1-modul. “Turizm va mehmonxona xo’jaligi marketingi” fanining maqsadi va vazifalari
Germaniya turistlari bo’yicha dam olish maqsadlarining o’zgarishi
Download 65.12 Kb.
|
1-mavzu
Germaniya turistlari bo’yicha dam olish maqsadlarining o’zgarishi
Turistik bozorning etarlicha to’yinganligi davrida manfaatlar bo’yicha maxsus turizm alohida ahamiyatga ega bo’ladi. Turistik firmalar o’z mahsulotini turistlarga butunlay taklif qilmaydilar, balki mijozlarning aniq maqsadli guruhlarining talabini qondirishga harakat qiladilar. Bunga binoan, xorijda yakka va g’ayriodatiy dam olishlar ommaviylashib bormoqda. Umuman ma’lum va aniq, «aholisi haddan ortiq» bo’lgan kurortlarga guruh turlari ko’pchilikni qiziqtirmayapti. Turistlar ko’proq yakka, o’z xohishiga ko’ra sayohatlarga e’tibor bermoqdalar. Jannatli Kanar yoki Antaliyaning oltin qumli plyajlari o’rniga u erda yaqin orada turbiznes mahalliy aholining asosiy ishiga aylanadi. Suv osti g’orlarida o’zining xavfliligiga qaramasdan, suzish modaga aylangan. G’ayriodatiy qiziqishlarning eng yaxshi joyi – Yukatan yarim orolidagi (Meksika) mashhur suv osti g’orlari. Modada Islandiyaning – Geyzer buloqlari, muz qatlamlari va vulqonlari. Yakka holda dam olishni xoxlovchilar o’rtasida Evropa mamlakatlari bo’yicha velosiped sayohatlarini yoki Markaziy va G’arbiy Evropaning kanallari va daryolari bo’yicha shinam 4-o’rinli «lyuks» yaxtalarda tinchgina suzishlarni tanlab oladiganlar kam emas. Bu turistlar g’ayriodatiy dam olish o’rniga, shinam dam olishni tanlaydilar. Mazaxo’rlar uchun maxsus gastronomiya turlari tashkil etiladi. Diniy turlar yanada ommaviylashib bormoqda. Faqat Isroil xristian dinining muqaddas joylari bo’yicha emas, balki Butan va Nepalning Budda monastrlari hamda tashlab qo’yilgan hind ibodatxonalariga ham sayr qilish. O’tkir sezgilarning havaskorlari Janubiy Amerika, Andaga qarab tog’ chang’isida uchish uchun yo’l oladilar. Sayyor turizmning yoyilishi o’z ifodasini turistik sayohatlarning tarkibida xorijga sayohatlar sonining ko’payishida va bir paytda ularining mamlakat ichida kamayishiga olib keladigan yo’nalish kuzatiladi. Janubiy-Sharqiy Osiyo, Yaponiya, Xitoy kabi ekzotik mamlakatlarga bo’lgan uzoq sayohatlarga ham talab kengayib bormoqda. Xalqaro savdo tashkilotining ma’lumotlariga qo’ra 2020 yilga borib Xitoy jahonda etakchi turistik yo’nalishga ega bo’ladi. Bu davlatga turistlarning kelishi 137 mln. kishini tashkil etishi kutiladi. Undan keyin AQSh, Franstiya, Ispaniya va Xitoydan alohida yo’nalish sifatida ajralgan Gonkong yo’nalishi ommaviylashib boradi (1.2-jadval). Hammasi bo’lib 2020 yilda xalqaro turistik kelishlarning soni 1,6 mlrd. ni tashkil etib, 1995 yil ko’rsatkichlarga nisbatan uch marta ko’p bo’ladi. Turistlarning kundalik sarflari 5 mlrd. dollargacha (aviasayohatlardan tashqari) oshishi kutiladi. 1.2-Jadval Download 65.12 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling