1-modul. Texnologiya va uni o‘qitish
Tabiiy ipak va tabiiy jundan tayyorlangan gazlama va iplar
Download 5.9 Mb.
|
Texnologiya 7-8-semestr ma\'ruzalar
- Bu sahifa navigatsiya:
- Iplar tasnifi bilan tanishish.
Tabiiy ipak va tabiiy jundan tayyorlangan gazlama va iplar to`plamini tuzish va bezash ishlari ham muhim bo’lib o’qituvchi o’quvchilarga turli (shu jumladan ipak va jun) iplar va gazlamalarni farqlash va to`g`ri ayta olishga o`rgatishi kerak. Buning uchun o`qituvchi o’quvchilarga to`plamlarini nomlash va har bir namuna ostiga uning nomini yozishni topshiradi. O`quvchilarga iplar namunasi yoniga mos etiketkalarni yopishtirishni taklif etish foydali, bu etiketkalarni bolalar ip g`altaklari, o`ramlaridan ehtiyotkorona olishadi. O`quvchilariga uyda kattalar yordamida tabiiy jun va tabiiy ipak tolalardan tayyorlangan mato bo`laklarini topish vazifasini berish lozim.
Iplar tasnifi bilan tanishish. II va III sinflarda texnologiya darslari da o`quvchilar to`qimachilik materiallari – tolalar, ularning muhim xususiyatlari to`g`risida asta-sekin bilimlar to`playdilar. Joriy amaliy ish uchun zarur bilimlar uchun o`quvchilarni qurollantirish maqsadida ko`rsatishlar, kuzatishlar va oddiy tajribalar qatori o`tkaziladi. IV sinfda o`quvchilarda iplar tasnifi, ularning ishlab chiqarilishi, muhim xususiyatlari, mehnatda qo`llanishi to`g`risidagi mavjud bilimlarni umumlashtirish, tizimga solish maqsadida suhbatlar, ko`rsatishlar, kuzatishlar va tajribalar o`tkazish foydali. Sinf o`quvchilari iplar to`plami, o`quv to`plamlarini diqqat bilan qarab chiqib, hamda ish stollarida bo`lgan turli iplar namunalarini o`rganib, g`altaklar va o`ramlardagi etiketkalarni o`qib, hamma iplarni amaliyot uchun muhim belgilar va xususiyatlar qatoriga qarab tasniflash mumkinligini birgalikda aniqlashlari ular uchun ancha foydali bo’ladi. O’quvchilar: Iplar tayyorlangan tolalarga qarab: ip-gazlama, zig`ir, jun, ipak (tabiiy va sun`iy toladan), sintetik va aralashdan (u yoki bu tolalarning turli kombinatsiyalaridan) iborat ekanligini; tolalarning o`simlik, hayvon, sun`iy, sintetik va mineraldan olinishini; Vazifasiga ko`ra iplar tikuvchilik, kashtachilik, yamash, to`qish va boshqalarga bo`linishini; Qalinligi bo`yicha iplar nomerlarga ko`ra bo`linishm, masalan, tikuvchilik iplarining metrik nomeri 1 g da necha metr ip borligini ko`rsatishi; Oddiy o`rganish orqali iplar qalinligi, eng avvalo ularning tayyorlanishi uchun foydalanilgan ip qalinligi va qavatlar soniga bog`liqligini; (2-rasm). rasm. Tikuvchilik iplari, shpagat, tasmada iplar qatlami sonini aniqlash: 1 – 2,3,4 va 6 qatli ip; 2 – ipda qatlar sonin aniqlash uchun ochish Rangiga ko`ra iplar oq, qora va rangli bo`linishi, ranglanmaydigan xom iplarni bilishi; Sifati va eng avvalo, mustahkamligini hamda pardoziga ko`ra iplar navlarga bo`linishini va iplar mustahkamligi tola turi va sifati, uning ipda eshilishi, hamda qatlar soniga bog`liqligini o’rganishi kerak. Kuzatishlar va oddiy o`rganishlar vaqtida o`qituvchi tolali materiallar va iplarning sinf to`plamni o’quvchilarga ko`rsatishi orqali ularning iplar to`g`risidagi bilimlarni umumlashga erishishi mumkin. O`quvchilar iste`molchilarga yetib kelgan har bir g`altak, o`ram, bobinalar, iplar solinadigan qutilarda bo`luvchi etiketkalar bo`yicha ish uchun zarur bo`lgan iplar to`g`risidagi ma‘lumotlarni qanday aniqlash kerakligini eslaydilar (3-rasm). rasm. Turli vazifali iplar to`plami: 1 – tikuvchilik g`altak ipi; 2 – tikuvchilik ipi bobinasi; 3 – yamash ipi; 4 – muline (kashta tikish uchun rangli iplar); 5 – yamash ipi o`rami Download 5.9 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling