1-modul: ta’limni tashkil etish masalalari 1-mavzu. Kredit modul tizimiga kirish reja


Download 201.64 Kb.
bet11/12
Sana18.02.2023
Hajmi201.64 Kb.
#1213579
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
1-MARUZA mutaxasis

Nazorat savollari:

  1. Ta’limning kredit-modul tizimi nima?

  2. Ta’limning modulli tizimi nima?

  3. Kredit modul tizimidagi asosiy tushunchalar nimalar?

  4. Zamonaviy ta’lim tizimi shakllari qaysilar?

  5. Oliy ta’limda qanday baholash turlaridan foydalaniladi?



Foydalanilgan adabiyotlar:

  1. 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi PF-4947 sonli Farmoni.

  2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 - yil 6 – noyabrdagi "O‘zbekistonning yangi taraqqiyot davrida ta’lim - tarbiya va ilm - fan sohalarini rivojlantirish chora tadbirlari to‘g‘risida " gi PF - 6108 - son farmoni.

  3. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi – T.: O‘zbekiston, 2017. -46 b.

  4. Uzviylashtirilgan o‘quv dasturi. –T.: Yangiyo‘l poligraf service, 2010. –46-68.

  5. “Kredit modul tizimi va o‘quv jarayonini tashkil etish” modulli bo‘yicha o‘quv –uslubiy majmua T: 2022.

Platforma (frans. plate-forme, plat - yassi va forme - shakl) - 1) baland maydoncha; 2) kichikroq temir yoʻl stansiyasi; 3) kichik bortli ochiq yuk vagoni; 4) siyosiy P. - alohida partiya, guruh, ijtimoiy tashkilotlar tomonidan olgʻa suriladigan siyosiy dastur.


Toshkent davlat yuridik universitetida 2019-2020-yillar davomida maxsus innovatsion loyiha amalga oshirilib, uning natijasida “Elektron universitet” platformasini yaratish orqali yuridik taʼlim olishga boʻlgan imkoniyatlarni kengaytirish koʻzda tutilgan.
Xalqaro tanlovda gʻolib deb topilgan ushbu loyiha uchun Jahon banki tomonidan Akademik innovatsiyalar fondi granti doirasida 140 ming AQSH dollari miqdorida mablagʻ ajratiladi. Grant loyihasini amalga oshirish natijasida eng zamonaviy va innovatsion ilmiy, oʻquv elektron dasturlarini yaratish rejalashtirilgan. 
“Elektron tadqiqot”, “Elektron taʼlim”, “Elektron pedagog”, “Elektron talaba”, “Elektron kutubxona”, “Elektron huquqiy targʻibot” kabi dasturlarni yaratish va yagona global platformaga birlashtirish orqali universitet resurslaridan istalgan nuqtadan bemalol, ortiqcha qiyinchiliklarsiz foydalanish, taʼlim olish jarayoniga eng yangi axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish kabilar koʻzda tutilgan.
Elektron ta'lim platformalarining afzalliklari:

  • Moslashuvchan va arzon o‘qitish.

  • Internet bilan texnologik uskunalar bilan ishlash

  • Geografik va vaqtinchalik masofalarni bekor qilish.

  • Platformadan foydalanish minimal bilimga imkon beradi .

  • Bunda doimiy va tarbiyalangan o‘rganish orqali o‘qituvchilar va talabalar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar.

  • Vaqt va o‘rganish tezligidagi erkinlikni taklif qiladi

Elektron ta'lim platformalarining kamchiliklari:

  • Yuzma-yuz kursdan ko‘ra ko‘proq ish sarmoyasini talab qiladi

  • ish materiallari kamligi (Bu biz aytayotgan universitet yoki markazga juda bog‘liq).

  • o‘qituvchilar uchun yanada biroz noqulaylik, chunki o‘qituvchi nafaqat mavzuni o‘rgatishni, balki AKTni o‘qitish haqida ham bilishlari kerak.

  • o‘qitish metodikasi talabalarga yetarlicha yolg‘izlik beradi O‘qish juda individual bo‘lganligi sababli, forumlar va suhbatlar mavjud bo‘lsa-da, har kuni sinfdoshlar bilan ko‘riladigan yuzma-yuz sinfda o‘qish bilan bir xil emas va katta o‘zaro ta'sir mavjud.

Elektron hukumat loyihalarini boshqarish markazi mutaxassislari Google orqali o‘zbekistonliklarning axborot texnologiyalari va elektron hukumatga oid qidiruv so‘rovlari tahlilini o‘tkazishga qaror qilishdi. Bunda Google Trends xizmatidan foydalanildi.
1. kundalik.com sayti
2. “Emlash.uz”
3. Abituriyentlarning OTMlarga kirish uchun arizalar topshirish va Davlat test markazining imtihon natijalarini olish xizmati
4. Onlinedu.uz

  1. Uzbekkoders.uz

  2. «Qonunchilik va hukumat» toifalarida my.gov.uz, ya’ni Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (YIDXP)ga kirish va arizalarni tekshirish bo‘yicha so‘rovlari

Tizimdan foydalanish tartibi:
1-qadam. Har bir OTMga tizimdan foydalanish uchun yagona Administrator akkauntining login va parollari beriladi. Ushba administrator tizimdagi qolgan barcha ishlarni tashkil etadi. Administrator akkaunti olingandan so‘ng tizimdan foydalanish uchun quyidagi ishlarni belgilangan tartibda bajarish zarur:

  1. Administrator Kadrlar bo‘limi profili uchun mas’ul xodim ma’lumotlarini kiritadi:

· Xodimlar / Xodimlar bazasi / Xodim qo‘shish

  1. Mas’ul xodimning akkauntini (foydalanuvchi qayd ma’lumotlarini) yaratadi:

· Xodimlar / Xodimlar bazasi / Xodim F.I.SH. / Akkaunt yaratish
3) Yaratilgan akkauntdagi login va parol keyingi qadamdagi ishlarni bajarish uchun tegishli Kadrlar bo‘limi mas’ul xodimga beriladi.
2.Qadam
Kadrlar bo‘limi profilida yaratilgan mas’ul xodim tomonidan tizimdan foydalanish yo‘riqnomasida ko‘rsatilgandek quyidagi ishlar bajariladi

  1. OTM strukturasiga tegishli ma’lumotlar kiritiladi:

· OTM haqida;
· Fakultetlar;
· Kafedralar;
· Bo‘limlar.
2) Xodimlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar kiritilib, xodimlar ro‘yxati shakllantiriladi (dastlab zarur bo‘lgan mas’ul xodimlar kiritiladi, masalan: dekanlar):
· Xodim / Xodimlar bazasi / Xodim qo‘shish
3) Ro‘yxatdagi xodimlar tegishli kafedralar va bo‘limlarga biriktiriladi:
· Xodim / Xodimlar bazasi / Xodim F.I.SH / Kafedra
· Xodim / Xodimlar bazasi / Xodim F.I.SH / Bo‘linma
3) Xodimlar bazasiga kiritilgan har bir xodimning tizimdan foydalanishi uchun akkaunti yaratilib beriladi. Akkauntni yaratishda foydalanuvchining login va parollari kiritiladi va tegishli foydalanuvchi roli o‘rnatiladi.
· Xodimlar / Xodimlar bazasi /Xodim F.I.SH. / Akkaunt yaratish
4) Yaratilgan akkauntlarning login va parollari tegishli xodimlarga tarqatiladi.
3-Qadam. Har bir xodim (dekan, o‘quv bo‘limi) va o‘qituvchi o‘zlarining login va parollari bilan tizimga kirib o‘zlariga biriktirilgan vazifalarni yo‘riqnomada keltirilgan tartibda bajaradilar.
E’tiborga olish zarur!!! Tizimda dastlab quyidagi xodimlarning akkauntlarini yaratish zarur:
· Kadrlar bo‘limi (administrator yaratadi)
· Fakultet dekanlari (Kadrlar bo‘limi yoki administrator yaratadi)
· O‘quv bo‘limi (Kadrlar bo‘limi yoki administrator yaratadi) Tizimda keyinchalik extiyojga karab quyidagi xodimlarning akkauntlari yaratiladi:
· O‘qituvchi
· Kafedra mudiri
Dedlayn (ingliz tilidan. deadline-o‘lik chiziq) — - vazifa yoki ishni bajarish muddati, maqsad yoki vazifaga erishish kerak bo‘lgan vaqtning ma’lum bir nuqtasi. Bu vaqtdan keyin element muddati o‘tgan deb hisoblanishi mumkin (masalan, ish loyihalari yoki maktab topshiriqlari uchun). Agar ish topshiriqlari yoki loyihalari belgilangan muddatda bajarilmasa, bu xodimning ishlash darajasi yoki talabaning bahosiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin.



Download 201.64 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling