1-modul. Texnologiya va uni o‘qitish


Tolali materiallar, iplar va gazlamalar to`plamini tuzish va o`rnatish


Download 5.9 Mb.
bet43/47
Sana03.11.2023
Hajmi5.9 Mb.
#1742658
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   47
Bog'liq
Texnologiya 7-8-semestr ma\'ruzalar

Tolali materiallar, iplar va gazlamalar to`plamini tuzish va o`rnatish.


O`quvchilar to`qimachilik tolalari va materiallari to`g`risida dastlabki tasavvurlarga ega bo’lishlari uchun shu materiallardan foydalanib amaliy ishlarni bajarish kerak. O`quvchilarga darslarda va sinfdan tashqari mashg`ulotlar davomida texsanoat korxonalari tomonidan chiqariluvchi materiallar to`plami, ularga qo`lda ishlov berish usullarini ko`rsatuvchi asosiy jarayonlarni ko`rgazmali tarza ko`rsatilishi ahamiyatli bo’ladi. Shuningdek, materiallar va ularning muhim xususiyatlarini o`rganish uchun
Boshlang’ich sinf o’quvchilari iplarning vazifasi, qalinligi va rangiga ko`ra taqqoslashni bilishlari kerak. O`qituvchi o’quvchilar bilan «Qanday iplarni bilamiz» mavzusida suhbat o`tkazishi orqali o`quvchilarning iplar to`g`risida nimalarni bilishini, ularni vazifasiga ko`ra farqlay olishi, ulardan o`z amaliy zaruratlarida foydalana olishini aniqlaydi.
O’qituvchining iplarning vazifasi, qalinligi va rangiga ko`ra taqqoslash ishlariga oid suhbat va u bilan bog`liq ko`rsatishlari birinchi sinf o`quvchilarining ko`p qo`llanuvchi iplarning vazifasi, qalinligi, rangiga ko`ra havlari to`g`risidagi tasavvurlarini umumlashtiradi. O’qituvchining oddiy tikuvchilik iplari o`ramini o’quvchilarga ko`rsatib berishi va qator savollar beriv o`quvchilar bilmini oshirishi natijasida: tikuvchilik iplari, ulardan kiyimlar, bosh kiyimlari, yostiq anjomlari, pardalar, xaltalar va ko`pgina boshqa narsalarni tikish uchun foydalanilish mumkinligini o’quvchilar tushunib olishga da’vat etadi. Shuninglek, o`qituvchi oq va qora ip o`ramini ko`rsatib, ulardan qayerda foydalanilishini so`rashi ham ahamiyatlii. Oq ipdan oq matodan detallarni tikish, qora ipdan - qora matolardan detallarni tikishda foydalaniladi. Oq tugmalar oq ip bilan qadaladi. Rangli gazlamalardan narsa tikish kerak bo`lsa-chi? Ranggi gazlama rangiga mos tanlanuvchi rangli iplardan foydalaniladi va hokazo.
Boshlang’ich sinf texnologiya fani dasturi talablariga muvofiq o`quvchilarga arqoq va tanda iplarning polotno (tasma) o`ralishi, gazlama namunalarini o`rganish hazarda tutiladi. Mazkur masalalar II sinf o’quvchilariga qanday usul va shakllarda o’rgatish mumkinligini bir qator misolidan bilish mumkin.

Download 5.9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   47




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling