5. Nazoratning tarbiyaviy funksiyasi.
6. Nazoratning baholash funksiyasi.
7. Nazoratning ta'lim oluvchilardagi bilimga qiziqishni uyg‘otish, jonli fikrlashga o‘rgatuvchilik funksiyasi.
Ma'lumki, nazorat asosan uch turga bo‘linadi, ular: joriy nazo¬rat, oraliq nazorat va yakuniy nazoratlardir. Bulardan tashqari so‘nggi nazorat turi ham bor. Nazorat testlar, yozma ishlar va og‘zaki savol-javoblar orqali amalga oshiriladi. Pedagog olimlar I.Tursunov va U.Nishonaliyevlarning ma'lumotlariga qaraganda testlar orqali quyidagi imkoniyatlar yaratiladi
• ta'lim oluvchilar nazariy va amaliy bilimlarining darajasini obyektiv sharoitda aniqlash;
• bir vaqtning o‘zida bir guruh yoki ko‘p sonli ta'lim oluvchilar bilimini nazorat qilish;
• hamma ta'lim oluvchilarda bir xil sharoit yaratish;
• test natijalarini ta'lim beruvchi tomonidan tezkorlik bilan (operativ) tekshirish;
• turli guruhdagi ta'lim oluvchilar bilimini solishtirish;
• ta'lim jarayonida uchraydigan kamchiliklarni aniqlash va boshqalar.
Ta'lim natijalarini baholashda reyting tizimining test usuli keyingi paytlarda iste'molda keng foydalanilmoqda
Test — biror bir faoliyatni bajarish uchun ma'lum darajadagi bilimni egallashga qaratilgan topshiriqdir. Test to‘g‘ri bajarilganligini o‘lchash va baholash maqsadida har bir testga ekspert metodi yordamida etalon ishlab chiqiladi. Umuman olganda, test so‘zi inglizchadan olingan bo‘lib, u sinov, tekshirish, tadqiqot ma'nolarini bildiradi, ya'ni «sinalayotgan shaxsning psixo-xususiyatlarini, shuningdek, intellektual rivoji, qobiliyati va malakasini tekshirishda qo‘llaniladigan standart mashqlar», demakdir. Pedagogik va uslubiy adabiyotlarni tahlil qilish natijasida didaktik testlar quyidagi ikki guruhga ajratiladi:
• nazariy bilimlarni nazorat qiluvchi, malaka va qobiliyatlarni tekshiruvchi o‘zlashtirish testlari;
• real o‘quv imkoniyatlari bo‘yicha (Yu.Babanskiy) diagnostika testlari hamda umumiy va maxsus (masalan, mikro yoki makro iqtisodiyot fani va boshqa fanlar bo‘yicha) o‘qitish testlari.
1. Testlarning fanlararo qo‘llanish sohasi.



Download 201.64 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling