1-modul. Texnologiya va uni o‘qitish
Mavzu yuzasidan savol va topshiriqlar
Download 5.9 Mb.
|
Texnologiya 7-8-semestr ma\'ruzalar
- Bu sahifa navigatsiya:
- 8-MAVZU. TURLI XIL MATERIALLAR BILAN ISHLASH DARSLARINI TASHKIL ETISH METODIKASI
Mavzu yuzasidan savol va topshiriqlar:Qog`oz va karton haqida tushuncha bering. Qog`oz va kartonning ishlab chiqarishdagi xususiyatlari nimalardan iborat? Ish joyini tashkil qilish yo`llarini sanang. Qog`ozning turlari haqida ma’lumot bering. 8-MAVZU. TURLI XIL MATERIALLAR BILAN ISHLASH DARSLARINI TASHKIL ETISH METODIKASIReja: Turli xil materiallar haqida tushuncha. Turli xil materiallarni to‘plash va ishga tayyorlash Turli xil materiallardan turli buyumlar yasash texnologiyasi. 4.Ish joyini to‘g‘ri tashkil etish talablari. Texnika xavfsizligi qoidalari. Turli materiallar bilan ishlash darslarida tejamkorlik. Mavzuga oid tayanch tushunchalar: Turli xil materiallar turlari, noorganik materiallar, ish joyini to’g’ri tashkil qilishga talablari, xavfsizlik qodalari. Turli materiallar bilan ishlash. Plastilin va noorganik materiallar: loy, qum, sement, yog’och, folga, yumshoq sim, tunuka bilan ishlash. Turli materiallar bilan ishlash 1-sinf Texnologiya darsligida tabiiy materiallar bilan birgalikda o’tiladi. Bunda o’quvchilar tabiiy va turli materiallardan foydalanib turli hayvonlar, gullar yasashni o’rganadilar. Yog’och bilan ishlash. Yog’och zagotovkalarini qirqish bo‘yicha barcha operatsiyalarni taxtaning ustida bajaradilar. Arra, qo‘larra yoki lobzik bilan ishlanganda, belgilangan detallarni kichik tiskalar yoki iskanja (lobzik nabori) bilan siqib qo‘yiladi. Yog‘ochdan yasalgan detallarni kozein yoki o’qituvchi tayyorlagan yog’och elim vositasida yopishtirish nazarda tutiladi. Bunday ishlar uchun o’qituvchii bolalar elimlagan yog‘och detallarni press yoki iskanjada qurita olishlari uchun joyni oldindan tayyorlab qo‘yishi kerak. O’quvchilar yog‘ochdan yasalgan detallarni mayda mixlar yordamida mustahkamlash bilan tanishadilar, bslg‘a bilan to‘g‘ri ishlash usullarini o‘rganadilar. Buning uchun ularga mix qoqiladigan joyni bur bilan qanday belgilash, bolg‘ani qanday ushlash, yog‘och detallarga jilvir bilan qanday ishlov berish kerakligini ko‘rsatish lozim. Bolalar gigiena va texnika xavfsizligi qoidalariga rioya qilishlarini, mehnat madaniyati qoidalarini bilishlari va unga amal qilishlarini qat’iy nazoratda tutmoqlik lozim. Masalan, ish vaqtida haddan tashqari ortiqcha egilmaslik, yog‘och changini yutmaslik, chiqindilarni ehtiyotkorlik bilan to‘plash, ish joyini ish tugashi bilanoq yig‘ishtirish va shu kabilardan iboratdir. «Texnik modellash» – oddiy uchadigan, suzadigan, yuradigan texnik o‘yinchoqlarni, shuningdek, sxematik namunalar asosida modellarni yasash mehnatning maxsus turi sifatida ajratilgan. O’qituvchining programma talablarini amalga oshirish bo‘yicha intilishlarini, birinchidan, mexnat darslariga rahbarlik qilish metodikasini egallash, ikkinchidan, texnologiya darslari uchun asbob- uskuna va materiallar zapasini yaratishga yo‘llash zarur. Butun yoz va o‘quv yili davomida maktabning ma’lum belgilangan joyida tabiat, uydan, otaliqqa olgan korxonalardan keltirilgan materiallar: korobka, upakovka materiallari, qog‘oz, ip, shpagat, sim, laxtak, tunuka, folga, reyka, faner, gula, tabiiy materiallar, yangi sun’iy materiallarning chiqindilaridan tayyorlangan zagotovkalar. Yuqori sinflar aktiv o‘quvchilari pionerlardan maxsus komissiya yoki brigadalar tuzilib, ular boshlang‘ich sinflar texnologiya darslari da qo‘llaniladigan asbob-uskunalar va detallarni mustahkamlaydigan materiallarning holati, saqlanishi va remontnini o‘z zimmalariga oladilar. Texnologiya resurslarida foydalaniladigan asbob va uskunalar komplekta, detallar, moslamalar ro‘yxati 1-ilovada hamda I va II sinflar qo‘llanmalarida berilgan. Boshlang‘ich sinf, ayniqsa III sinfda, texnologiya darslarining moddiy jihozlangan bo‘lishi – boshlang‘ich ta’limning yangi programmasiga ko‘chgan har bir maktab direktori, ilmiy bo‘lim mudiri, barcha pedagoglarning vazifasidir. Biroq hamma gap faqat asbob-uskunaga taalluqli deb o‘ylash xatodir. Shunday misollar borki, maktabda hamma material va asbob- uskunalar mavjud, ammo texnologiya darslarining darajasi juda past. Bu o‘rinda asosiy narsa – o‘qituvchilarning boshlang‘ich sinflardagi politexnik tayyorgarlik bo‘yicha mexnat darslarining programmasidagi barcha yangi narsalarni chuqur o‘zlashtirilishi lozimligini anglashlaridir. Texnologiya politexnik tayyorgarlik programmasi boshlangich ta’lim predmetlar sistemasining tarkibiy qismi hisoblanadi. Obrazli qilib aytganda, «aql ishini qo‘l ishi bilan boglamay turib» matematika va rus tili, tabiatshunoslik va rasm programma talablarini bolalar o‘zlashtira olmaydi, oktyabryat va pionerlar kollektivini, har bir o‘quvchi shaxsini rivojlantirish bo‘yicha darsdan tashqari ishlarni etarlicha yuqori darajada amalga oshirib bo‘lmaydi. O’qituvchilar buni tushunib, qalblari bilan his qilganlaridan so‘nggina, texnologiya darslarining samaradorligini oshirishning yo‘l va vositalarini har qanday qiyin sharoitda ham axtarib topadilar. Ular uchinchi sinf texnologiya programmasini o‘z sinf va maktablarining turli sharoitlarida eksperimental tekshiradilar, demak, I – III sinflar uch yillik texnologiya darslari programmasini bolalar qay darajada uddalashlarini tekshirish bo‘yicha katta va muhim ishni muvaffaqiyatli yakunlashga o‘z hissalarini qo‘shadilar. III sinfda texnologiya darslari to‘g‘ri tashkil etilsa o‘quvchilar texnologiya darsida istalgan predmetlarni yasay biladi. O’quvchilar mehnatini to‘g‘ri tashkil etishda eng muhimi, amaliy ishga mo‘ljallangan topshiriqni to‘g‘ri tushuntirishdir. Har bir topshiriqning mazmuni bolalarda ko‘nikma va malakalar, texnik tafakkur, mehnatga qanday yondashishning shakllanishi va rivojlanishiga yordam berishi, shuningdek ularning ishdagi mustaqilliklarini ta’minlashi lozim. Bu o‘rinda o‘quvchilarning qiziqishlari va individual xususiyatlarini nazarda tutish kerak. Shuning uchun mexnat topshiriqlarini tuzishda ularga quyidagi o‘quv vazifalarini hal etish uchun zarur bo‘lgan bir qator ma’lumotlarni kiritish lozim. Buyumning konstruksiyasi, tuzilishi, asosiy qismlarini biriktirish usullari va nimaga mo‘ljallanganligini tushuntirish. Bolalarni narsani tayyorlash ishining umumiy plani va ishni bajarish tartibi bilan tanishtirish. O’quvchilarni material-zagotovkani tanlash bilan tanishtirish. 4.Razmetka qilish jarayoni bilan tanishtirish. O’quvchilarni narsani yasash bo‘yicha boshqa operatsiyalar va ularni kontrol qilish bilan tanishtirish. O’quvchilarda turli texnologik, texnik, shu jumladan, konstruktorlik masalalarini hal etish ko‘nikmalarini shakllantirish. Download 5.9 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling