1-modul. “Turizm va mehmonxona xo’jaligi marketingi” fanining maqsadi va vazifalari


«Turizm va mehmonxona xo’jaligi marketingi» fanining maqsadi


Download 65.12 Kb.
bet4/6
Sana31.01.2024
Hajmi65.12 Kb.
#1830297
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
1-mavzu

«Turizm va mehmonxona xo’jaligi marketingi» fanining maqsadi- turizm va mehmonxona sohasida ta’lim olayotgan talabalarga turizm va mehmonxona xo’jaligida marketingning mohiyatini, marketing kommunikastiyalari, turizm va mehmonxona xizmatlar bozorini segmentlarga ajratish xususiyatlarini va turizm va mehmonxona xizmatlar bozorini rivojlanishiga ta’sir etuvchi omillarni o’rgatishdan iborat.
Ushbu maqsadga erishish uchun qo’yidagi vazifalar belgilangan:

  • turizm va mehmonxona xo’jaligi marketingining o’ziga xos jihatlarini aniqlash;

  • turizm xizmatlar bozorining marketing tadqiqotlarini amalga oshirish jarayonlari;

  • turizm va mehmonxona xo’jaligi marketing strategiyalarini yoritib berish;

  • turizm va mehmonxona xizmatlari bozorini segmentlash mezonlarini o’rganish;

  • turizm xizmatlar bozori tarkibini aniqlash;

  • turizmda marketing xizmatini tashkil etish jarayonini o’rganish;

  • turizmda marketing kommunikastiyaning mohiyatini yoritib berish;

  • turizmda marketingdan foydalanish orqali sohani rivojlantirish shartlarini aniqlash;

  • turizmda reklama faoliyatini tashkil etilishi va reklama turlaridan samarali foydalanish bo’yicha ma’lumotlar berish.

Ma’lum ketma-ketlikda amalga oshiriladigan marketing xarakatlari marketing funkstiyalarini tavsiflab beradi. Ular bir-biri bilan uzviy bog’lanishda bo’ladi va marketing tizimining butunligini buzmaslik uchun ularni birgalikda o’rganish maqsadga muvofiq bo’lar edi.
Marketingning asosiy funkstiyasi – mavjud bo’lgan xizmatlarni hisobga olgan holda yangi xizmatlarni yaratish va sotish bo’yicha majmuali faoliyatni tashkil etish orqali bozorga chiqish.


2. Turizmda va mehmonxona xo’jaligida marketingning tushunchasi.

Turizm va mehmonxona xo’jaligi marketingi – turli mamalakatlardagi tadbirkorlarning hamkorlikdagi ijodi mahsulidir. Marketing vaqtlar mobaynida ham shakllanib borgan va bozor munosabatlarining har bir pog’onasida turizm sohasidagi tijorat faoliyatiga o’ziga hos yondashuv sifatida ishlab chiqilgan.





Download 65.12 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling