1-modul: ta’limni tashkil etish masalalari 1-mavzu. Kredit modul tizimiga kirish reja


Download 201.64 Kb.
bet7/12
Sana18.02.2023
Hajmi201.64 Kb.
#1213579
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
1-MARUZA mutaxasis

Nazorat savollari:
1. Kredit modul tizimi haqida tushuncha. bering
2.Modulli o‘qitish mohiyati nimada?
3.Kredit modul tizimi bo‘yicha talabalar bilimi qanday baholanadi?
4. ECTS kredit modul tizimi afzalliklari nimada?


Foydalanilgan adabiyotlar:
1. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi – T.: O‘zbekiston, 2017. -46 b.
2. Uzviylashtirilgan o‘quv dasturi. –T.: Yangiyo‘l poligraf service, 2010. –46-68 b.
3. “Kredit modul tizimi va o‘quv jarayonini tashkil etish” modulli bo‘yicha o‘quv –uslubiy majmua T: 2022
4. Mirziyoyev Sh.M. Qonun ustuvorligi va inson manfaatlari ta’minlash-yurt taraqqiyoti va xalq farovonligining garovi. Toshkent –“O‘zbekiston” -2016.488
5. O‘zbekiston Respublikasi ”Ta’lim to‘g‘risida” gi qonuni 23.09.2022.
Baholash turlari va mezonlari. Qayta topshirish va qayta o‘qish. Apellyatsiya shartlari. Ta’limning kredit-modul tizimi o‘zi nima? Bizga ma’lumki, hayotda ko‘p narsalarni o‘lchov birligi mavjud. Masalan, vaqt o‘lchov birligi — soniya, soat, uzunlik o‘lchovi — metr, og‘irlik — kilogramm, suyuqlik — litr, elektr kuchlanishi o‘lchovi — volt.Savol tug‘iladi: ta’limning, xususan oliy ta’limning ham o‘lchov birligi bormi? Siz «ha, bor, oliy ta’limning o‘lchov birliklari bu bakalavr, magistr va doktor» deb aytasiz. Lekin bular ta’limning o‘lchov birliklari emas, balki uning darajalari hisoblanadi.
Kredit-modul tizimi avvalambor mamlakatimiz oliy ta’lim tizimiga ta’limning amaldagidan ko‘ra ancha mukammal o‘lchov birligini olib kiradi. Unga ko‘ra, universitetda o‘tiladigan har bir fan endilikda undagi o‘qish yuklamasi miqdoriga qarab, kreditlarda aks etadi. Masalan, har bir fan o‘rtacha 5, 6 yoki 7,5 kreditlarda aks etishi mumkin. Talaba esa har semestr, o‘quv yilida muayyan miqdorda kreditlar to‘plab borishi mumkin va bu miqdorga qarab, unga bakalavr yoki magistr darajasi beriladi. ECTS kredit-modul tizimida bir yillik kreditlar miqdori 60ni tashkil etadi. Bir o‘quv yili 2 semestrdan iboratligini hisobga olsak, talaba o‘qishi davomida har semestrda 30 kredit to‘plab borishi kerak bo‘ladi. Bakalavr dasturi odatda 4 yilligi hisobga olinsa, talaba ushbu darajani qo‘lga kiritish uchun jami 240 kredit, magistratura dasturini tugallash uchun esa 120 kredit to‘plashi talab etiladi.



1-rasm.

Kreditlar shunchaki raqamlar emas. Har bir kredit talaba bajarishi kerak bo‘lgan ma’lum miqdordagi o‘qish yuklamasini bildiradi. ECTS kredit-modul tizimida 1 kredit o‘rtacha 25-30 soatlik o‘qish yuklamasini anglatadi. Bu degani, agar fan 6 kreditli fan bo‘lsa, talaba ushbu fan bo‘yicha belgilangan miqdordagi kreditlarni qo‘lga kiritish uchun semestr davomida 150-180 soatlik o‘qish yuklamasini bajarishi kerak bo‘ladi (25*6=150; 30*6=180).




Download 201.64 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling